O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziq muhitlar



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   243
Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziq muhitlar.
Hujayra kulturasini 
saqlash va ko‘paytirishda murakkab tarkibga ega bo‘lgan muhitlar qo‘llaniladi. Bu 
muhitlar tarkibiga aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi
mineral tuzlar kiradi va ularning rN buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko‘pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli 
eritmalardan iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni 
organizimdan tashqarida yashashini ta’minlaydi va ularni tayyorlash jarayonida 
to‘qima va hujayralarni yuvishda qo‘llaniladi va virusologik oziq muhitlarni 
tayyorlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda eng ko‘p Xenks va Erl 
tuzli eritmalari ishladiladi. 
Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab 
farqlanadi: 
1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi); 
2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari; 
3. Sun’iy oziq muhitlar. 
Tabiiy oziq muhitlar
asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga 
odam va hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo‘shiladi. 
Zardoblar sog‘lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon 
zardoblari ishlatiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik 
ta’sirga ega emasligi aniqlanadi va uzoq muddat sovutkichlarda saqlanishi mumkin. 
Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan asseptika qoidalariga 
rioya qilgan holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda 
saqlanadi. 
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan 
tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror 
tuzli eritma (ko‘pincha Xenks) qo‘shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) 
qilinadi. Olingan cho‘kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib 
muzlatkichlarda saqlanadi. 
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko‘proq sut laktoalbuminining 
gidrolizati va kazein va shoxli hayvonlarni oqsil


59 
gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit tayyorlashda ularga tuzli 
eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo‘shiladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə