O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   243
Gemagglyutinatsiya 
reaksiyasini 
qo‘yish (GAR). 
Tovuq 
embrioni 
ochilgandan so‘ng allantois suyuqligi so‘rib olinadi va probirkalarga yoki 
pleksiglasdan tayyorlangan plastinkalar chuqurchasiga 0,5 ml hajmda (kontrol uchun
0,5 ml yuqtirilmagan embrionning shunday suyuqligidan) quyiladi. So‘ngra uning 
ustiga 0,2 ml 1 % li yuvilgan tovuq eritrotsitidan qo‘shiladi va uy temperaturasida 
saqlanadi. Reaksiya natijasi 40 min. dan so‘ng, ya’ni eritrotsitlar cho‘kma hosil 
qilgandan keyin tekshiriladi. Reaksiya musbat bo‘lsa probirkaning ostida bir–biri 
bilan yopishgan eritrotsitlardan tashkil topgan yupqa parda zontik xosil bo‘ladi. 
Reaksiya natijalari 4 tagacha musbat belgi bilan aniqlanadi. YAxshi 
gemagglyutnatsiya + + + + — bu holatda probirkaning ostida parda zontik yaqol 
ko‘rinishida bo‘ladi; + + + pardaning oralarida ochiq joylar koladi; + + 
eritrotsitlarning birlashishida viruslar kamayganligi sababli parda chetlari 
tekislashadi; + kam agglyutinatsiyalangan eritrotsitlar birikmalari bilan o‘ralgan 
eritrotsitlarniig cho‘kmasi; - eritrotsitlar cho‘kmasining atrof chegarasi yaqqol 
ko‘rinib turadi, ammo kontroldan (eritrotsitlar tugmacha formasini oladi) farq 
qilmaydi. Agar tajribadagi probirkalarda gemagglyutinatsiya bo‘lib, kontrol 
probirkalarda bo‘lmasa, bu - tekshirilayotgan suyuqlikda virus borligini ko‘rsatadi. 
Viruslarni indikatsiya qilishda tekshirilayotgan suyuqliklarda viruslarning titrini 
(miqdoriy ko‘rsatkichini) aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Virus saqlovchi 
materialni maksimal suyultirilganda virus
o‘zining (SPT. GAR, xayvonlarni nobud qilish va bosh.) infeksion aktivligini 
namoyon qila oladigan miqdoriga virus titri deb ataladi. Titr 1 birlik qilib olingan
ya’niy shu titrda viruslar 50% yuqtirilgan kulturalarda SPT keltirib chiqaradi. GAR 
virus tirtri deb ++ ( I AE – bitta agglyutinatsiya beruvchi birlik) dan kam bo‘lmagan 
eritrotsitlarni agglyutinatsiyasini beruvchi eng ko‘p suyultirilgan eritmasiga aytiladi. 


71 
Viruslarni titrlarini aniqlash, viruslarning ishchi, yuqish dozalari ishlab chiqishda va 
keyinchalik viruslarni identifikatsiyasiya qilishda muhim amaliy ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə