Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


ABBYY FineReader 10 dasturining asosiy menyulari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

ABBYY FineReader 10 dasturining asosiy menyulari: 

“Файл” – menyusi FineReader hujjatlari bilan ishlashga 
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida yangi vazifa, varaqlarni skanerlash,
PDF va rasmlarni ochish, yangi FineReader hujjati, FineReader 
hujjatini ochish, FineReader hujjatini saqlash, FineReader hujjatini 
yopish, hujjatni qaysi koʻrinishda saqlash, tanlangan varaqlarni 
qaysi koʻrinishda saqlash, hujjatlarni oʻtkazish, rasmlarni saqlash, 
elektron pochta orqali joʻnatish, bosmaga chiqarish va dasturdan 
chiqish kabi boʻlimlardan tashkil topgan. Bunda fayl obyektlari 
bilan ishlash imkoniyati yuzaga keladi. 
4.8-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Файл” menyusi 
76



“Правка” – menyusi obyektlar ustida amallar bajarishga 
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida bekor qilish, tiklash, kesib olish, 
nusxa olish, olingan nusxani qoʻyish, oʻchirish, barchasini 
belgilash, qidirish, almashtirish kabi boʻlimlardan tashkil topgan. 
4.9-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Правка” menyusi 

“Вид” – menyusi dasturning koʻrinishini oʻzgartirishga 
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida sahifa oynalari, rasm/matn oynasi, 
keyingi darcha, oldingi darcha, uskunalar paneli, xabarlarni 
koʻrsatish, xususiyatlar kabi boʻlimlardan tashkil topgan. Bundan 
tashqari oynalar bilan ishlash va ularning xususiyatlarini sozlash 
imkonini beradi. Ma’lum bir boʻlimlar oʻzining ichida qoʻshimcha 
buyrugʻlarni saqlaydi. 
 
4.10-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Вид” menyusi 

“Документ” – menyusi hujjatlar ustida amallar bajarishga
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida aniqlash (распознать), hujjatni 
tahlil qilish, keyingi sahifani ochish, oldingi sahifani ochish, 
77


raqamli sahifani ochish, joriy sahifani yopish, sahifalarni nomerlab 
chiqish kabi boʻlimlardan tashkil topgan. 
4.11-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Документ” menyusi 

“Страница” – menyusi sahifalar ustida amallar bajarishga
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida sahifani aniqlash, sahifani tahlil 
qilish, sahifadagi tasvirlarni tahrirlash, sahifani oʻgirish, matnlarni 
oʻchirish, hujjatning sahifasini oʻchirish, sahifaning xususiyatlari 
kabi boʻlimlardan tashkil topgan. 
4.12-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Страница” menyusi 

“Области” – menyusi soha ustida amallar bajarishga
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida sohani aniqlash, sohani tahlil 
qilish, sohani oʻzgartirish, sohani belgilash, sohani oʻchirish, 
sohani nomerlash, jadvalning tuzilishini tahlil qilish, jadval 
yacheykalarini birlashtirish, soha andozalarini saqlash kabi 
boʻlimlardan tashkil topgan. 
78


4.13-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Области” menyusi 

“Сервис” – menyusi dastur xizmatlarini boshqarishga 
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida lugʻatlarni koʻrish, tillar muharriri, 
andozalar muharriri, uslubllar muharriri, tekshirish, sozlash kabi 
boʻlimlardan tashkil topgan. 
4.14-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Сервис” menyusi 

“Справка” – menyusi dastur haqida ma’lumot berishga 
moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida ma’lumot, texnik yordam, 
yangilanishni tekshirish, ABBYY uy sahifasi, dastur haqida kabi 
boʻlimlardan tashkil topgan. 
79


4.15-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Справка” menyusi 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə