O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

qurilish to‘ri
– joyda asosiy bino va inshootlarning hamda ular gabaritlari 
(o‘lchamlari)ning joylashishini aniqlovchi bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlar (2.6-rasm). 
Qurilish to‘ri yirik korxonani bir qator mustaqil ob’ektlar bilan birga yoki turar-joy 
mikrorayonini barcha barpo etiladigan binolar (shu jumladan, maktab, bolalar 
bog‘chasi, magazinlar, markaziy issiqlik punkti va h.k.lar) bilan birga qurishdagi 
katta qurilish maydonlarini rejalashda qo‘llanilishi mumkin. 

Qizil chiziqlar
(yoki qurilishni tartibga soluvchi boshqa chiziqlar) − joyda 
binoning holatini va gabaritlarini aniqlovchi bo‘ylama hamda ko‘ndalang o‘qlar; 
mazkur rejalash asosi shahar va qishloqlarda qaror topgan qurilib tugatilgan 
qurilishlar ichidagi ayrim binolarni qurish uchun qo‘llanilishi mumkin. 
2.6-rasm. Qurilish to‘ri: 
a – to‘r punktlarining joylashgan o‘rni; b – qurilish to‘rini joyga chiqarish; 1 – to‘r 
asosiy figuralarining uchi; 2 – to‘r qo‘shimcha figuralarining uchlari; 3 – binoning 
asosiy o‘qlari. 


33 
Qurilish to‘ri kvadratlar va to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida bajarilib, u 
asosiy va qo‘shimcha to‘rlarga bo‘linadi. To‘r asosiy figuralari tomonlarining 
uzunligi 100...200 m, qo‘shimcha figuralarniki – 20...40 m. Geodezik suratga olishda 
(tasvirda) va joyda qurilish to‘rini rasmiylashtirishda quyidagi shartlar ta’minlanishi 
kerak: 

asosiy bino va inshootlar to‘rdagi figuralar ichida bo‘lishi kerak; 

to‘rning chiziqlari barpo etilayotgan binolarning asosiy o‘qlariga parallel 
ravishda va iloji boricha ularga yaqin o‘tishi kerak;

bevosita chiziqli o‘lchashlarga halaqit beruvchi to‘siqlar bartaraf etilishi 
kerak. 
Mahalliy joyda qurilish to‘rini rejalash dastlabki yo‘nalishini natura (tabiiy 
sharoit)ga chiqarishdan boshlanadi, buning uchun qurilish maydoni chegarasidagi 
(yoki uning yaqinidagi) mavjud bo‘lgan geodezik to‘rdan foydalaniladi. Bu Davlat 
geodezik to‘riga gorizontal tekislikda (qutb koordinatalari) va balandlik tekisligida 
(vertikal belgilarni qurilish maydoniga ko‘chirish uchun) bog‘lanish amalga 
oshiriladi. Keyin dastlabki yo‘nalishlarda butun maydonda qurilish to‘ri rejalanadi va 
uni kesishish joylarida nishonlar bilan (doimiy va vaqtincha) mahkamlanadi. 
Qurilish maydonining o‘lchamlariga bog‘liq holda unda quvur, rels, boshqa 
metall elementlarning bo‘laklarini (2.7-rasm) gruntga betonlab bajariladigan doimiy 
nishonlar bo‘lishi mumkin. Nishonning asosi (past qismi yoki tayanchi) gruntning 
muzlash chegarasidan kamida 1 m pastda joylashishi kerak. Davlat triangulyasion 
to‘rining balandlik qiymati belgisi qo‘yilgan nishoni, qurilayotgan binolarni bog‘lash 
uchun har bir yirik qurilish maydoni uchun zarurdir. Qurilish to‘rida doimiy 
nishonlarlardan tashqari qurilish reperlari yoki to‘r o‘qlarining kesishgan joylarida 
vaqtincha nishonlar ham qo‘llaniladi. Bu nishonlarning vazifasi – joyga qurilish 
to‘rini ko‘chirish, bunda har bir reperning yuqori sathi tekislanadigan joyning mazkur 
nuqtasi uchun rejalashtirilgan sathda bo‘lishi kerak. 
2.7-rasm. Doimiy geodezik belgilar: 
a – betonlangan quvurlar bo‘lagidan; b – betonlangan kallakli po‘lat shtirdan; v – rels 
bo‘laklaridan; 1 – reja nuqtasi; 2 – xochsimon ankerli po‘lat quvur; 3 – beton kallak; 
4 – po‘lat quvur; 5 – muzlash chegarasi. 


34 
Qurilish to‘rini ko‘chirgandek qurilishning qizil chiziqlari ham qurilish mahalliy 
joyiga ko‘chiriladi. Bunda ko‘pchilik hollarda rejalashning doimiy nishonlari talab 
etilmaydi chunki mavjud bo‘lgan ya’ni avval qurilgan binolarga bog‘lanishlar 
yetarlidir (2.8-rasm). 
2.8-rasm. Binoning asosiy o‘qlarini qurilish mahalliy joyiga ko‘chirish usullari: 
a – 
qurilish to‘ri asosida; 

– qurilishning qizil chizig‘i asosida;
1 – bino; 2 – qurilish to‘ri; 3 – shartli koordinat to‘rining o‘qlari; 4 – qizil chiziq 
 
Mahalliy joyda bino va inshootlarni rejalash.
Binolarning poydevorlari uchun 
kotlovanlarni rejalash ishchi rejalash chizmalari bo‘yicha amalga oshiriladi, unda 
koordinata o‘qlari uchun asos sifatida binoning o‘zaro perpendikulyar o‘qlarining 
kesishishi qabul qilingan. 
Binoni vertikal bog‘lash Davlat to‘rining geodezik reperiga bog‘lash bilan 
amalga oshiriladi. Reperning otmetkasi (raqamiy belgisi) nivelir yordamida qurilish 
maydoniga ko‘chiriladi va mavjud bo‘lgan eng yaqin binoga yoki yerga mustahkam 
o‘rnatilgan metall quvurga ko‘chirilib mahkamlanadi. 
Qurilish maydonida yer ishlarini amalga oshirishga faqat yer inshootlarini 
rejalash va tegishli rejalash nishonlarini o‘rnatish bo‘yicha geodezik ishlar 
bajarilgandan keyingina ruxsat etiladi. Rejalash geodezik asboblar – teodolitlar va 
nivelirlar yordamida amalga oshiriladi. 
Obnoskani o‘rnatish, o‘qlarni mahkamlash
. Binoning o‘qlarini mufassal 
rejalash, kotlovanlar konturlarini belgilash va ularni mahalliy joyida mahkamlash 
uchun 
qurilish obnoskasi
xizmat qiladi. U binoning butun perimetri bo‘ylab tutash va 
uzlukli bo‘lishi mumkin. Uzlukli obnoska qulayroqdir, chunki qurilish mashinalari va 
transportning ob’ektda ko‘chishini (xarakatlanishini) qiyinlashtirmaydi. Obnoska 
geodezik asboblardan foydalangan holda binoning tashqi konturini tashkil etuvchi 
asosiy o‘qlarga parallel holda, qurilish jarayonida uning holatining o‘zgarmasligini 
ta’minlovchi masofada o‘rnatiladi 
Rejalash chizmasidagi barcha ma’lumotlar obnoskaga chiqariladi. Obnoskada, 
xususan, binoning asosiy o‘qlari belgilanadi va ular mix bilan maxkamlanadi; 
bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlarning o‘zi bu mixlarga mahkamlangan, tarang tortilgan 
sim yoki arqon yordamida yordamida o‘rnatib aniqlanadi. Ishlarni amalga oshirishda 
o‘qning mahkamlangan nishonini oson topish uchun odatda 
sterjen-qoziqlardan
iborat o‘q chiziqlari mahkamlangan nazorat nishonlari o‘rnatiladi. Odatda bu 
armatura sterjenlari bo‘lib, ular gruntga qoqiladi va obnoskadan 5...10 m masofada 
yer sirtidan 2...6 sm chiqib turadi (2.10-rasm). 


35 
2.10-rasm. Obnoskalarni o‘rnatish va o‘qlarni mahkamlash:
a) Kotlovanni rejalash (o‘rnini belgilash) sxemasi; v) obnoska elementlari; 1 – 
yog‘och elementlardan obnoska; 2 – shtir – o‘qni joyda mahkamlangan nazorat 
nishoni; 3 – kesilgan taxta; 4 – o‘qni obnoskada mahkamlovchi mix; 5 – obnoska 
ustuni 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə