O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   243
Gemadsorbsiya reaksiyasi.
Viruslarni indikatsiya qilish usullaridan biri, ular 
kirib ko‘payayotgan (reproduksiya)
hujayraning yuzasi eritrotsitlarni adsorbsiya 
qilish qobiliyatiga asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (25-rasm). 
Gemadsorbsiya ham gemagglyutinatsiya reaksiyasiga o‘xshash mexanizimga ega. 
Gemadsorbsiyalash xossasiga ega bo‘lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida 
virusga xos maxsus oqsillarning-gemagglyutininlarning joylashganiga bog‘liq bo‘lib, 
eritrotsitlarda bu oqsillarga komplementar retseptorlar bo‘ladi va shuning uchun ham 
ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani 
qo‘yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira eritrotsitlar (ko‘proq 
tovuq, dengiz cho‘chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrotsitlari ishlatiladi) 
suspenziyasi qo‘shiladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng hujayralar natriy xloridning izotonik 
eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo‘lgan hujayralar yuzasida eritrotsitlar 
yopishganicha qoladi. YOrug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin. Virus yuqtirilgan 
hujayra kulturasiga tip maxsusligini namoyon qiluvchi zardob qo‘shilib saqlansa, 
hujayralar gemadsorbsiya qilish qobilyatini yo‘qotadi, ya’ni gemadsorbsiya 
tormozlanib qoladi. Bu fenomen viruslarning identifikatsiyasida qo‘llaniladi. 
Gemagglyutinatsiya reaksiyasi
. Bu reaksiya suyuqlikdagi hujayra kulturasi yoki 
tovuq embrionining xorion-allantois yoki amniotik suyuqlikdagi viruslarni 
indikatsiya qilish uchun qo‘llaniladi.


65 
Gemagglyutinatsiya reaksiyasida virus superkapsidi tarkibida gemagglyutinin 
fermenti bo‘lgan viruslar (gripp, paragripp) keltirib chiqaradi, ya’ni virus ko‘paygan 
hujayra kulturasiga tovuq, g‘oz, dengiz cho‘chqachalari eritrotsitlari qo‘shilsa, 
viruslar eritrotsitlarni bir-biriga yopishtirib (rasm 26) qo‘yadi. Bu usulda viruslarning 
suyuqlikdagi titrini suyultirish darajasiga qarab aniqlash mumkin. Virusologik 
amaliyotda viruslarning indikatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə