O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   243
Sun’iy muhitlar.
Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning 
uchun ular doimiy va aniq tarkibga ega bo‘ladi. Ular tabiiy moddalarga o‘xshab 
ballast (begona oqsillar) tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga 
(aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin, uglevodlar, mineral tuzlar va bosh. moddalar)
ega bo‘ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi. 
Hujayra kulturalari. 
Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va 
boshqa biologik ob’ektlar to‘qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash 
quyidagi bir necha ketma-ket bosqichdan iborat: 
-
to‘qimani olish, qondan, keraksiz to‘qimalardan tozalash va maydalash. 
-
tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish. 
-
hosil bo‘lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash. 
-
tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi 
suspenziyasini tayyorlash. 
-
hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo‘llaniladigan mahsus shisha 
probirka, flokon (matraslar) larda, hujayralarning o‘sishini ta’minlab beradigan oziqli 
muhitlar qo‘shib saqlash. 
Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan oziqli 
muhitlardan foydalaniladi. 
Hujayra kulturalarini bakteriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra 
kulturalari bilan ishlashda qa’tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus steril 
bokslarda ish olib boriladi va tekshirilayotgan materiallardagi qo‘shimcha 
mikroflorani ko‘payib ketishini oldini olish maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar 
qo‘shiladi.
Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo‘yicha fiksatsiyalangan to‘qima 
bo‘lakchalari kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut 
qilinadi. 


60 
1) Bir qavatli hujayra kulturasi - kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya 
idishlari yuzasiga bir qavat bo‘lib (monosloy) birikib oluvchi va ko‘payuuvchi 
hujayra kulturalaridir. Virusologiya amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladi. 
2) Suspenziyali hujayra kulturasi - oziqli muhitning hamma hajmida 
ko‘payuvchi hujayralar yig‘indisi bo‘lib, ular har doim aylantiruvchi magnit 
yordamida aralashtirib turiladi. Bunday hujayra kulturalari virusologik amaliyotda 
vaksina preparatlari olishda qo‘llaniladi. 
3) Fiksatsiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasi- maydalangan to‘qima 
bo‘lakchalari tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo‘lgan cho‘kmaga to‘qima 
bo‘lakchalari fiksatsiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion 
ekstraktidan tayyorlangan suyuq suspenziya qo‘shiladi.1-2 kundan keyin to‘qima 
bo‘lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan hosil bo‘lgan to‘rda yangi hujayralar o‘sa 
boshlaydi.
Fiksatsiyalangan to‘qima bo‘lakchalari kulturasini olish va saqlash ancha 
murakkab jarayon bo‘lganligi sababli bu usulda olingan hujayra kulturalarini bir 
qavatli hujayra kulturasi amaliyotda siqib chiqarmoqda. 
3) Organ kulturasi – birlamchi strukturasi o‘zgarmagan ma’lum organ 
bo‘lakchalari yoki to‘qima. CHegaralangan holda qo‘llaniladi. 
Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o‘nlab 
generatsiyalar (bir ko‘payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati 
saqlanib qoluvchi generatsiya sonlariga qarab bo‘linadi: birlamchi hujayra kulturalari, 
undiriladigan va yarim undiriladigan. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə