O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Viruslarni indikatsiya qilish usullari



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   243
Viruslarni indikatsiya qilish usullari
. Virusologik amaliyotga hujayra 
kulturalarining kirib kelishi, oldin noma’lum bo‘lgan ko‘plab kasallik qo‘zg‘atuvchi 
viruslarni ajratib olish va ularni identifikatsiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi. 
Hozirgi kunda har bir viruslar uchun sezgir hujayra kulturalarini tanlash 
imkoniyatlari mavjud. 
Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning 
ko‘payishi (reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o‘zgarishlar (destruksiya)
kiritmalar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito 
patologik ta’siri) ya’ni hujayrani morfologiyasini o‘zgarishi, hatto uning o‘limiga 
sabab bo‘luvchi faktor deb qaraladi. Ularni quyidagi fenomenlar asosida aniqlash 
(indikatsiya) mumkin: 
1. Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri


62 
2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi 
3. Pilakchalar hujayra kulturasida hosil qilishi
4. Gemadsorbsiya reaksiyasi 
5. Gemagglyutinatsiya reaksiyasi 
6. Rangli reaksiya 
7. Interferensiya fenomeni
24-rasm. Virusning xujayra sitopatik ta’siri: a) maymun buyragidan olingan normal xujayra 
kulturasi; b) poliomelit virusi yuqtirilgandan keyin morfologik o’zgargan shu hujayralarni 
mikroskop ostida ko’rinishi
 
Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri. 
Viruslarning hujayra kulturasida 
ko‘payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop 
ostida ko‘rish bilan aniqlanadi va morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lganligiga 
qarab baholanadi. Bunda ularning bir qismi halok bo‘lib, probirka devoridan 
ko‘chadi. Ayrim hujayralarning emirilishi oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa 
hujayralarga yuqadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng bu hujayralar ham o‘ladi. Natijada bir 
qavatli yaxlit hujayra qatlami o‘rnida alohida-alohida xujayrasiz zonada hujayra 
orolchalari hosil bo‘ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning xarakteri bir xil emas. 
Bir hil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donador bir xil tipdagi hujayra 
destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 24), o‘choqli mayda donodor destruksiyani 
(gripp, kana ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko‘rinishdagi destruksiyani 
(gerpes) viruslar, simplast ko‘p yadroli hujayralarni (retroviruslar, morbiloviruslar, 
respirator-sinsitial) viruslar keltirib chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda 


63 
viruslarning birlamchi indikatsiya qilishda va oldindan taxminiy tashxis qo‘yishda 
qo‘llaniladi.


Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə