O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   243
 
30
-rasm. Mo’tadil lambda fagning ko’payish tiplari
(transduksiya 
hodisasi) 
o‘tkazishi mumkin. Bakteriyalar oldin o‘zlarida 
kuzatilmagan belgi va xususiyatlarni namoyon qilishi mumkin. Profag ta’sirida 
bakteriyalarni xususiyatlarini o‘zgarishi “ fagli konversiya” deb nomlangan (lot. 
sonver-sio- o‘zgartirmoq).
Bakteriofaglar amaliyotda quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi; fagoterapiyada, 
fagoprofilaktikada, fagoidentifikatsiyada va fagotiplashda.Bundan tashqari ichak 
tayoqchasini kolifagi tashqi muhit ob’ektlarini ifloslanishini aniqlashda sanitar 
ko‘rsatkich (indikator) mikroorganizm sifatida qo‘llaniladi: 
1) fagoterapiya — ayrim yuqumli
 
kasalliklarni keltirib chiqaradigan (shigella, 
protey, stafilokokk, ko‘k yiring tayoqchasi) bakteriyalarga qarshi davolashda 
ishlatiladi.
2) fagoprofilaktikada - epidemik o‘chokda bo‘lgan kishilar orasida ayrim 
kasalliklarning oldini olishda (masalan, dizenteriya, vabo);


76 
3) fagoidentifikatsiyada - fag yordamida bakteriya kulturasini qaysi turga 
mansubligini aniqlash;
4) fagodiagnostika kasal organizmidan (masalan, najasdan) fagni 
ajratib olishdan iborat bo‘lib, organizmda shu fagning mikrobi borligini ko‘rsatadi,
ya’ni fag bilan diagnoz qo‘yish; 
5) fagotiplash - bakteriyalarni fagotipini aniqlashda, ya’ni fagotipning, bir 
turdagi bakteriya shtammini shu tipga xos faglar bilan lizis qilish orqali aniqlanadi
bu esa tekshirilayotgan kulturalarni belgilaganda, kasallikni epidemiologik 
tekshirishda ayniqsa muhimdir. 
Amaliyotda bulonda o‘stirilgan bakteriyalar hujayralaridagi virulent faglar 
reproduksiyasi bu hujayralarning lizisga uchrashi va muhitning tiniq, yaltiroq tusga 
aylanishi bilan tugaydi. Petri kosachasidagi agarli muhitda sezuvchan bakteriyani 
gazon usuli bilan o‘stirilganda faglar lizis o‘choqli yoki yaxlit zonalarini hosil qiladi. 
Bu esa, fagning kopsentratsiyasiga bog‘liqdir. Lizisning o‘choqli zonalari fagning 
negativ koloniyalari yoki steril dog‘lar — pilakchalar deb nomlanadi. Ular ma’lum 
faglarga xos morfologiyaga ega bo‘lib, birgina fag zarrachasidan hosil bo‘ladi va 
boshqa hujayralarga kirishi va keyinchalik ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladi.
Fagning «sof liniyasini» (boshqa faglar aralashmasidan holi) olish uchun 
morfologik jihatdan bir xil bo‘lgan negativ koloniyalarning qator passajlari bir
xil bakterial shtamm gazonining aynan o‘zida olib boriladi.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə