O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Ejektor qurilmasi,
grunt suvi sathini bir yarus bilan 15...20 m chuqurlikka 
pasaytirishi uchun qo‘llaniladi; ejektorning ishlashi uchun eng muvofiq (optimal) 
sharoit 8...18 m. Ejektor filtrli zvenosining yechimi yengil ninafiltr prinsipi bo‘yicha 
hal qilingan, filtr usti qismi ichki va tashqi ejektorga kirgizilgan quvurdan iborat. Filtr 
usti quvurlarini gruntga cho‘ktirish, xuddi ninafiltrlarga o‘xshab gidravlik usul bilan 
gruntni yuvib amalga oshiriladi, bunda quvur o‘zining og‘irligi bilan gruntga 
cho‘kadi. Kolonka kerakli sathga cho‘kkandan so‘ng, uning ichiga ejektorli ichki 
quvur tushiriladi.
Ish davrida ejektor nasadkasiga (uchligiga) 0,75...0,8 MPa bosimida ichki va 
tashqi quvurlar orasidagi halqasimon bo‘shliqqa ishchi suvi yuboriladi. Ejektor 
nasadkasidan oqib chiqqan suv oqimi halqasimon bo‘shliqda suyultirish hosil qiladi 
va asosiy ishchi quvurdan suvni so‘radi. Ishchi suv harakat tezligining o‘zgarishi 
natijasida uchlikda suyulish paydo bo‘ladi, shu bilan yer osti suvini so‘rish 
ta’minlanadi. Grunt suvi, ishchi suv bilan aralashib, quvur orqali so‘rib oluvchi nasos 
harakati tufayli yuqoriga sirkulyasion rezervuarga tushadi. So‘rib olingan grunt suvi 
quvurlar orqali kotlovan yoki qurilish maydoni tashqarisiga burab yuboriladi.
Yer osti suvlarining intensiv chiqarib tashlanishi shahar hududida juda ham 
xavfli, chunki ular yer yuzasining cho‘kishiga, bino va inshootlarning 
deformatsiyalanishiga, injener tarmoqlari o‘qining so‘rilishiga olib keladi. Shuning 
uchun yer inshootlarini yer osti suvi ta’siridan himoyalashda tabiatni qo‘riqlash 
choralari ham ishlab chiqilishi kerak. 
3.5 rasm. Suv sathini pasaytiruvchi vakuumli va elektroosmotik ninafiltrli qurilmalar 
sxemasi. 
1
– vakuum nasos; 
2
– ninafiltr yordamida suv sathi tushirilgandagi depression egri 
chiziq; 

–filtrlovchi zveno; 
4
– markazdan qochma nasos; 
5
– po‘lat quvur (anod);
6
– ninafiltr (katod); 
7
– elektr quritishdan keyingi depression egri chiziq 
Kotlovan, transheya, yer osti qazilmalarini to‘sish va ularda qurilish ishlari olib 
borilayotganda ularga yer osti suvlari tushishini oldini olish uchun, gruntning fizik-
mexanik hususiyatiga, uni holatiga, suvga to‘yingan qatlamini quvvatiga qarab, 
gruntni maxkamlashni quyidagi usullari mavjud: muzlatib, qorishma-qotirgichni 
gruntga in’eksiyalash, filtratsiyaga qarshi tiksotrop ekran va parda xosil qilish, 
shpuntli to‘siq qurish. 


50 
Suvga kuchli to‘yingan gruntlarda yer osti inshootlarini barpo etishda, chuqur 
qazilmalarni qazishda 
tabiiy
yoki 
sun’iy muzlatish
yordamida filtratsiyaga qarshi 
parda hosil qilinadi.
0,15...0,25 m qalinlikdagi
 
filtrga qarshi tiksotrop ekranlarni, urib kirgizadigan, 
kesadigan, titratadigan va suv-havoli mexanizmlarni qo‘llab amalga oshiriladi. 
Uradigan mashina sifatida koprli agregat qo‘llaniladi, u gruntga bir-biriga zich holda 
joylashgan bir necha po‘lat shpunt yoki ichi bo‘sh qoziqlarni kirgizadi. So‘ng birinchi 
kirgizilgan element gidravlik traktor bilan tortib olib tashlanib, hosil bo‘lgan 
bo‘shliqqa tiksotrop xususiyatiga ega loyli sement yoki loyli qorishma quyiladi. 
Tiksotrop suspenziya, o‘zini og‘irligidan 7 barobar ko‘p suvni shimadigan, suvga 
to‘yingandan so‘ng quyuqlashish va o‘zidan suvni qochirish xususiyatini 
egallaydigan, bentonit loydan tayyorlanadi.
Sug‘urib olingan elementni keyingi cho‘ktirilgan element bilan birgalikda ular 
ko‘ndalang kesimining enidan katta bo‘lmagan masofaga cho‘ktirish kerak. Bu 
jarayon filtrga qarshi parda hosil bo‘lmaguncha qaytariladi. Bo‘shliq hosil qiluvchi 
elementlarni titratgich jihozlardan foydalanib cho‘ktirish va sug‘urib olish mumkin. 
Grunt qatlamida chuqurligi 10 m gacha diametri 0,5 m quduq burg‘ilanadi. Quduqdan 
burg‘i sug‘urib olinayotgan chog‘da uning to‘liq vali orqali bosim ostida sement 
uzatiladi va u yumshatilgan grunt bilan aralashtiraladi. Gruntda sement-gruntli qoziq 
hosil bo‘ladi. So‘ng qoziqni diametridan kichik masofada yangi quduq bo‘rg‘ulanadi, 
unda sement ustun barpo etiladi. Ikki ustun orasida qisman ikkita qo‘shni qoziq 
materiallarini egallagan holda yana quduq burg‘ilanadi. Natijada qator birlashgan 
qoziqlardan berkitilgan filtrlashga qarshi xususiyatiga ega devor hosil bo‘ladi. 
Jihozlar nafaqat tik balki yotiq (15

har qanday yo‘nalishda) qoziqlar qurish imkonini 
yaratadi. 
Oxirgi yillarda chet el qurilish amaliyotida dren qoziq va dren devor yordamida 
tik drenaj qurish qabul qilingan. Oldin diametri 90 sm atrofida va chuqurligi 6 m 
gacha quduq obsadnoy (o‘rnatilgan) quvurda qaziladi. Tayyor quduqqa ichiga quvur 
mahkamlangan armatura karkasi o‘rnatiladi, quvurning ost qismida unga suv kirishi 
uchun bir qator teshiklar bor. Obsadnoy quvur va ichki drenaj quvuri oralig‘iga 
betonquyuvchi quvur tushiriladi va so‘ngra qoziqni betonlash quvurni vertikal 
ko‘tarish usuli bilan olib boriladi. Qoziq asosiga filtr beton uzatilib va bir vaqtning 
uzida obsadnoy quvur ko‘tarila boshlaydi. Keyin qoziq oddiy beton bilan 
betonlanadi. 
Gruntni yumshatish qoya toshli, muzlagan va boshqa turdagi zich hamda ishlov 
berish qiyin bo‘lgan gruntlarda bajariladi. Ushbu maqsadda ekskavator strelasiga 
osma uskunalar - shar yoki qoziqli bolg‘alar osiladi, traktor yoki buldozerga tirkamali 
yumshatgich yoki plug ildiriladi. Juda ham zich gruntlarni yumshatishda portlatish 
ishlari qo‘llaniladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə