O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


-rasm. Viruslarning tuzilishi va simmetriya. a) Yalang’och ikosaedral simmetriya



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   243
22-rasm. Viruslarning tuzilishi va simmetriya. a) Yalang’och ikosaedral simmetriya.
b) Qiyingan ikosaedral simmetriya. v) Yalang’och spiral simmetriya. g) Kiyingan spiral simmetriya.
d) Tamaki mazaika virusi. e) Polioma virusi (sxematik modeli) 
 
Spiralsimon simmetriya
(tamaki mazaika, gripp, koronaviruslarda) vintsimon 
ko‘rinishdagi nuklein kislotasini tashqaridan mustahkam oqsil subbirliklari
(protomer) o‘rab turadi. SHakllangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon 
ko‘rinishda bo‘ladi. Spiral tayoqchasimon simmeriya tipiga ega bo‘lgan oddiy 
viruslarga tamaki bargi virusi, ipsimonlariga esa ba’zi bir bakteriofaglar misol bo‘la 
oladi. Bu tipdagi simmetriya tutovchi oddiy viruslar odam va umirtqali hayvonlarda 
kasallik keltirib chiqarmaydi. 
Kubik yoki ikosaedrik simmetriya
da kapsid virionni nuklein kislotasi 
joylashgan ma’lum ko‘rinishdagi izometrik tana, mag‘izni hosil qiladi. Kubsimon 
simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakilli kapsomerlardan 
tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer) subbirliklardan 


54 
tashkil (rasm 22) topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan 
teng tamonli burchakli kombinatsiyalar yotadi. 
Kubsimon simmetriyali odiy viruslar (yalang‘och) ko‘p qirrali shakilda (gepatit 
A, koksaki va boshqa enteroviruslar), superkapsid bilan o‘ralgan murakkab viruslar 
esa, asosan sferik shakilga ega (orto-, paramiksoviruslar) bo‘ladi. Lekin murakkab 
viruslarning o‘qsimon (qutirish virusi), parallelepiped (chin chechak virusi) 
shakllariga ega tiplari ham bor. 
Aralash simmetriya
tiplari bakteriofaglarda kuzatiladi, ularning bosh qismida 
kubsimon, tanasida esa spiralimon simmetriyalar uchraydi. 
Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan virionlarni ichki strukturasi, ularning mag‘izi 
deb ataladi. Adenoviruslarda mag‘iz qismida DNK bilan bog‘langan gistonlarga 
o‘xshash oqsillar uchrasa, reoviruslarda bu ichki kapsid oqsildan iborat. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə