O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   243
Saqlab turuvchi muhitlar
. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va 
saprofitlarni ko‘payishini to‘xtatishi mumkin. Amaliyotda glitserin aralashmasi (Tiga 
muhiti), gipertonik eritma, glitserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. 
qo‘laniladi. Bu muhitlar asosan bakteriyalarni ma’lum mutdatda saqlash va 
laboratoriyaga etkazib borishda ishlatiladi. 


85 
Ko‘paytiruvchi muhitlar. 
Ma’lum guruh bakteriyalarni ko‘paytirib olishda 
qo‘llaniladi va birlamchi ekishda ishlatiladi. Masalan bularga (Myuller, Kitta –
Tarotssi, tioglikolli muhitlar va selenitli bulon) kiradi. 
Asosiy muhitlar
. Bu muhitlar ko‘pgina bakteriyalarni o‘stirish uchun 
qo‘llaniladi. Bular baliq mahsulotlarining triptik gidrolizatlari, gusht bulonlari yoki 
kazeinlar bo‘lib, ulardan suyuq muhit - oziqli bulon va qattiq oziqli agar tayyorlanadi. 
Bunday muhitlar boshqa murakkab muhitlarni tayyorlash uchun asos bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan muhitlar qandli, qonli, zardobli va boshqa patogen bakteriyalarni oziqli 
muhitga talabini qondira oladigan aralash muhitlar tayyorlashda ishlatiladi. Ayrim 
hollarda muhitning asosi sifatida ma’lum mineral tuzlardan tayyorlangan sun’iy 
muhitlar ishlatilib, ularga aminokislotalar, vitaminlar, glyukoza, pepton, jo‘xori yoki 
achitqi ekstrakti va boshda oziqli moddalar qo‘shiladi. 
Elektiv muhitlar. 
Elektiv oziqli muhitlar turli xil, boshqa mikroflorali 
materialdan ma’lum turni ajratib olish va uni to‘plashga mo‘ljallangan. Ma’lum 
mikroblarga elektiv oziqli muhitni yaratishda, bu mikroblarning boshqa ko‘pchilik 
mikroblardan farqlantiradigan biologik, fermentativ xususiyatlariga asoslaniladi. 
Masalan qonli zardobli muhitlar bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal qo‘zg‘atuvchisini ajratib 
olishda (Klauberg II, KUA) tuberkulyozda (Levenshteyn-Yensen) stafilokokklarda 
natriy xlor tuzining konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan muhiti, vabo vibrionida esa -
ishqoriy muhit qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə