67
Rivojlanayotgan tovuq embrionida viruslarni ko‘paytirish sanoat miqiyosida
qo‘llaniladi, ammo ko‘pchilik viruslar tovuq embrionida ko‘paymaydi, bundan
tashqari tekshirilayotgan viruslarni embrionini ochmay turib aniqlab bo‘lmaydi,
shuningdek unda ko‘p miqdordagi oqsil va boshqa
yot birikmalarning borligi,
tayyorlangan preparatlarni allergik xususiyatini oshiradi, ularni tozalanishini
qiyinlashtiradi.
Viruslarni ko‘paytirishda laboratoriya hayvonlaridan foydalanish.
Amalda
ko‘pincha turli xil zotsiz laboratoriya hayvonlaridan (voyaga etgan, emadigan
sichqon
bolalari, quyon, maymun, dengiz cho‘chqachalari va b.) foydalaniladi.
Hayvonlarning ma’lum turdagi viruslarga beriluvchanligi va ularning yoshi
viruslarning ko‘payish qobiliyati tajribada xisobga olinadi. Ko‘pincha yangi tug‘ilgan
hayvonlargina u yoki bu virusga (masalan, emadigan sichqon bolalari - Koksaki
virusiga, sichqon, quyon - qutirish virusiga, oqsim (yashur)
virusi- dengiz
cho‘chqachasi va gripp virusi–sichqon va og‘maxon) sezgir bo‘ladi.
Bu usulning afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Afzalligi shuki, bunda kultura
yoki tovuq embrionida yaxshi reproduksiya qilinmaydigan viruslarni ajratib olish
mumkin bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi esa, tajriba qilinayotgan hayvon
organizmidagi mikroorganizmlarning begona virus va mikoplazmalar bilan aralashib
ketishidadir. Bundan tashqari
ekonomik etikaviy jihatlari, shuningdek, virusning
“sof” liniyasini olish uchun keyinchalik hujayra kulturasiga hayvondan olingan
material yuqtiriladi, bu esa tekshirish muddatini cho‘zib yuboradi.
Virus saqlovchi materiallarni laboratoriya hayvonlarga yuqtirishni turli (teri
ostiga, teri ichiga.
muskul ichiga, qorin pardasiga, subdural va bosh.) usullari
qo‘llaniladi.
Viruslarning laboratoriya hayvonlar organizimida reproduksiya bo‘lganligini
kasallikni ko‘zga tashlanadigan klinik rivojlanishi, organ va
to‘qimalarning patomorfologik o‘zgarishi, organlardan olingan suspenziyalarda
virus borligini gemagglyutinatsiya (GAR), neytralizatsiya (NR) reaksiyalari orqali
(agar virus o‘z tarkibida gemagglyutinin fermenti tutsa) aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: