64
tekisda o‘sgan hujayra kulturasi tarkibida virus ko‘payishi natijasida hosil bo‘lgan
jonsizlangan hujayralar to‘plamidir. Har bir pilakcha birgina
virus zarrachasining
ko‘payishi natijasida hosil bo‘lib, neytral qizil bilan bo‘yalgan hujayralar fonida
yumaloq oq dog‘lar shaklida ko‘rinadi.
SHu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml
tekshirilayotgan materialda
pilakcha hosil qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi,
morfologiyasi va uning paydo bo‘lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo‘ladi,
xatto shu turning ichidagi ayrim shtammlarida ham farqlanadi.
Viruslarning bu
xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va ularning sof liniyasini ajratib olishda
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: