Mavzu: Aylanmadan olinadigan soliqning ahamiyati. Reja



Yüklə 17,99 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü17,99 Kb.
#131634
  1   2   3   4
Soliq




Mavzu: Aylanmadan olinadigan soliqning ahamiyati.

Reja:

1.Aylanmadan olinadigan soliq nima

2.Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari

3. Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilari kimlar



1.Aylanmadan olinadigan soliq nima:

Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1-iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqto’lovi joriy etildi.

Ushbu farmon kichik biznes subyektlarini iqtisodiy rag’batlantirishni samarali tashkil etish orqali ularni yanada rivojlantirish va ularning Iqtisodiyotdagi ulushini oshirish maqsadida qabul qilinadi.

Aylanmadan olinadigan soliqto’lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbik etiladi.

Aylanmadan olinadigan soliqto’lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbik etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3305-sonli farmoniga ko’ra kichik biznes subyektlari tarkibiga 2004 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagi lar kiritilgan:


Yüklə 17,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə