Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

TC da fayllar bilan ishlash. 
TC da ba’zi funksional 
tugmalarga asosiy buyruqlar biriktirilgan. Masalan: TC dastur 
qobigʻida [F7] funksional tugmachasi orqali yangi papka yaratiladi.
Misol. Vinchesterning "D" boʻlimida yangi "MK" nomli papka 
ochish talab etilsin. Buning uchun ekranda "D" boʻlimining tub 
67


papka joylashgan jadvalini chaqirib olamiz. Soʻng [F7] 
tugmachasini bosamiz. "Papka yaratish" degan darcha paydo 
boʻladi (3.28-rasm). 
3.28-rasm. Yangi papka yaratish darchasi 
Unda yangi ochilayotgan papkaning nomi yoziladi va [ENTER] 
bosiladi. Buyruq bajarilgandan soʻng ekranda "MK" nomli yangi 
papka paydo boʻladi. 
Kerakli diskning mundarijasini panelga chiqarishni biz [Alt], 
[F1] va [F2] funksional tugmalari yordamida bajaramiz. 
[Alt+F1] tugmalari bosilsa chap panel, [Alt+F2] tugmalari 
bosilsa oʻng panel ustiga disklarning roʻyxati koʻrsatilgan 
oʻlchamli ramka chiqadi. 
Biror bir diskdagi faylni boshqa diskka koʻchirish uchun [F5] 
funksional tugmachasidan foydalaniladi. Buning uchun chap va 
oʻng panellarga kerakli disklarning mundarijasi chiqariladi. 
Masalan, chap panelda joylashgan diskdagi faylni oʻng paneldagi 
diskka koʻchirilsin. Kursorni koʻchirilayotgan fayl ustiga qoʻyamiz 
va [F5] ni bosamiz. Quyidagi darcha paydo boʻladi: 
3.29-rasm. Fayldan nusxa koʻchirish 
Agar papka nomi koʻrsatilsa, fayl ana shu papka ichiga 
yoziladi. 
TCda fayllar guruhi ustida bir qancha amallarni bajarish 
mumkin. Buning uchun avval fayllar guruhini ajratib olish kerak. 
Fayllar guruhini ajratish uchun [INS] tugmasi fayllar ustida 
68


bosiladi, bunda ajratilgan fayl nomi qizil rangda ajralib turadi. 
Fayllar guruhini [+] tugmasi yordamida ham ajratish mumkin. 
Tanlangan fayllar guruhi ustida quyidagi amallarni bajarish 
mumkin: 

[F5] – nusxa koʻchirish, 

[F6] – siljitish, 

[F8] – oʻchirish buyruqlarini bajarish mumkin. 
Koʻp ishlatiladigan funksional tugmachalarning vazifalari: 

[F1] – tugmachalar vazifasi haqida, TC qobigʻi haqida 
qisqacha ma’lumot (yordam) olish; 

[F2] – panellarni yangilash; 

[F3] – faylni koʻrish; 

[F4] – faylni tahrir qilish (tuzatish); 

[F5] – fayldan yoki fayllar guruhidan nusxa koʻchirish; 

[F6]- faylning nomini oʻzgartirish yoki boshqa papkaga 
koʻchirish (siljitish); 

[F7] – yangi papka yaratish; 

[F8] – faylni, fayllarni va papkani oʻchirish; 

[F9] – joriy oʻng panel boʻlimini faollashtirish; 

[F10]- joriy chap panel boʻlimini faollashtirish; 

[Alt -F1] – chap panelga kerakli disk mundarijasini 
chiqarish; 

[Alt – F2] – oʻng panelga kerakli disk mundarijasini 
chiqarish; 

[Alt – F4] – chiqish; 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə