O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   243
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21-rasm 
bo‘lishi mumkin. Virionlarning shakli ham (rasm 21)
turli ko‘rinishlarda uchraydi. 
SHakli tayoqchasimon (tamaki bargi virusi), o‘qsimon (qutirish virusi), sharsimon 
(gripp, paragripp, gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kubsimon (chin 
chechak, ospa vaksina) spermatozoidsimon (bakteriofaglar) bo‘lishi mumkin. 


52 
Viruslar genomi gaploid ko‘rinishda bo‘lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK 
yoki RNK iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi 
oltitadan birnecha yuz genlar tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki 
ipli, bir ipli, chiziqli, xalqasimon va fragmentlangan bo‘lishi mumkin. 
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar 
uchrab, infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, 
virusning RNK si bir vaqtni o‘zida informatsion (iRNK) vazifasini ham bajaradi. 
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani 
bajaradi. 
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang‘oya) va murakkab (kiyingan) 
viruslarga bo‘linadi. Oddiy viruslarga (shol, gepatit A), murakkab viruslarga 
(qizamiq, OITV, gepatit V) kiradi. 
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i -kapsiddan 
iborat (capsa- lotincha bo‘lib g‘ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o‘z navbatida 
ketma ket keluvchi subbirliklardan iborat bo‘lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm-
22). Kapsomerlarni elektron mikroskopda ko‘rish mumkin, har bir virionlar oilasi 
uchun kapsomerlarni soni ularga xos hisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta, 
pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi. Nuklein kislotasi va kapsomer o‘zaro 
birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi. 
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan 
o‘ralgan bo‘lib – superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-22). Superkapsid 
tarkibida viruslar o‘ta murakkab tuzilishlarga ega bo‘lib virusning nuklein kislotasi 
oqsil qobiq bilan o‘ralgan, uning ustidan kapsid o‘rab turadi (virus mag‘izi), kapsid 
ustida esa virusni yana bir ichkiy matriks oqsil qavati (M-qavat) bo‘lib u super 
kapsidga birikib ketadi (OITV), chin chechak virusi tuzilishi esa prokariot 
hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o‘rab 
turganda ma’lum simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya 
tiplari uchraydi: spiralsimon, kubsimon va aralash. 


53 
Oqsillardan tashqari, yog‘ va uglevodlar lipo-, glikoproteinlar ko‘rinishida 
uchraydi. Ba’zi viruslarda glikoproteinlar superkapsid tarkibida tikanak ko‘rinishida 
(gripp, paragripp viruslarda) bo‘lishi mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar 
bo‘lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-biri bilan qo‘shilib ketishini 
taminlaydi, bu esa gigant ko‘p yadroli simplast hujayralari hosil bo‘lishiga olib keladi 
va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba’zi

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə