O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   243
 
Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish. 
Virusologik 
amaliyotda
 
tovuq embrioni hujayra kulturasi va tajriba qilinayotgan hayvonlarga 
nisbatan bakteriyalar bilan ifloslanish darajasi kam va qo‘shimcha mikroorganizmlar 
bilan kamdan-kam hollardagina zararlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, turli 
ta’sirotlarga ham juda chidamlidir. Rikketsiya, xlamidiya va bir qator viruslarning 
diagnostik maqsadlarda, sof kulturasini olish va turli preparatlar (vaksina, 
diagnostikumlarni) tayyorlash uchun 8-12 kunlik tovuq embrionlaridan foydalaniladi 
(rasm29). YUqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlarning ko‘payganligi embrion 
qobiqlarining ochilganidan so‘ng pardalarida hosil bo‘lgan morfologik o‘zgarishlar 
orqali o‘rganiladi. Masalan chin chechak yuqtirigan embrion tanasida, qobig‘ida qon 
quyilishlar kuzatiladi, embrion nobud bo‘ladi. Bundan tashqari virus ko‘payishi 
natijasida allantois, amnion suyuqligida viruslar yig‘ilib qoladi va gemagglyutinin 
fermenti bor viruslarni GAR orqali indikatsiya qilish mumkin. 


67 
Rivojlanayotgan tovuq embrionida viruslarni ko‘paytirish sanoat miqiyosida 
qo‘llaniladi, ammo ko‘pchilik viruslar tovuq embrionida ko‘paymaydi, bundan 
tashqari tekshirilayotgan viruslarni embrionini ochmay turib aniqlab bo‘lmaydi, 
shuningdek unda ko‘p miqdordagi oqsil va boshqa yot birikmalarning borligi
tayyorlangan preparatlarni allergik xususiyatini oshiradi, ularni tozalanishini 
qiyinlashtiradi.
Viruslarni ko‘paytirishda laboratoriya hayvonlaridan foydalanish. 
Amalda 
ko‘pincha turli xil zotsiz laboratoriya hayvonlaridan (voyaga etgan, emadigan 
sichqon bolalari, quyon, maymun, dengiz cho‘chqachalari va b.) foydalaniladi. 
Hayvonlarning ma’lum turdagi viruslarga beriluvchanligi va ularning yoshi 
viruslarning ko‘payish qobiliyati tajribada xisobga olinadi. Ko‘pincha yangi tug‘ilgan 
hayvonlargina u yoki bu virusga (masalan, emadigan sichqon bolalari - Koksaki 
virusiga, sichqon, quyon - qutirish virusiga, oqsim (yashur) virusi- dengiz 
cho‘chqachasi va gripp virusi–sichqon va og‘maxon) sezgir bo‘ladi. 
Bu usulning afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Afzalligi shuki, bunda kultura 
yoki tovuq embrionida yaxshi reproduksiya qilinmaydigan viruslarni ajratib olish 
mumkin bo‘ladi. Bu usulning kamchiligi esa, tajriba qilinayotgan hayvon 
organizmidagi mikroorganizmlarning begona virus va mikoplazmalar bilan aralashib 
ketishidadir. Bundan tashqari ekonomik etikaviy jihatlari, shuningdek, virusning 
“sof” liniyasini olish uchun keyinchalik hujayra kulturasiga hayvondan olingan 
material yuqtiriladi, bu esa tekshirish muddatini cho‘zib yuboradi. 
Virus saqlovchi materiallarni laboratoriya hayvonlarga yuqtirishni turli (teri 
ostiga, teri ichiga. muskul ichiga, qorin pardasiga, subdural va bosh.) usullari 
qo‘llaniladi. 
Viruslarning laboratoriya hayvonlar organizimida reproduksiya bo‘lganligini 
kasallikni ko‘zga tashlanadigan klinik rivojlanishi, organ va
to‘qimalarning patomorfologik o‘zgarishi, organlardan olingan suspenziyalarda 
virus borligini gemagglyutinatsiya (GAR), neytralizatsiya (NR) reaksiyalari orqali 
(agar virus o‘z tarkibida gemagglyutinin fermenti tutsa) aniqlash mumkin.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə