O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Yopishqoqlik – 
ma’lum namlikdagi gruntning turli predmetlar yuzalariga 
yopishish qobiliyatiga aytiladi. Katta yopishqoqlik, mexanizm cho‘michidan yoki 
mashina kuzovidan gruntning to‘kilishini, transportlarning ishlash sharoitini 
qiyinlashtiradi. Yopishqoqlik predmetga yopishgan gruntni ko‘chirish uchun zarur 
bo‘lgan kuch bilan aniqlanadi (loy uchun yopishqoqlik 0,05 MPa gachani tashkil 
etadi). 
Qazish qiyinligi bo‘yicha gruntlarni tasniflash (kesishga solishtirma qarshilik).
Tasniflash YAMvaN 2-1-1 “Yer ishlari”da keltirilgan. U turli gruntlarni xususiyatini, 
gruntlarni ishlash uchun qo‘llaniladigan yer qaziydigan va qazib tashiydigan 
mashinalarni konstruktiv o‘ziga xosligini hisobga olgan. Bir cho‘michli ekskavatorlar 
uchun gruntlar 6 guruhga, ko‘p cho‘michli ekskavatorlar va skreperlar uchun 2- 
guruhga, buldozerlar hamda greyderlar uchun -3 guruhga ajratiladi.
Gruntni qo‘lda qazish uchun 7 guruhga, aynan: qum, loyli qum, qumli loy, loy, 
soz tuproqlar uchun 1...4 – guruhlar; yirik bo‘lakli gruntlar – 5; toshqoyali gruntlar – 
6 va 7 guruhga bo‘linadi. 


45 
1...4 guruhdagi gruntlar qo‘lda va mexanizmlarda oson ishlanadi, keyingi 
guruh gruntlari oldindan yumshatilishni talab qiladi, jumladan portlatish usuli bilan. 
Qiyaliklar tikligi. 
Texnika xavfsizligi sharti bo‘yicha kotlovan va 
transheyalarning tik devorlarini mahkamlamay qazish faqat gruntni tabiiy xoldagi 
namligi va quyidagi chuqurlik ko‘rsatgichlardan yuqori bo‘lmaganda ruxsat etiladi: 
tukiladigan, qumli, va shag‘alli gruntlarda – 1 m; loyli qumlarda – 1,25 m; qumli 
loylarda va loylarda – 1,5 m; juda zich qoyamas gruntlarda – 2.0 m. 
Juda zich qoyamas gruntlarda, chuqurligi 3 m gacha bo‘lgan transheyalarni 
mahkamlamasdan qazishga ruxsat etiladi, shu shart bilankim, grunt mexanizmlar 
yordamida qaziladi va bu transheyaga ishchilar tushmaydi. 
Gruntlarning tabiiy namlikdagi ruxsat etilgan qiyalik tikligi ishlarni 
bajarishdagi xavfsizlik sharoitiga, qazilayotgan qazilma chuqurligi va ko‘tarma 
balandligiga bog‘liq holda 3.2 –jadval bo‘yicha qabul qilinadi. 
3.2 jadval. Ruxsat etilgan qiyalik tikligi. 
Gruntlar 
Qiyaliklar tikligi qazilma chuqurligida, m 
1,5 gacha 
1,5dan 3 m 
gacha 
3 dan 5 m gacha 
To‘kma, tabiiy namlikdagi
1:0,25 
1:1 
1:1,25 
Qumli va shag‘alli namli 
1:0, 5 
1:1 
1:1 
Loyli qum 
1:0,25 
1:0,67 
1:0,85 
Qumli loy 
1:0 
1:0,5 
1:0,75 
Loy 
1:0 
1:0,25 
1:0,5 
Soz tuproq (lyoss) 
1:0 
1:0,5 
1:0,5 
Inshootlarni rejalash (o‘rnini belgilash) ularning holatini joyida o‘rnatish va 
mahkamlashdan iborat. Rejalash geodezik instrumentlar va turli xil o‘lchov 
moslamalari bilan amalga oshiriladi. 
Kotlovanni rejalash qurilish loyihasi asosida asosiy ishchi o‘qlarni ya’ni 
binoning asosiy o‘qlarini joyiga ko‘chirib ularni mahkamlashdan boshlanadi. Keyin 
bo‘lajak kotlovanning chetlaridan 2..3 m masofada asosiy rejalash o‘qlariga parallel 
qilib obnoskalar o‘rnatiladi. 
Bir marta ishlatiladigan obnoska gruntga urib kirgizilgan metall ustunlar yoki 
yerga ko‘milgan yog‘och qoziqlar va ularni biriktiruvchi taxtadan iborat. Qalinligi 40 
mm dan kam bo‘lmagan taxta yuqoriga qaratilgan arralanadigan qirraga ega bo‘lishi 
kamida uchta qoziqqa qat’iy gorizontal holatda biriktirilishi kerak. Inventar metall 
obnoska yanada mukammal hisoblanadi. Transport vositalarini o‘tkazish uchun 
obnoskalarda uzilishlar hosil qilinadi. 
Obnoskaga asosiy rejalash o‘qlari ko‘chiriladi va ulardan boshlab binoning 
barcha asosiy o‘qlari belgilanadi. Hamma o‘qlar obnoskada mixlar bilan yoki 
qisqacha arralanib mahkamlanadi va raqamlanadi. Metall obnoskalarda o‘qlarni 
belgilash bo‘yoq bilan amalga oshiriladi. Kotlovanning o‘lchamlari yuqorisi bo‘ylab, 
qazilgandan so‘ng pasti bo‘ylab, hamda boshqa ahamiyatli nuqtalari ko‘zga yaxshi 


46 
ko‘rinadigan qoziqchalar va ishora qoziqlari bilan belgilanadi. Binoning yer ostki 
qismi barpo etilgandan so‘ng asosiy rejalash o‘qlari uning sokol qismiga ko‘chiriladi. 
Uzun o‘lchovli inshootlar (transheyalar) uchun faqat ko‘ndalang obnoskalar 
o‘rnatilib, trassaning to‘g‘ri uchastkalarida har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda 
har 20 m da o‘rnatiladi. Shuningdek, obnoskalar har bir piketda, trassa profili keskin 
o‘zgargan nuqtalarda o‘rnatiladi. 
Yer osti suvi sathidan pastda joylashgan, qazilmalarni qurish uchun suvga 
to‘yingan grunt quritilib va normal sharoitda uni qazish ta’minlanadi. Bundan 
tashqari ishlarni bajarish vaqtida kotlovanlarga, transheyalarga va qazilmalarga grunt 
suvi tushishini oldini olish kerak. 
Bu masalalarni yechishining samarali texnologik usuli bu grunt suvini nasos 
bilan chiqarib tashlashdir. Kotlovan va transheyalar qazishda grunt suvi oqimi uncha 
katta bo‘lmaganda suvni nasos bilan chiqarib tashlash qo‘llaniladi, agar oqim tez va 
suvga to‘yingan qatlam qalinligi katta bo‘lsa, qazish ishlari boshlangunga qadar, 
grunt suvi sathini sun’iy pasaytirishning suvni chiqarib tashlashning turli usullari 
qo‘llaniladi va bu suv sathini pasaytirish deb nomlanadi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə