O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining o‘zgarish omillari va turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
3.2. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining o‘zgarish omillari va turlari 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, 
iqtisodiyotni mamlakat shiddat bilan bir iqtisodiy tizimdan keyingi iqtisodiy tizimga 
o‘tishda mamlakat iqtisodiyoti yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish kerak 
bo‘ladi

Yuqori 
iqtisodiy 
o‘sish sur’atlari – bu amalga oshirilgan 


27 
muvozanatlashtirilgan makroiqtisodiy siyosatni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni, ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga qaratilgan tarkibiy 
o‘zgarishlar jarayonlarini jadallashuvi va chuqurlashuvini natijasidir. 
Mamlakatda iqtisodiy o‘sish darajasini aniqlash uchun birinchi navbatda 
hisoblash nuqtasini o‘rnatish lozim. 
Ko‘pgina davlatlar o‘z darajasini AQSH bilan tenglashtiradi. Turli xildagi ishlab 
chiqarish omillarini birikishi hamda turli xil davlatlarning rivojlanish sharoiti, 
iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilab berishga yo‘l qo‘ymaydi, degan bir fikr 
mavjud. Buning uchun bir qator asosiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
1.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM; 
2.
Aholi 
jon 
boshiga 
to‘g‘ri 
keladigan 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarning turlari; 
3.
Aholining turmush darajasi va sifati; 
4.
Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining natijasi. 
Shuningdek, iqtisodiy o‘sish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib 
ularga quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritishimiz mumkin. Yalpi ichki mahsulot, sof ichki 
maxsulot, yalpi milliy daromad, sof milliy daromad. shaxsiy daromad, shaxsiy 
tasarrufdagi daromad, iste’mol, jamg‘arish kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar sifatida 
keltirish mumkin. Bundan tashqari iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, eksport va 
import hajmi, tarkibi, o‘sish sur’atlari, resurslardan foydalanishning samaradorligini 
xarakterlovchi mehnat unumdorligi, fond qaytimi, davlat byudjeti taqchilligi, 
deflator, iste’mol baholari indeksi, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik 
darajasi, investitsiyalar hajmi va tarkibiy tuzilishi kabi ko‘rsatkichlardan ham 
foydalaniladi. Xususan, YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat 
davomida (odatda 1 yil)
 
ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor 
baholarining umumiy yig‘indisidan iborat. YaIM agregat ko‘rsatkich sifatida, 
mamlakatdagi iqtisodiy salohiyat darajasini xarakterlaydi. Mamlakatda amalga 
oshirilayotgan barcha iqtisodiy islohotlarning natijasini ko‘rsatadigan ushbu 
ko‘rsatkich davlatning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini ham ifodalaydi. Shuning uchun 


28 
YaIMning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash resublikamiz iqtisodiy salohiyatini 
oshirishning asosiy shartidir. 
Aytib o‘tish joizki, iqtisodiy rivojlanish darajasi bu tarixiy tushuncha bo‘lib, 
milliy iqtisodiy rivojlanishning har bir pog‘onasi hamda jahon hamjamiyatiga uning 
asosiy ko‘rsatkichlariga ozmi-ko‘pmi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
So‘nggi yillarda jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, turmush sifatini aniqlash 
uchun o‘z ichiga ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hamda aholining savodxonligini 
oshishi hayot kechirish davomiyligi ayrim ko‘rsatkichlardan yoki bo‘lmasa, 
umumjamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi indekslardan foydalanilmoqda.
Iqtisodiy o‘sish 2 usul bilan aniqlanadi va o‘lchanadi. 
1-
usul real YaIM ni (YaMM,SMM) o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida 
aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun 
foydalaniladi. 
2-
usul real YaIM ni ( YaMM , SMM ) o‘tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga 
o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanishi darajasining va 
harakatining sifat o‘zgarishlarini ifodalash uchun foydalanadi. Iqtisodiy o‘sish 
sur’atlari va qo‘shimcha o‘sish sur’atlari bir - biridan farqlanadi: 
Yi 
A) bazis o‘sish sur’ati =
Y0 
Yi 
B) zanjirli o‘sish sur’ati = 
Yi-1 
Qo‘shimcha o‘sish sur’atlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. 
Yi -Y0 
A) bazis qo‘shimcha o‘sish sur’ati

Y0 
Y0 – Yi-1 
B) zanjirli qo‘shimcha o‘sish sur’ati

Yi-1 
Bunda , Y0 – bazis yildagi real YaIM 
Yi – yildagi real YaIM


29 
Yi –1 - bundan avvalgi yildagi real YaIM 
Ko‘pchilik mamlakatlarning tarixiy tajribasida tasdiqlangan qonuniyat borki, 
unga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning ko‘lami va sur’atlari o‘zaro teskari mutanosiblikda 
o‘zgaradi, ya’ni o‘sish ko‘lami miqdoran oshgan sari, uning sur’atlari pasayishiga 
moyil bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me’yori ham mavjud. 
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini, 
ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi. 
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari iqtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. 
Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: tabiiy resurslarning soni va sifati; 
mehnat resurslarining soni va sifati; asosiy kapital hajmi; texnologiyalar va ishlab 
chiqarishni tashkil etish; jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi 
va hokazo. 
Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko‘proq yalpi talab bilan belgilansa, 
uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan 
belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real 
sektor turadi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potensialini yuzaga 
chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) 
kiritiladi: bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; iqtisodiyotdagi soliq 
muhiti; kredit-bank tizimi samaradorligi; iste’mol, investitsiya va davlat 
xarajatlarining o‘sishi; eksport hajmining o‘sishi; iqtisodiyotda ishlab chiqarish 
resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan 
tizimi va boshqalar. 
Yuqoridagi biz ko‘rib chiqqan iqtisodiy o‘sishga ta‘sir etuvchi talab va taqsimot 
omillari oqilona tashkil etilsagina mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi 
mumkin. Fikrimizcha, barqaror iqtisodiy o‘sish - bu uzoq vaqt davomida 
iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishini ifodalaydigan ko‘rsatgichdir. 
Makroiqtisodiyot nazariyasi va jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, mamlakatlarni yillik 


30 
YaIMni o‘sish sur’ati 7 foizdan kam bo‘lmasa, YaIMning hajmi 10 yilda 2 marta 
ko‘payadi. Aksincha YaIMning yillik o‘sish sur’ati 10 foizdan kam bo‘lmasa, 
mamlakat YaIM hajmi 7 yilda 2 marta ko‘payadi. 
Iqtisodchi olimlar duch kelgan muammolardan biri bu – iqtisodiy o‘sishning 
turlichaligidir. Chunki ba’zi mamlakatlarda yuqori o‘sish sur’atlar bilan, ba’zi 
davlatlar o‘rtacha o‘sish sur’atlar bilan, ba’zilari esa umuman iqtisodiy o‘sish 
kuzatilmagan, ba’zida umuman iqtisodiy o‘sish o‘rniga iqtisodiy pasayish 
(stagnatsiya) holatlari kuzatiladi. Ushbu holatlarni baholash va ilmiy asoslash uchun 
20-asrda ko‘plab olimlar izlanishlar olib borishgan. Ushbu izlanishlarning eng 
umumiylashgani va muvoffaqiyatli yakunlagan iqtisodchi olim Xalqaro rivojlantirish 
va taraqqiyot jahon banki iqtisodchisi Lent Pritchet tomonidan olib borilgan 
izlanishlar bo‘lib hisoblanadi. Uning fikricha, iqtisodiy o‘sish turlari quyidagi 6 turga 
bo‘linadi (u har bir iqtisodiy o‘sish turini geografik makonlar nomi bilan 
ifodalagan):
3
yuqori adirlar; adirlar; platolar; cho‘qqilar; tekisliklar; denverlar (bunda 
tekisliklardan cho‘qqilarga o‘tish davri nazarda tutiladi). 
Yuqori adirlar, bunda Pitch mamlakat aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 
yillik 3 foiz oralig‘idagi yuqori o‘sish sur’atini nazarda tutadi. Bunday o‘sish 
tendensiyasiga ega bo‘lgan davlatlar asosan Sharqiy Osiyodagi 11 ta mamlakatlar 
(Yaponiya, Gonkong, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand), ba’zi Yevropa 
mamlakatlari (Kipr, Irlandiya, Malta) va Afrikadagi Botsvana misol bo‘la oladi. 
Adirlar, bunday turga odatda o‘zoq muddat davr mobaynida barqaror iqtisodiy 
o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan va yillik aholi jon boshiga 1.5 – 3 foizga YaIM 
hajmi o‘sishi kuzatiladigan mamlakatlar kiradi. Bular AQSh, Avstraliya, Kanada; 
industriallashgan G‘arbiy Yevroppa mamlakatlari (Fransiya, Germaniya, Italiya, 
Gretsiya, Ispaniya, Shveysariya, Daniya, Belgiya, Finlyandiya, Avstriya); Osiyo 
mamlakatlaridan Xitoy, Birma, Filippin, Bangladesh, Pokistan, Izroil, Turkiya, Tunis; 
ba’zi Lotin Amerikasidagi mamlakatlar (Barbados, Kolumbiya, Kosta-Rika, 
Meksika).
 
3
Шараев Ю.В. “Теория экономическиго роста”, Учебник, ВЭШ, -М.: 2006 стр. 256 


31 
Platolar, o‘sishning bunday turiga avval yuqori o‘sishga ega bo‘lib (1.5 – 3 
foiz) so‘ngra yana pasayish (0.66-0 foiz) kuzatilgan mamlakatlar iqtisodiyoti misol 
bo‘la oladi. Bu mamlakatlar Braziliya, Dominikan Respublikasi, Salvador
Gvatemala va ba’zi rivojlangan mamlakatlar Gollandiya, Ispaniya, Yangi Zelandiya, 
Shvetsiya va bir qator Afrika mamlakatlari — Efiopiya, Gambiya, Gvineya-Bisau, 
Keniya, Lesoto, Marokko, Malavi, Svazilend.
 
Cho‘qqilar, bunday turdagi iqtisodiy o‘sish mamlaktlarning avval yuqori 
sur’atlar bilan o‘sish kuzatilib birdaniga pasayish kuzatilgan mamlakatlar kiradi. 
Ushbu mamlakatlar Buyuk Britaniya, Papua—Yangi Gvineya, Eron, Iroq, Iordaniya, 
Suriya; bir guruh Afrika va Lotin Amerika mamlakatlari Aljir, Namibiya, Misr, 
Kamerun, Kongo, Kot-d’Ivuar, Gabon, Liberiya, Mozambik, Niger, Nigeriya, Serra-
Leone, JAR, Togo, Zoir, Zambiya, Argentina, Boliviya, Ekvador, Gayana, Gonduras, 
Yamayka, Nikaragua, Panama, Paragvay, Peru, Surinam, Trinidadi Tobago.
 
Tekisliklar, ushbu iqtisodiy o‘sish turidagi davlatlar geografik nomi kabi 
iqtisodiy o‘sish past bo‘lgan mamlakatlarga misol bo‘ladi, yillik jon boshiga iqtisodiy 
o‘sish 1.5 foiz gacha kuzatiladi. Ushbu guruhga kiruvchilar iqtisodiy o‘sish mavjud 
bo‘lishi mumkin va aksincha, iqtisodiy o‘sish umuman kuzatilmasligi mumkin. 
Iqtisodiy o‘sish kuzatilmagan iqtisodiy o‘sish vohalar deb yuritiladi. Bu guruhga 
quyidagi mamlakatlar iqtisodiy o‘sishi misol bo‘lishi mumkin: Nepal, Gaiti, 
Venesuela, Angola, Burundi, Benin, Markaziy-Afrika Respublikasi, Burkina-Faso, 
Madagaskar, Mali, Mavritaniya, Somali, Uganda, Zimbabve.
 
Dneverlar yoki tezlashish, bunda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM
1.5 foiz gacha yillik o‘sish 1.5 foizdan yuqori sur’atlar bilan o‘sishni kuzatilgan 
mamlakatlar misol bo‘la oladi. Bu mamlakatlar quyidagilar: Indoneziya, Hindiston, 
Shri-Lanka, Chili, Urugvay, Gana, Mavrikiya. 
Mustaqillikning ilk yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida taqchillik, oziq-ovqat 
yetishmovchiligi va bir qator muammolar mavjud edi. Buning sababi sobiq ittifoq 
davrida olib borilgan bir tomonlama iqtisodiyotning ixtisoslashuvi edi. Lekin 
davlatning samarali iqtisodiy islohotlari natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti qisqa 


32 
muddat ichida o‘z iqtisodi o‘sishini tiklab barqaror o‘sish tendensiyalarini qo‘lga 
kiritdi. 
 
Mamlakat real YaIM aholi jon boshiga 1992-1996-yillar oralig‘ida pasayish 
tendensiyasiga ega bo‘lgan va iqtisodiy o‘sishning vohalar turiga mansub bo‘lgan, 
1997-2003-yillarda iqtisodiy o‘sishning tezlanish turiga ega bo‘lgan. Mamlakat 
iqtisodiy o‘sishi 2003-yildan hozirgacha cho‘qqilar turiga mansub bo‘lib kelmoqda 
va mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Bu esa o‘z 
navbatida davlatning mustaqillik ilk yillarida olib borilgan samarali iqtisodiy 
siyosatning kelajakdagi ya’ni hozirgi kundagi hosilasi islohotlarning aniq maqsadga 
muvofiq olib borilayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 
iqtisodiy rivojlanishga erishish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
ta’minlash maqsadida, davlat tomonidan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar olib 
borilmoqda bu sa’y harakatlar esa kelajakda ijobiy o‘z hosilasini berishi kerak. 
Jamiyat ehtiyojlari ishlab chiqarish resurslariga munosabatda doimo birinchi 
bo‘lsada, bu ehtiyojlarni qondiruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari ma’lum 
mamlakatning 
ishlab 
chiqaruvchilari 
yoki 
import 
mahsulotlar 
vositalari 
o‘zlashtirganda vujudga keladi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, ehtiyojlarining 
vujudga kelishi qadam - baqadam ommaviy tus oladi va ishlab chiqarishning uzluksiz 
rivojlanishini nazarda tutadi. 
Shu bilan birga, ma’lum tovar ishlab chiqarishni ommoviy o‘zlashtirish uchun 
ma’lum muddat zarur. Ishlab chiqaruvchilar ortda qolishni kamaytirishgagina 
erishishlari mumkin, lekin uni butunlay eskirtira olmaydilar. Bundan kelib chiqadiki, 
iqtisodiyotning asosiy subyektlarining iqtisodiy o‘sishi tomon intilishi jamiyatda 
qanday rivojlanish darajasiga erishilganga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. 
Biroq ishlab chiqarish real shartlari o‘sish potensialini realizatsiya qilishga har doim 
ham yo‘l qo‘ymaydi. Bunday sharoitlarda depressiya yoki xuddi ichki iqtisodiy 
omillar, kabi milliy iqtisodiyotga munosabatdagi ichki omillar (masalan, urushlar, 
ichki va xalqaro siyosatdagi o‘zgarish va boshqalar) bilan izohlanishi mumkin 
bo‘lgan iqtisodiy tanazzul boshlanadi. 


33 
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o‘sishning yuzaga kelishi shakllari izohida 
ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani, iqtisodiy o‘sishni YaIM 
(MD) real hajmi o‘sish sur’ati yoki bu ko‘rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida 
oshirish sur’ati bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining 
jami xarakteristikasi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni hisoblaydi u yoki 
bu uslubni qo‘llash zarurati odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy 
o‘sishni hisoblashning birinchi usuli, qoidaga ko‘ra, mamlakatning iqtisodiy 
salohiyati kengayish sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining 
qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli xududlar va mamlakatlarning hayotiylik 
darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish nazariyasida ikkinchi 
hisoblash usuli afzal deb qaraladi. 
Iqtisodiy o‘sishda real milliy daromad oshish sur’atlari aholi o‘sishi sur’atlarini 
oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‘sish muammolarini 
tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, balki mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib 
ko‘rib chiqishni taqozo etadi. 
Iqtisodiy o‘sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur’atlari nuqtai 
nazaridan qarab chiqishda odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur 
tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlari yuz bermasligi taxmin qilinadi. Ishlab 
chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o‘zgarmas hisoblanadi. 
Bunday rivojlanish xarakteri tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda balanslangan va 
yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tizim uchun o‘ziga xos. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyasidagi boshqa yondashuv industrial va postindustrial 
jamiyatni takror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu nazariyalar qachonki, 
o‘zgarishlarga hokimlik, boshqaruv, infratuzilma obyektlari, iqtisodiyotdagi 
tuzilmaviy o‘zaro ta’sir va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining asosiy 
institutlari duch kelganda, “yuqori uzun” davrda iqtisodiy dinamika muammolarini 
tahlil qiladi. Ta’kidlash kerakki, “uzoq muddatli” va “yuqori uzun” davrlar 
tushunchalari dinamika nazariyasida iqtisodiy vaqt haqida gap borar ekan, xuddi 
o‘zining vaqtinchalik masofasi va konseptual yo‘nalish kabi farqlanadi (hodisalar 
sodir bo‘lish tezligi). “Yuqori uzun” davr o‘zining vaqtinchalik masofasi hodisalari 


34 
qatorida uzoq muddatli davr va uning an’anaviy tushunchasida qisqa bo‘lishi 
mumkin. Xususan, bu mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida, uning 
uchun xarakterlidir. Bunda tuzilmaviy, institutsional va funksional o‘zgarishlar ishlab 
chiqarish real hajmi tabiiy o‘sish jarayonini aniqlaydigan ishlab chiqarishning tekis 
olimlari o‘zgarishidan ko‘ra tezroq yuz beradi. 
Yuqori uzun davrdagi iqtisodiy o‘sish tahlilining ikki asosiy xususiyatini ajratish 
mumkin: 
- iqtisodiy o‘sish iqtisod rivojlanishining tashkiliy elementi sifatida qaraladi. U 
bir tomondan rivojlanishning siklik xarakterini ifodalaydi, ikkinchi tomondan o‘zi 
pasayish va depressiya davrlariga tayyorlovchi o‘zgarishlar rezultati hisoblanadi. 
Shuning uchun asosiy e’tibor iqtisodiy o‘sish sur’atlariga emas, balki iqtisodiyotdagi 
global o‘zgarishlar, barqaror tendensiya va qonunchiliklar va ularning yangi sifat 
o‘zgarishlariga qaratiladi.
- makroiqtisodiy tanaffuslar qatorida iqtisodiy rivojlanishning va industrial 
asoslari, tadbirkorlik muammolari, ishlab chiqaruvchilar qiziqishlari ziddiyatli 
siljishlari, iste’molchilar va davlat hokimiyati institutlari iqtisodiy faoliyat 
samaradorligini oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan yangi iqtisodiy tuzilmaning 
shakllanishi va uning tashqi muhit o‘zgaruvchanligi sharoitidagi barqarorligini 
tekshiradi. 
Jamiyat a’zolarining xilma-xil va yuksalib borayotgan ehtiyojlarini 
qondirishning birdan-bir vositasi iqtisodiy o‘sishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa 
hech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kirmaydi , 
xullas, ijtimoiy taraqqiyot yuz bermaydi . Bu obyektiv qonuniyat bo‘lib, aholi o‘sishi 
va fan-texnika jarayonlari bilan bog‘langan. U milliy iqtisodiyotning rivojlanish 
harakatini ko‘rsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak, yil va undan 
uzoq vaqtga) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni (YaIM va SMM) taqqoslash yo‘li bilan 
o‘lchanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə