O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


-rasm. Virus saqlovchi materalin rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243
28
-rasm. Virus saqlovchi materalin rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish 
 
Rivojlanayotgan tovuq embrioniga yuqtirish. 
Tekshriladigan material tovuq 
embrionining allantois va amniotik bo‘shlig‘iga, xorionallantois qobig‘iga yoki 
sariqlik xaltachasiga (28-rasm) yuboriladi. 
Materialni yuqtirishdan oldin tuxumning havoli kamera ustidagi po‘stlog‘i 70º li 
spirt bilan tozalanadi, alangada qizdiriladi, 2% li yod eritmasi surtiladi, ikkinchi 
marta spirt bilan artiladi va qizdiriladi.
 
Allantois bo‘shlig‘iga yuqtirish uchun havoli kamera (ovoskopda tuxumga 
yorug‘lik tushirilganda uning chegarasi oldindan kalam bilan chizib qo‘yiladi) 
ustidagi tuxum po‘chog‘i qaychi, skalpel yoki maxsus asbob yordamida extiyotlik 
bilan teshiladi. SHprits bilan 0,1-0,2 ml virusli material (antibiotik qo‘shilib ishlov 
berilgan) havo kamerasi chegarasidan 2 - 3 mm chuqurlikka yuboriladi. Tuxum 
po‘chog‘idagi teshikka eritilgan parafin quyiladi. 
Zararlangan embrion virus juda ko‘paygan vaqtda, ya’ni 48-72 soat 37
ºC 
da termostatda saqlangandan so‘ng ochiladi. Tuxum spirt bilan artiladi va unga 2% li 
yod eritmasi surtiladi. So‘ngra qaychi bilan havo kamera atrofi bo‘ylab chizilgan 
belgidan biroz yuqoriroqdan tuxum po‘chog‘i kesiladi. Bunda tuxum po‘chog‘i 
bo‘shliqqa tushmasligi uchun, qiyshaytirilgan holda ushlanadi (30-rasm). Po‘choq
 
olinib, asta-sekin uning pardasi ham olinadi va xorion-allantois pardasining virus 
yuqtirilgan joyida gemorragik, oqimtir shikastlanish o‘choqlarining bor-yo‘qligi qayd 
qilinadi. So‘ngra paster pipetkasi bilan xorion-allantois pardasining qon tomiri kam 


70 
bo‘lgan joyidan teshiladi va allantois suyuqligi so‘rib olinadi. Keyin xorion-allantois 
pardasi ajratib olinib, ikki marta natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi
Petri kosachasiga o‘rnatiladi va qora fonda, maxsus (spetsifik) zararlanish borligi 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə