O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243
Metodik ko‘rsatmalar.
Fagni atrof-muhitdan ajratib olish. 
Virulentli fag olish uchun dastlabki 
material (suv, najas suspenziyasi va boshkalar) bakteriya filtridan o‘tkaziladi. So‘ng 
filtrat tayyorlanadi. Olingan filtrat ma’lum bakteriya kulturasi bilan birgalikda 
bulonga ekiladi va termostatda 37°S da 18—24 soat davomida saqlanadi. Kultura 
lizisga uchragandan so‘ng, qolgan bakteriya hujayralaridan fag sentrafuga yordamida 
yoki filtrdan o‘tkazib tozalanadi. Filtratda fagning borligini sifat va son jihatidan 
aniqlaydigan usullar bilan tekshiriladi. 
S.aureus fagini sifatini aniqlash usuli. 
 
Oziqli agarli Petri kosachasiga 
S.aureus 
sutkali, bulonli kulturasi gazon bilan ekiladi va 37°S da 10—15 min 


77 
davomida quritiladi. So‘ng gazon yuzasiga bir tomchi fag tomiziladi va ikkinchi 
chetiga tomchi etib borguncha Petri kosachasi qiyshaytiriladi. Termostatda bir sutka 
davomida inkubatsiya qilinganidan so‘ng, kosacha ko‘zdan kechiriladi, bunda fag 
tomchisi tekkan erda lizis zonasining borligi belgilanadi. 
Stafilokokk kulturasini fagotipini aniqlash. 
Tekshirilayotgan sutkali 
stafilokokkni bulonli kulturasini Petri kosachasidagi oziqli agarga gazonli usulda 
ekiladi, termostatda bir oz quritiladi, so‘ngra Petri kosachasi orqasi kvadratlarga 
bo‘linadi qo‘llanilayotgan fag tiplari yoziladi va har bir kvadratga paster pipetkasi 
bilan bir tomchidan yozilgan raqamga xos bo‘lgan stafilokokkni 4 guruh faglar tiplari 
tomiziladi. Bir sutka termostatda o‘stirilgandan so‘ng, qaysi kvadratlarda lizis 
bo‘lganligi ko‘zdan kechiriladi. Stafilokokk kulturasining fagotipi lizisni keltirib 
chiqaradigan fag tipi bilan aniqlanadi. 
Amaliy ishlarning bajarilishi 
Amaliy ish 1. 
Hujayra kulturasida va tovuq embrionida viruslarni reproduksiyasini aniqlash (indikatsiya) 
maqsadida gemagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə