Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Soʻzlarni tarjima qilish.
Biror tilda yozilgan matnni tarjima 
qilish uchun ishchi maydondan foydalaniladi, ya’ni ishchi 
maydonga kerakli soʻz yoki matn kiritiladi. Bu yerda, masalan, rus 
tilidan ingliz tiliga tarjima qilish uchun “Русско-Английский” 
bandi tanlanadi va “Документ” tugmasi bosiladi. Bunda
kompyuter avtomatik ravishda rus tilida yozilgan matnni ingliz 
tiliga tarjima qiladi va tarjima qilingan matn ekranning oʻng 
qismida koʻrsatiladi.
88


4.35-rasm. Tarjima natijasi darchasi 
Shuni aytish kerakki, kompyuter hozircha 100% toʻla va aniq 
tarjima qila olmaydi. Lekin tarjima sifati oshib boruvchi dasturlar 
yaratilish jarayoni davom etmoqda.
Lugʻatlar bilan ishlash. 
Avtomatik tarjimaning sifati qanday 
lugʻatdan foydalanilayotganligiga bogʻliq. Promt Editor 8
 
tizimi 
soʻzlardan iborat boʻlgan bosh lugʻat, shuningdek turli sohaning 
ixtisoslashgan lugʻatlarini oʻz ichiga oladi.
 
Ixtisoslashgan lugʻatlarga boʻlgan zaruriyat inson faoliyatining 
turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli tushunchalarni ifodalovchi 
turli terminlar qoʻllanilishi bilan bogʻliq. Bu terminlardan ba’zilari 
oʻziga xos ma’noga ega boʻlishi, ba’zilari kundalik turmushda, 
ba’zida boshqacha ma’noda ishlatilishi mumkin. Maxsus matnlar 
tarjimasida terminlar faqat muvofiq keluvchi mazmunda ishlatilishi 
kerak. 
Misol uchun inglizcha solution soʻzini olamiz. Universal 
lugʻatlar uni har xil tarjima qilishlari mumkin. Lekin u 
matematikada yechim deb, kimyoda esa qorishma ma’nosini 
anglatadi.
 
Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli dasturga u tarjima 
qila olmaydigan yoki tarjima qilmasligi kerak boʻlgan ba’zi 
soʻzlarni ishlatish usulini koʻrsatishdan iborat. Buning uchun 
89


tarjima qilinmaydigan soʻzlarni bandlab qoʻyish va dastur lugʻatida 
boʻlmagan soʻzlar tarjimasi qoidalarini berish zarur.
 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə