O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Viruslarning taksonomik toifalari



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   243
Viruslarning taksonomik toifalari
. Virusologiyada quyidagi taksonomik 
toifalar (kategoriyalar) qabul qilingan Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan 
ma’lumotlar asosida doimo to‘ldirilib boriladi. 
Viruslar Taksonomiyasi bo‘yicha Xalqaro Tashkilot-VTXT (International 
Committee on Taxonomy of Viruses-ICTV) shug‘illanadi. Bu tashkilot Butun Dunyo 
Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Hozirgi kunda VTXT da 
1550 xildan ortiq viruslar xususiyatlari yozilgan reestr tuzilgan va ma’lumotlar bazasi 
ICTV dB yaratilgan. Viruslar taksonomiyasining zamonaviy tizimi K. Linney 
tasnifining prinsiplariga
 
asoslanadi va quyidagi taksonomik mezonlardan iborat: 
tartib, oila, oilacha, avlod, tur.
 


55 
 
23-rasm. Odamlarda asosiy kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar morfologiyasi va o’lchamlari 
Tartib 
– genomning tipiga bog‘liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va
ularning lotincha nomlanishiga“ – viralis” qo‘shimchasi qo‘shiladi, masalan 
Mononega viralis (bir ipli manfiy RNK ipli). 
Oila – umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega bo‘lgan viruslar guruhlaridan 
(avlodlardan) tashkil topadi. Oila nomning ohiriga viridae so‘zi qo‘yiladi, masalan 
Poxviridae. 
Oilacha- bir oilaga kiruvchi viruslarni o‘rganishda ularning umumiy evolyusion 
kelib chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan tag‘dirda bu tokson qo‘llaniladi. 
Oilacha “virinae” qo‘shimchasiga ega. Masalan, chin chechak virusi oilasi 2 ta 
oilachaga Chordopoxvirinae (umurtqalilarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) va 
Entomopoxvirinae (hashoratlarda chin chechak keltirib chiqaruvchi) bo‘linadi. 
Avlod - umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega va umumiy ko‘plab 
xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan viruslarni jamlashtiradi. Avlod so‘zi (virus) so‘zi 
bilan tugaydi. Masalan Chordopoxvirinae oilachasiga 6 avlod kiritilgan, bulardan
Orthopoxvirus va Parapoxvirus avlod vakillari tibbiy amaliyotda axamiyatliroq. 


56 
Tur – viruslarning avlod ichidagi bo‘limidir. Tur bu nukleotid tarkibi o‘xshash 
va ma’lum bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig‘indisidir. 
Turni nomlashda -“ virus” qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan CHin chechak virusi, 
Gripp virusi, Poliovirus, lekin hamma viruslarda oila osti kategoriyasi berilmagan va 
bakteriyalarga o‘xshash binomonal (qo‘shaloq) nomlash ham virusologiyada 
qo‘llanilmaydi. 
Virusologik amaliyotda viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik 
variantlar, shtamlar kabi rasmiy qabul qilinmagan ko‘rsatkichlar ham keng 
qo‘llaniladi.
Viruslarning tartib, oila, oilacha, avlod, turlarini aniqlashda asosiy mezonlar 
quyidagilar hisoblanadi: 
1.Virus genomini tuzilishi va turi. 
2.Virus replikatsiyasining strategiyasi. 
3.Virionning tuzilishi. 
Avlod ichida turni saralash maqsadida quyidagi mezonlardan foydalaniladi: 
- genom tarkibidagi o‘xshashlik; 
- tabiiy ho‘jayini (ekologik manba); 
- to‘qima va hujayralarga tropizmi; 
- patogenlik va sitopatologiya; 
- infeksiyaning yuqish yo‘li; 
- virioning fizik-kimyoviy xususiyati; 
- simmetriya tiplari; 
- virusning antigenlik xususiyatlari. 
Zamonaviy tasnif bo‘yicha odam uchun patogen bo‘lgan viruslar 20 ta oilaga 
kiritilgan. Bulardan 13 tasi RNK genomli viruslar va 7tasi esa DNK genomli 
viruslar xisoblanadi (rasm 23). 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə