O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   243
Oziq muhitlar. 
Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa 
mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida ko‘paytirish uchun 
qo‘llaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy birikmalardan tashkil topgan 
ozuqa moddalarga 
oziqli muhit
deb ataladi. 
Oziqli muhitlarga qo‘yiladigan talablar: 
1.Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) - ma’lum mikroorganizmlar-ning 
ko‘payishi uchun barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal 
manbasi oqsil gidrolizati, peptid va peptonlar, vitamin va mikroelementlarning 
manbasi o‘simlik, xayvon oqsillari) kerak; 
2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson o‘zlashtirishlari zarur; 
3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga xos rN ga ega bo‘lishi; 
4. Izotonik holatda tiniq bo‘lishi kerak; 
5. Har bir muhit albatta sterillangan bo‘lishi kerak. 
Tarkibi bo‘yicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi. 
Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab bo‘linadi- t a b i i y va


84 
s u n ‘ i y. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, o‘t safro, mol 
go‘shti, tuxum va bosh.) va o‘simliklardan (meva va sabzavotlar) olinadi. Sun’iy 
muhitlar esa yuqoridagi moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, 
achitqi uglevodlar va jo‘xori ekstraktlari) tayyorlanadi. 
Oziqli muhitda o‘stiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular 
metabolik jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, 
nikotin kislota va boshqalar shular qatoriga kiradi. 
YU m sh o q 
– 
q a t t i q l i g i g a (konsistensiyasiga) ko‘ra oziqli muhitlar
qattiq, suyuq va yarim suyuq bo‘ladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5-2% arap, 
yarim suyuq muhitga 0,3-0,7% agar qo‘shish natijasida tayyorlanadi. 
Agar-agar 

maxsus dengiz o‘simligini qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulot bo‘lib u 
qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80-86°S da eriydi, 40°S da qotadi. 
Ayrim hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%) jelatin ishlatiladi. 
Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oqsili o‘z-o‘zidan qattiq holatda 
bo‘ladi. 
Bakteriologiya amaliyotida ko‘pincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. 
Ular sanoat ko‘lamida oziq-ovqat
 
uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon 
gidrolizatlaridan (baliq chiqindilari, go‘sht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli 
agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni uzoq vaqt saqlash mumkin, ularni
transportda yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart, o‘zgarmagan holda 
saqlanadi. 
Oziqli muhitlar qo‘llanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga ko‘ra saqlab 
turuvchi, ko‘paytiruvchi asosiy, elektiv, maxsus va differensial-diagnostik turlarga 
bo‘linadi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə