O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


  Viruslarni Morozov usulida bo‘yash



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   243
 


68 
Viruslarni Morozov usulida bo‘yash. 
Viruslarni Morozov usuli bilan bo‘yash uchun uchta reaktiv tayyorlanadi: 
1) 1 ml muzli sirka kislotasiga 40% li 2 ml formalin eritmasi qo‘shiladi va 
distirlangan suv bilan uning hajmi 100 ml ga etkaziladi; 
2) 1 ml karbol kislotasiga 5 g tanin qo‘shiladi va distirlangan suv bilan uning 
hajmi 100 ml ga etkaziladi; 
3) 5 ml kumush nitrati eritmasiga ammiak eritmasi biroz quyqa hosil 
bo‘lgunga qadar tomchilab tomiziladi. 
Bo‘yash usuli: 1) tayyorlangan surtma 1- eritma bilan 1 daqiqa davomida 
fiksatsiyalanadi, so‘ng reaktiv to‘kiladi va surtma suv bilan yuviladi; 
2) 2-eritma bilan 1-2 daqiqa davomida bug‘ paydo bo‘lguncha qizdiriladi, 
so‘ngra suv bilan yuviladi; 
3) 3-eritma bilan surtma to‘q jigar rang hosil bo‘lgunga qadar qizdiriladi, 
so‘ng suv bilan yuvib, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Bunda virus elementar 
tanachalari qora rangga bo‘yaladi. 
Viruslarning SPT ni o‘rganish. 
Probirkadagi hujayra kulturasini tekshirish 
uchun mikroskopning buyum stolchasiga probirka shunday qo‘yiladiki, undagi bir 
qavatli hujayra qatlami yuqoriga qaragan holda bo‘lishi kerak. Bir qavatli hujayra 
yopishgan joyi probirkaning qarama-qarshi tomonidan qalam bilan belgilab 
qo‘yiladi. 
Hujayradagi morfologik o‘zgarishlar
 
kulturali probirkani mikroskop ostida
 
kulturali probirkani mikroskop ostida 8-ob’ektiv bilan kondensor tushirilgan va 
diafragmasi biroz bekitilgan holda tekshiriladi. Virus bilan yuqtirilgan bir qavatli 
hujayra qatlamini, virus bilan yuqtirilmagan kontrol probirkadagi kulturalar bilan 
solishtirib ko‘rilganda virus yuqtirilgan hujayra katlamida to‘liq yoki orolcha 
shaklidagi hujayraning (destruksiyasi) parchalanganligi yoki boshqa o‘zgarishlar 
qayd etiladi, bu esa virusning hujayraga patogenlik ta’sirini ko‘rsatadi. 


69 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə