O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


qismiga birikish joyi; 5-dum qismi qobig’i; 6-olti qirrali plastinka; 7-dum o’simtasi); b-fagning elektron



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243
qismiga birikish joyi; 5-dum qismi qobig’i; 6-olti qirrali plastinka; 7-dum o’simtasi); b-fagning elektron 
mikroskopdagi tasviri; v-T-fagning rangli kompyuter tasviri 
Faglarni antigen xususiyati. Bakteriofaglar guruh maxsus va tipmaxsus
antigenlar tutadi va ular immunogen xususiyatga ega, organizmda maxsus antitelalar 
hosil qiladi. Bu antitelalar faglar bilan birikib ularni bakteriyaga qarshi litik 
xususiyatini neytrallashi mumkin. Tip maxsus xususiyati bo‘yicha faglar serotiplarga 
bo‘linadi. 
Rezistentligi
(chidamliligi). Viruslarga qaraganda tashqiy muhit faktorlariga 
ancha chidamli. Temperatura tasirida 65-70ºS o‘ladi, bundan tashqari UF nurlari va 
radiatsiyaning yuqori dozalari, kislota, farmalinlarga chidamli. Uzoq vaqt past 
temperaturada, quritganda saqlanib qoladi. 


74 
Faglarning yuqumliligi o‘ta maxsus bo‘lib, ma’lum bakteriyalarda ko‘payadi. 
Ularni maxsus strukturasiga nisbatan sezgir bakteriyalarda retseptorlar mavjud. 
Faglarni sezgir bakteriyalar bilan maxsus o‘zaro munosabatiga asosan faglar quyidagi 
ko‘rinishlarda bo‘ladi: polivalent – qarindosh bakteriyalarda ko‘paya oladi; 
monovalent - ma’lum tur bakteriyalarda ko‘payadi; tipga xos – bakteriya turlarining 
aloxida tiplarida ko‘paya oladi. 
Faglarni bakteriya bilan o‘zaro munosabati viruslarga o‘xshab produktiv, abortiv 
va integrativ ko‘rinishda kuzatiladi. Produktiv shaklida fag bakteriyani to‘liq lizisga 
uchratadi va fagning avlodlari hosil bo‘ladi. Abortiv formada, bakteriya lizisga 
uchramaydi va fagning avlodlari ham hosil bo‘lmaydi. Integrativ tipda esa fag 
bakteriyaning xromosomasiga kirib oladi va u bilan birga (profag) turadi. SHuning 
uchun faglarni bakteriyalar bilan o‘zaro munosabati natijasida ular ikki xil 
ko‘rinishda, virulent va avirulent (mo‘‘tadil) bo‘ladi. 
Virulent faglarni bakteriyalar bilan o‘zaro munosabati produktiv tipda 
kuzatiladi. Ularning reproduksiyasida 200-300 ta yangi faglar xosil bo‘ladi. 
Mo‘‘tadil faglar virulent faglardan farqlanib ularning bakteriyalar bilan 
munosabati produktiv yoki integrativ bo‘lishi mumkin (rasm 30). Produktiv 
ko‘rinishda virulent fagdan reproduksiyasida farq kuzatilmaydi va bakteriyaning 
lizisi bilan tugaydi. Integrativ tipda fag genomi bakteriya xromosomasiga kirib oladi 
va sinxron ko‘rinishda ko‘payayotgan bakteriya genomi bilan birga replikatsiya 
bo‘ladi, bakteriyani lizisga uchratmaydi. SHunday DNK saqlovchi faglar p r o f a g
deb ataladi, bakteriya esa “l i z o g e n” li kultura deb nomlanadi, chunki bunday 
lizogenli bakteriyalarda har doim profag aktivlansa lizisga uchrash ehtimoli yuqori 
bo‘ladi. Bunday bakteriyalar profagni o‘z avlodlariga o‘tkazadi. Lekin, fag 
replikatsiyaga uchramaydi va o‘z naslini qoldirmaydi. Buning sababi bakteriya 
hujayrasida fagni transkripsiyasini to‘xtatib turuvchi past molekulyar oqsil repressor 
ishlab chiqiladi. Repressorlar biotsintezini fag genlari boshqaradi. SHuning uchun 
bunday lizogenli bakteriyalarda boshqa faglarga nisbatan immunitet xosil bo‘ladi, 
ya’ni boshqa yaqin qarindosh faglar bakteriyaga kira olmaydi. Ammo, lizogen 
termini shu bakteriyalarni har doim lizisga uchrashi mumkinligini bildiradi. Buning 


75 
isboti sifatida, bakteriyalar tarkibidagi fag o‘z-o‘zidan spontan ravishda, yoki fizik, 
kimyoviy faktorlar ta’sirida vegetativ formaga o‘tishi va bakteriya hujayrasini lizisga 
uchratishi mumkin. Bakteriya xromosomasidan ajrab chiqgan fag, bakteriyadan 
ma’lum informatsiya saqlovchi genlarni o‘ziga biriktirib olishi va bu ma’lumotlarni 
boshqa bakteriyalarga 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə