Grammatik ma’nosi ot, bosh kelishikda va birlik sonda ekanligidir



Yüklə 42,34 Kb.
tarix15.01.2023
ölçüsü42,34 Kb.
#98626
Lesikologiya dars


Leksikologiya
Leksikologiya yunoncha “lexikos” so’z so’zga doir, “logos” ta’limot so’zlarining birikishidan olingan bo’lib, lesika (so’z ) haqidagi ta’limotdir.
So’z va uning ma’nolarini( atash ma’nosi) o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi lesikologiya(ba’zan leksika) deyiladi. Leksikologiya so’zning lug’at tarkibi, leksikasi va uning taraqqiyoti haqidagi ta’limotdir.
Ma’lum ma’no bilan bog’langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so’z sanaladi. Soʻzning ikki tomoni boʻladi:Moddiy tomoni va ma'no tomoni.
Moddiy tomoni soʻzning nechta harf nechta boʻgʻindan iborat ekanligi hisoblansa, Ma'no tomoni uning lugʻaviy va grammatik ma’nosi hisoblanadi.1
So’z tilshunoslikning ikki bo’limida o’rganiladi:
So’z

Morfologiya(so’zning grammatik ma’nosini o’rganadi)

Leksikologiya (so’zning atash ma’nosini o’rganadi)

Atash ma’nosi- So’zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakar-holatni bildirishdir. Barcha mustaqil so’z turkumlari atash ma’nosiga ega olmoshlar bundan mustasno, ular atash ma’nosiga ega so’zlarga ishora qiladi. Masalan, talaba so’zining atash ma’nosi- shaxs, qizil so’zining atash ma’nosi- rang-tus yugurmoq so’zining atash ma’nosi- harakat, uchta so’zining atash ma’nosi-son-sanoq ekanligidir. Ya’ni so’zlarning borliqda hamma biladigan ma’nolaridir.


Grammatik ma’no esa so’zlarning ona tili fanidagi ma’nolari.Masalan,
Solishtiring: Olma so’zining ma’nolari

Grammatik ma’nosi ot, bosh kelishikda va birlik sonda ekanligidir

Atash ma’nosi meva yoki mevali daraxtning nomi ekanligi.

Qizil so’zining atash ma’nosi- belgi, rang bildirishi bo’lsa, Grammatik ma’nosi-sifat, rang-tu sifati.


Tez so’zining atash ma’nosi- holat, grammatik ma’nosi-ravish, holat ravishi ekanligidir.
Tilimizda barcha so’zlarda ham leksik ma’no yo’q(yordamchilar, alohida olingan so’z turkumlari, olmosh), lekin barchasida grammatik ma’no bor.
Tilning lug’aviy(leksik)ma’no bildiruvchi qismi leksemadir. Atash ma’nosi lug’aviy ma’no, leksik ma’no nomlari bilan ham yuritiladi.

Mustaqil so’z turkumlaridan olmosh, yordamchi so’z turkmuklari ( bog’lovchi, yuklama, ko’makchi), alohida olingan so’z turkumklari( undov so’zlar,taqlid so’zlar, modal so’zlar), edi, ekan , emish, emas so’zlRI kiradi

Mustaqil so’z turkumlari(ot, sifat, son, fe’l, ravish)

Atash ma’nosiga egan bo’lmagan so’zlar

Leksik(atash)ma’nosiga ega so’zlar

Yüklə 42,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə