O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Ko‘p cho‘michli ekskovatorlar bilan gruntni ishlash



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
3.5. Ko‘p cho‘michli ekskovatorlar bilan gruntni ishlash 
 
Qurilishni hamma sohalarida to‘xtovsiz xarakatlanuvchi ko‘p cho‘michli 
ekskovatorlar keng qo‘llanilmoqda. Ko‘p cho‘michli ekskovatorni ishchi organi, bir 
xil intervalda harakatlanuvchi zanjirga (zanjirli ekskovatorlar) yoki rotorga (rotorli 
ekskovatorlar) o‘rnatilgan cho‘michlardir (3.14-rasm). Cho‘michli ekskovatorlar 
transheyalarni 3,0 chuqurlikka, asosan tik devorlar bilan qazishni ta’minlaydi, 
rotorlarni esa agarda rotorga nishab kesadigan o‘rnatilsa transheyalarni nishab bilan 
qaziydi. Mashinani holati va ishchi mexanizmlarni gruntni qazish jarayonidagi holati 
bo‘yicha ekskovatorlar bo‘ylama va eni bo‘yicha kavlab olishlariga ajraladi. 
3.14 – rasm. Ko‘p cho‘michli ekskavator bilan grunt qazishning texnologik sxemasi 
Ko‘p 
cho‘michli 
ekskovatorlar 
yordamida, 
quyidagi 
jarayonlarni 
mexanizatsiyalash mumkin. “Transheya”, “ kanal” tipidagi yer inshootlaridagi 
gruntni qazish; muzlagan gruntni ishlashda portlatish ishlari uchun grunt massivida 
teshik ochishda doimiy yer inshootlar tepasini pardozlashda ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri 
to‘rtburchakli transheyalarni bo‘ylama kavlaydigan ekskovator bilan qaziladi. Qazish 
profilni eng past joyidan boshlanadi; bu grunt va atmosfera suvlarini transheyani 
ochiq zonasiga oqishni ta’minlaydi. To‘xtovsiz harakatlanuvchi ba’zi ekskovatorlarga 
moslama o‘rnatiladi, ishchi organni tartibga solish, tubini berilgan nishab bo‘yicha 
yaratmoq uchun, mashina harakat va ishchi organ tezligini kelishtirishga avtomat 
moslama o‘rnatiladi. 
Infra-qizil nurlar va lazer yordamida transheyalarni qazish jarayonlarini 
avtomatlashtirish iloji bor. Nur transheya osti nishon burchagiga parallel 
yo‘naltiriladi va ekskovatordagi qabul qiluvchi moslama orqali ekskovatorni ishchi 
organi harakati tuzatiladi. Berilgan nishabni ushlash uchun datchikdan berilgan signal 
bo‘yicha, transheya uchun kopirniy sim xizmat qiladi, holatni to‘g‘riligi nivelir bilan 
tekshiriladi, ekskovatorni ishchi organiramani ko‘tarish yoki tushirishni signal 


63 
beruvchi shup sim bo‘ylab joyini o‘zgartirib turadi. Ishchi organ ramani ekskovator 
o‘qi tarafga siljish imkoni borligi nazarda tutilgan, bu o‘z navbatida yo‘l to‘siq 
bo‘ylab bino devori oldilarida qazish imkoni yaratiladi. To‘xtovsiz harakatlanuvchi 
ekskovatorni ishchi organlarini boshqarishni avtomatlashtirish mehnat unumdorligini 
ish jarayonini va texnologik jarayonni samaradorligini oshiradi. 
Ekspluatatsiyadagi mehnat unumdorligini hisoblashda, cho‘michni to‘lish 
(0,7...0,9) koeffitsientini ish vaqtidan foydalanib (0,6...0,8) koeffitsientini, gruntni 
yumshatish (0,6....0,9) koeffitsientini hisobga olish zarur, gruntni zichligi va suvga 
to‘yinganligi zichlikka, esa o‘z navbatda zanjirni harakat tezligiga ta’sir qiladi. 
Zanjirli va rotorli ekskovatorlarni texnik tasnifi. 
Cho‘mich sig‘imi, l...20 30 
Kavlash chuqurligi, m...7 9 
Mehnat unumdorligi , m

/s 35 55 
Ko‘rilgan ekskovatorlarni turiga transheya qazuvchi kiradi, suv va gaz 
quvurlarini, elektr kabellarini, oqava suvlarni, telefon tarmoqlarini o‘tqazish uchun. 
Hozirgi zamon transheya qazuvchilar pnevmog‘ildirakli to‘liq gidrostatik mashina 
qiyin sharoitlarda ishlash uchun yuqori quvvatga ega maksimal kavlash chuqurligi 
1,8 m ga teng. Mashina qo‘shimcha jihozlar omoch, cho‘mich, kesadigan gardish, 
kabelli barabanini ishlab turuvchi to‘kma va burg‘ulovchi moslama bilan 
ta’minlangan.
 
Yerni qazib tashuvchi mashinalarga yuklovchilar, skreperlar, buldozerlar, 
greyferlar greyder – elevatorlar kiradi. Yer inshootini fazoviy shakli geometrik 
o‘lchamli, gruntni tashish uzoqligi, alohida turdagi mashinalarni tor ixtisoslashganligi 
sababli qo‘llash chegaralanganligiga qaramay, yer ishlarida tashish mashinalarni 
yordamida ko‘pgina asosiy yordamchi, tayyorgarlik jarayonlarini turli ishlab 
chiqarish sharoitida bajarish mumkin. Buldozer va skreperlar bir davrda gruntni 
qaziydi, uni suradi, ko‘tarmaga to‘kadi va zaboyga bo‘sh qaytadi.
Bu mashinalar bilan bajarilgan ish narxi bir cho‘michlilar bilan bajarilganga 
nisbatan 3...4 marta kam. Buldozerlar qurilishda katta hajmdagi yer ishlarini bajaradi. 
Asosiy texnik parametrlariga quvvati va og‘irligi. Texnologik parametri – buldozerni 
surgich uzunligi. Xozirgi paytda quvvati 600 kvt buldozerlar qo‘llanilmoqda. 
Buldozerni texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga buldozer jihozlari bilan birga 
yordamchi almashtirilib turiladigan, yumshatgich nishab qiluvchi, shox-shabadani 
kesuvchi, uzaytiruvchi, tirkashlar (buldozerdan itargich sifatida foydalanish) va 
boshqalar imkon beradi. 
-
To‘nka va butalarni kavlab olib tashlashda; 
-
Gruntni o‘simlik qatlamini olish va surish; 
-
Kotlovanga tushadigan nishablarni va er tashiydigan yo‘llarni barpo etish va 
saqlash; 
-
Planirovkalash, tozalash va er inshootlarni elementlarni pardozlash; 
-
Drenat ariqlar barpo etish; 
-
Kirish yo‘llarini barpo etish; 
-
Turli ko‘rinishdagi yer inshootlarni gruntini qazish va joylash; 
-
Qurilish maydoni chegarasida gruntlarni surish; 


64 
3.15 – rasm Buldozer va uning printsipial sxemasi. 
-
Joylanayotgan gruntni qavatma-qavat tekislash; 
-
Qiyin ishlanadigan va muzlagan gruntlarni yumshatish; 
-
Qazilma va pazuxlarni qayta to‘ldirish. 
Buldozerni ish davri gruntni kesim payraxa kesib yig‘imi, buldozer surgish 
bilan so‘rish va gruntni to‘kish, grunt oladigan joyga, orqa bilan yurib orqaga qaytish, 
yaxshisi 10..20% burchak ostidagi harakatda amalga oshiriladi, bu eng katta 
qalinlikdagi gruntni kesish imkonini beradi. Ekskovatorni yon bag‘riga ishlash 
mehnat unumdorligi 1,5...2,5 marta oshiradi. Gruntni nishabga uchinchi peregadagi 
tezlashdan oshmagan xolda surish mumkin. Mayda planirovkasida ikkita asosiy usul 
qo‘llanilishi mumkin – transheya va qavatma-qavat. (3.16-rasm)
3.16 – rasm Buldozer bilan gruntni kesish va ko‘chirish sxemalari: 


65 
Transheyali usulda o‘ylamalar balandligi 0,4...0,5 m yaruslarga ajratiladi. Har 
qaysi uchastka buldozer surish eni bo‘yiga 2-3 o‘tishda qaziladi. Qo‘shni uchastkalar 
orasida eni 0,6 m qazilmagan grunt qoldiriladi. Bu grunt transheyani qazishda devor 
bo‘lib, surgichni to‘laroq to‘lishiga imkon yaratadi. Qoldirilgan uchastkalar 
oxirigacha planirovkalashdan oldin oxirgi navbatda qaziladi. Bu usul surish vaqtida 
gruntni ma’lum darajada yo‘qotilishini oldini oladi, mehnat unumdorligini oshiradi. 
Unga chuqur bo‘lmagan qirqishlarda va maydon murakkab shaklida bo‘lganda 
qavatma-qavat usulini qo‘llash mumkin. Gruntni kesimda to‘g‘ri burchakli va 
taroqsimon sxema qo‘llaniladi. Pichoq surgich qattiq biriktirilgan yotiq va tik 
tekisliklarda qayiladigan bo‘ladi. Yer inshootlar bo‘shliqlarini qayta to‘ldirish. 
Bo‘shliqlarni qayta to‘ldirishda turli mexanizmlar qo‘llaniladi.
To‘g‘ri to‘kish sxemasida buldozer transheyaga parallel harakatlanadi, grunt 
yig‘adi va uni chetga surib, transheyani kichik porsiyali grunt to‘kib to‘ldiriladi. 
Avvalgi holatga qaytish orqa bilan yurib amalga oshiriladi. Keyingi o‘tish avvalgiga 
parallel, lekin transheya tarafga qarab 0,3....0,5 m surilib o‘tadi. Uzunligi 10...30 m 
uzunlikdagi transheyani labida joylashgan ko‘tarma va unga chuqur bo‘lmagan 
qazilmalardan qayta to‘kib to‘ldirish sxemasi afzalroq. Yonlama ishlash sxemasida 
buldozer transheyaga perpendikulyar yoki burchak ostida harkatlanadi. Grunt oladi, 
oldinga xarakat qiladi, gruntni transheyaga suradi, to‘kadi, orqasi bilan yurib avvalgi 
holatga qaytadi, so‘ngra eni bo‘yicha yonga surilib yangi porsiya grunt bilan qayta 
oldinga xarakatlanadi. Bino va inshootlarni yer osti qismini barpo etishdagi majmuali 
yer ishlariga poydevorni, kollektorlarni, tunnellarni, kotlovan va transheyalarni qayta 
to‘kib to‘ldirish ishlari kiradi. Ba’zi holatlarda tor sharoitlarda qayta to‘kib to‘ldirish 
ishlarni bajarish murakkablashadi. Agarda poydevorlar orasidagi masofa avtomobil- 
samosvallarni o‘tishiga imkoniyat bersa, kotlovanni eng uzoq nuqtasidan oraliq 
bo‘ylab “o‘ziga qarab” qayta to‘kib to‘ldirish amalga oshiriladi. Bunda samosvallarni 
grunt qatlami joylanadigan , asos bo‘ylab yuradi. Agarda poydevorlar orasidagi 
masofa samosval yurishi uchun yetarli bo‘lmasa, grunt kichik gabaritli buldozerlar 
yoki ortuvchilar bilan tashiladi va tekislanadi. Agarda poydevorlar va yer osti 
qismidagi boshqa qurilmalar orasidagi masofa 0,9 m dan kam bo‘lsa grunt qo‘lda 
tekislanadi. Tor va chuqur bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish (3.17-rasm) quyidagi usullar 
bilan bajariladi. Avtosamosvallarda grunt joylanadigan joylarga keltiriladi, so‘ng 
labdan buldozerda itarib tushiriladi va ekskovatorni ost qismi bilan teksilanadi; 
shibbalagich ketma-ket o‘tib qavatma-qavat gruntni zichlaydi. Bo‘shliqni yuqori 
qismi yetarli enlilikka ega bo‘lsa grunt buldozer bilan tekislanadi va o‘zi yurar 
bostirgich bilan zichlanadi. 


66 
3.17 - rasm 
Yon bo‘shliqlarni qayta to‘ldirish texnologik sxemasi:
1, 2 – ekskavatorlar; 3, 4 − buldozerlar; 5 – vibroplita; 6 – samosval; 7 –
trambovka(shibbalagich); 8 – inshootning yer osti qismi. 
Davriy harakatlanuvchi yuqori mehnat unumdorligi, gruntni mustaqil qazishni 
uni qazilmadan to‘kmaga qisman zichlab tashuvchi davriy xarakatlanuvchi yuqori 
mehnat – unumdorli mashina – skreper (3.18-rasm). Skreperni ekspluatatsion tasnifi, 
zarur bo‘lganda kotlovan qazish uchun va yuzani planirovkalashda qo‘llash imkonini 
beradi. Skreperni ishchi qismi pichog‘li cho‘mich, u qatlamlab gruntni kesish bilan 
bir vaqtda cho‘michga yig‘adi. Transport holatiga o‘tishi cho‘michni ko‘tarish bilan 
bir vaqtda uni berkilishi bilan amalga oshadi. To‘kish skreperni xarakati jarayonida 
cho‘michni og‘dirib qatlamlab amalga oshiriladi yoki cho‘michni orqa qismini surib 
bo‘sh yoki majburlab to‘kiladi. Skreperlar tirkash, yarim tirkash, o‘zi yuradiganlarga 
bo‘linadi. Asosiy parametr – cho‘mich sig‘imi m
3
. Asosiy texnologiya parametrlari; 
yuk ko‘tarish qobiliyati, kesishni eni va chuqurligi, to‘kilayotgan qatlamni qalinligi. 
Hozirgi paytda qurilishda cho‘michni sig‘imi 3..15 m

skreperlar qo‘llanilmoqda. 
Jahon amaliyotida yer ishlarini bajarishda cho‘mich sig‘imi 60 m

skreperlar 
qo‘llanilmoqda. Cho‘mich sig‘imi 4..25 m

skreperlarni kesish eni 2200..2800 mm 
oraliqda o‘zgarib turadi. Bu mashinalar uchun qazish chuqurligi 250-400 mm.
3.18 – rasm 
Skreperlarning ko’rinishi


67 
Skreperlar bilan grunt ishlaganda u IV guruhga bo‘lingan, oxirgi guruh og‘ir 
loyli gruntlar va ularga 300 mm katta bo‘lmagan tosh va xarsang toshlar kiradi. Bu 
gruntlarni oldindan yumshatish zarur. Loyli qum va qumloqlar bilan ishlashda 
skreper cho‘michga “qalpoqli” ortish mumkin. Xarsang toshsiz yengil gruntlarni bir 
vaqtni o‘zida ishlash mumkin, zichroq gruntlarni bir vaqtni o‘zida ishlash mumkin, 
zichroq gruntlarni oldindan yumshatish zarur. Quruq yoyiluvchi gruntlar bilan 
ishlaganda skreper cho‘michiga odatda 60...70% ko‘p grunt ortilmaydi. Yopishqoq va 
o‘ta namlangan gruntlar bilan ishlaganda ularni cho‘michga yopishib qolishlari 
sababli qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Skreper cho‘michni grunt bilan to‘liq va tez 
to‘lishi uchun traktor-itargich qo‘llaniladi, u cho‘mich qirrasi bilan gruntni kesish 
kuchini oshirish imkonini beradi va uni to‘lish koeffitsientini oshiradi. Skreperni 
mehnat unumdorligini oshirish maqsadida, ish sikli vaqtini kamaytirish uchun, 
majburlab kovshni to‘ldiruvchi ikki motorli skreperlar, skreper po’ezdlar ishlab 
chiqarilgan. Bu ba’zi xollarda itargichsiz ishlash imkonini beradi va gruntni ishlash 
narxini pasaytiradi. Skreper yordamida yer ishlarini bajarishda quyidagi jarayonlarni 
mexanizatsiyalash mumkin. 
Bunda maydonda chiqish va tushishlar talab qilinmaydi, skreperni asosiy 
harakati barpo etilayotgan qurilmaga perpendikulyar tashish uzoqligi kamayadi, 
mehnat unumdorligi oshadi. Sakkizlik bu ham elleptikni sxemani bir turi. Sakkizlik 
ish hajmi katta bo‘lganda, yonlama zaxiralardan balandligi 4.. 6 m to‘kma barpo 
etishda, uzun qazilma va maydon planirovkasida ayniqsa maydon murakkab bo‘lsa 
gruntni kavlash ikki zonada va bitta to‘kish yoki teskarisi bo‘lganda sakkizlik 
sxemasi qo‘llaniladi. Bir siklda skreper ikki marta grunt oladi va to‘kadi, shuning 
uchun harakatda chap va o‘ngga qayiltirishlarni almashtirib turish imkoni bor, bunda 
texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar yaxshilanadi, ish sikli vaqti qisqaradi. Ilonizi ishchi 
uchastka uzunligi 200 m kam bo‘lmaganda, yonida joylashgan o‘ylamalardan 
balandligi 6 m gacha (yo‘l, tug‘on) uzun to‘kma barpo etishda qo‘llaniladi. Bu 
sxemada qayilishlar soni kamayadi, bir siklni davomiyligi qisqaradi, elleptik sxemaga 
nisbatan mehnat unumdorligi 15....20% oshadi. Kundalang borib-kelib sxemasi ikki 
tomonlama qazilmadan ko‘tarma barpo etishda, shu bilan birga chuqurligi 1,5 m 
qazilma qazishda gruntni ikki tomonlama ko‘tarmaga surishda qo‘llaniladi. Gruntni 
yig‘ib olish, qazilma o‘qiga va boshqa tomonga perpendikulyar skreperni bir 
tomonga harakati bilan amalga oshiriladi. Sxema qayilishlar sonini, oritilgan va bo‘sh 
harakat yo‘l uzunligi qisqaradi. Bo‘ylama borib-kelib sxemasida skreper harakatini 
ikki tomonli rezervdan yoki bo‘lg‘isi kanal o‘zagidan gruntni tashib nishabi 45

ko‘p 
bo‘lmagan baland to‘kmalar (4..6 m) barpo etishda qo‘llaniladi. Sxema bo‘sh yurish 
yo‘lini minimumgacha qisqartirish, bir davrda ikkita marta to‘kish va qayrilishlar 
sonini qisqartirish imkoni bor. 
Qurilish maydonini vertikal planirovkasida elleptik va spiral sxemalari 
qo‘llaniladi, ba’zi hollarda ko‘ndalang borib-kelish sxemasidan foydalanish mumkin. 
Ishlash qiyin bo‘lgan gruntlar qaziladigan qatlam qalinligigacha oldindan 
yumshatilinadi buning uchun traktorlardagi osma yumshatgichlar qo‘llaniladi. 
Skreperlar cho‘michi bilan grunt qichiqlarini 0,12...0,35 m qalinlikda kesadi va eni 
(turli turdagi mashinalar uchun 1,65....2,75 m). To‘kilayotgan qatlamni qalinligi 


68 
0,35...0,5 m, to‘kilayotgan gruntni qalinligi bir xil bo‘lishi uchun, grunt skreperni 
harakat jarayonida amalga oshiriladi, skreperlar cho‘mich 12....20 m yo‘l uzunligida 
to‘ladi, to‘kish yo‘li uzunligi kamroq va 9...15 m atrofida kichik qalinligini oshirish 
vaqtni qisqartirish va cho‘michni grunt bilan to‘liq to‘lishi uchun itaruvchi traktor 
qo‘llaniladi. Gruntni turi va yopishqoqligiga qarab skreper bilan gruntni kesishni 
quyidagi sxemalari qo‘llaniladi: yupqa kichikli doimiy chuqur kesishda, har qanday 
bog‘langan gruntlarda pana ko‘rinishidagi kichik o‘zgaradigan qalinlikda pichoqni 
maksimal chuqurlikgacha cho‘ktirishda va keyinchalik doimiy uni ko‘tarishda yotiq 
uchaskalarda yengil bog‘langan gruntlarni ishlashda; taroq ko‘rinishidagi qipikli 
quruq qumloq va loyli gruntlarni ishlashda. 
Asosiy texnik parametrlari cho‘mich sig‘imi, dvigatel quvvati, og‘irligi. Asosiy 
texnologik parametri to‘kish balandligi, siklni davomiyligi, to‘kishda cho‘michni 
ishchi qirrasidan transport vositasini bortigacha bo‘lgan masofani eng kamligi. Bir 
cho‘michli ortuvchilarni yuk ko‘tarish qobiliyati 2; 3; 4; va 6 t qo‘llaniladi. Yuk 
ko‘tarish qobiliyati 7,5 t cho‘mich sig‘imi 7,5 m
3
ortuvchi yaratilgan qurilishda ko‘p 
maqsadli kichik gabaritli ortuvchilar keng tarqalgan, ortuvchi turli ko‘rinishdagi 
almashtiriladigan jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin, qurilish maydonida 
qo‘llashni ancha kengaytiradi (3.19-rasm). 
3.19-rasm. Yuk ortkichlar osma jihozining nomentklaturasi 
Grunt ishlaridagi asosiy jarayonlardan biri bu gruntni tashish. Tashish 
jarayonini mexanizatsiyalash нerni qazib tashiydigan mashinalar yordamida amalga 
oshiriladi va maxsus transport vositasi – avtomobillar samosvallar va tuproq 
tashuvchilar yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə