Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziq muhitlar. Hujayra kulturasini
saqlash va ko‘paytirishda murakkab tarkibga ega bo‘lgan muhitlar qo‘llaniladi. Bu
muhitlar tarkibiga aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi,
mineral tuzlar kiradi va ularning rN buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko‘pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli
eritmalardan iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni
organizimdan tashqarida yashashini ta’minlaydi va ularni tayyorlash jarayonida
to‘qima va hujayralarni yuvishda qo‘llaniladi va virusologik oziq muhitlarni
tayyorlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda eng ko‘p Xenks va Erl
tuzli eritmalari ishladiladi.
Virusologik amaliyotda qo‘llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab
farqlanadi:
1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi);
2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;
3. Sun’iy oziq muhitlar.
Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga
odam va hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo‘shiladi.
Zardoblar sog‘lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon
zardoblari ishlatiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik
ta’sirga ega emasligi aniqlanadi va uzoq muddat sovutkichlarda saqlanishi mumkin.
Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan asseptika qoidalariga
rioya qilgan holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda
saqlanadi.
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan
tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror
tuzli eritma (ko‘pincha Xenks) qo‘shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.)
qilinadi. Olingan cho‘kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib
muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko‘proq sut laktoalbuminining
gidrolizati va kazein va shoxli hayvonlarni oqsil
59
gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit tayyorlashda ularga tuzli
eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo‘shiladi.