O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   243
Birlamchi hujayra kulturalari
– to‘qimalardan ajratib olingandan kiyin 
ko‘payish generatsiyasi 5-10 marotiba qayta undirib olishga yaraydi. Bunday hujayra 
kulturalari laboratoriya sharoitida embrional, normal to‘qimalarini bo‘lakchalaridan
maxsus proteolitik fermentlar (tripsin) ta’sir etirilib hujayra kulturalari olinadi. 
Birlamchi tripsinlangan hujayra kulturalarni kamchiligi asosan ularni bir necha 
generatsiyadan kiyin ko‘payishini to‘xtab qolishi hisoblanadi. 
Undiriladigan yoki stabil hujayra kulturalari
– bunday hujayra kulturalari 
laboratoriya sharoitida bir necha 10 yillar ko‘payish xususiyatini yo‘qotmaydi va 


61 
ko‘plab qayta undirishlarga chidaydi. Bu hujayra kulturalari yuqori ko‘payish 
potensialiga ega bo‘lgan o‘sma yoki embrional to‘qimalardan olinadi Bularga xavfli 
o‘sma hujayralari Hela (birinchi marta bachadon bo‘ynidagi karsinomadan), Ner-3 
(limfoid karsinomasidan), hamda odam amnionining normal hujayralari, maymun 
buyragi va boshqalardan tayyorlapgan hujayralar kiradi va ular birlamchi hujayra 
kulturalariga nisbatan qator afzalliklarga ega. Bularga: uzoq yillar undirilishi va 
yuqori ko‘payish potensialiga ega bo‘lishi, kam mehnat talabi, uzoq yillar muzlatib 
qo‘yilganda ham o‘zining xususiyatini yo‘qotmasligi, xalqaro hujayra kultura
liniyasi bo‘ylab ko‘plab dunyodagi laboratoriyalarda qo‘llanilishi. Lekin, bu 
hujayralarning ko‘plab generatsiyalari natijasida havfli ko‘payish xarakteri va 
somatik mutatsiyalarga uchrash ehtimolligi bu hujayralarni virus vaksinalari olish 
jarayonlarida qo‘llashni chegaralab qo‘yishga olib kelgan. 
YArim undiriladigan (diploid) hujayra kulturalari 
– ko‘paytirilib undirilishi 
chegaralangan 40 va 50 generatsiyaga chidaydi. Bu hujayralar asosan odam embrioni 
diploid hujayralaridan olinadi. Undirilish jarayonida bu hujayralar o‘zlarini birlamchi 
avlodlari singari tarkibida diploid xromosoma to‘plamini saqlashadi va havfli hujayra 
formasiga transformatsiyalanmaydi. SHuning uchun bu hujayra kulturalaridan 
virusologik amaliyotda diagnostik va vaksinalar olish maqsadlarida keng qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə