O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   243
Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi
.
Ko‘pchilik viruslar hujayralarda 
ko‘payganda hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. 
Masalan qutirish virusi nerv hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar hosil 
qiladi (Babesh-Negri tanachasi), virus nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) 
yig‘ilib qolishi natijasida kuzatiladi. CHin chechak virusi xujayin hujayrasining 
sitoplazmasida ko‘payadi va sitoplazmada katta hujayralar va ularning 
sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. YOrug‘lik mikroskopida ham 
aniqlash mumkin (rasm-25).
 
25-rasm. Viruslarning hujayraga sitopatik ta’siri. A-Quyon ko’z mugiz pardasidan olingan gistologik 
preparat (chin chechak virusi yuqtirilgan) sitoplazmada, yadro atrofida kiritmalar. B- gemadsorbsiya 
reaksiyasi. V-virus yuqtirilganda xujayra kulturasidagi viruslar koloniyasi (pilakchalari) xosil bolishi.
 
Pilakchalar hujayra kulturasida hosil qilishi.
Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli 
hisoblanadi (25v-rasm). Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi 
oziqli muhit olib tashlanib virus saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra 
kulturasiga virus yuqtiriladi, so‘ngra neytral qizil indikator qo‘shilgan yupqa agar 
qatlami bilan qoplanadi. 
Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so‘ng, agar qoplamasida ma’lum 
shakldagi oq-oq dog‘lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo‘ladi. Bu esa, bir 


64 
tekisda o‘sgan hujayra kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan 
jonsizlangan hujayralar to‘plamidir. Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining 
ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil bilan bo‘yalgan hujayralar fonida 
yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi. 
SHu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda 
pilakcha hosil qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, 
morfologiyasi va uning paydo bo‘lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo‘ladi, 
xatto shu turning ichidagi ayrim shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu 
xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va ularning sof liniyasini ajratib olishda 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə