Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Promt Editor 8 dasturining ishchi darchalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Promt Editor 8 dasturining ishchi darchalari 
Promt Editor 8
 
interfeysi amaliyot tizimi talablariga muvofiq 
amalga tatbiq etilgan. Dasturni yuklash uchun “Пуск” tugmachasi 
yordamida 
“Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar 
roʻyxatidan “Лингвистический редактор Promt” dasturi tanlanadi 
(4.27-rasm).
Promt Editor 8 dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
1.
Sarlavha qatori; 
2.
Tezkor murojaat etish panelini sozlash boʻlimi;
3.
Asosiy menyular qatori; (Быстрый старт, Правка, 
Перевод, Настройка перевода, Сервис, Вид); 
4.
Qoʻshimcha amallarni bajarish uchun moʻljallangan 
maxsus uskunalar paneli (piktogrammalar); 
5.
Ish maydoni; 
6.
Axborot paneli. 
4.27-rasm. Promt Editor 8
 
interfeysi 
Bevosita uskunalar paneli ostida joylashgan qism ilova 
darchasining ishchi sohasi deb atalib, u bir necha sohachalarga 
boʻlingan. Ikkala asosiy zonalar boshlangʻich matn va uning 
tarjimasini oʻz ichiga oladi.
Ilova darchasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U 
foydalanilayotgan lugʻatlarni aks ettirish va tanlash, tarjima 
86


qilinayotgan hujjatning dasturga noma’lum boʻlgan soʻzlari 
roʻyxatini olish va tarjima qilish lozim boʻlmagan soʻzlar roʻyxatini 
boshqarish uchun moʻljallangan uchta qoʻshimcha varoqdan iborat:
4.28-rasm. Promt Editor 8
 
dasturing axborot paneli 
 
Promt
Editor 8 dasturining asosiy menyular qatori:
“Быстрый старт” – menyusi yangi hujjat yaratish, saqlangan 
hujjatni ochish, saqlash, tarjima qilish turini tanlash, tarjima qilish 
kabi buyruqlarni oʻz ichiga olgan.
4.29-rasm. “Быстрый старт” – menyusi 
“Правка” – menyusi nusxa olish, olingan nusxani kerakli joyga 
qoʻyish, shirft turi va oʻlchamini oʻzgartirish, matnlarni tahrirlash, 
ma’lumotlarni qidirib topish kabi buyruqlarni oʻz ichiga olgan.
4.30-rasm. “Правка” – menyusi 
“Перевод” – menyusi tarjima qilish turini tanlash, abzasni 
tarjima qilish, hujjatni tarjima qilish, oʻzgartirishlardan soʻng 
tarjima qilish kabi buyruqlarni oʻz ichiga olgan.
4.31-rasm. “Перевод” – menyusi 
87


“Настройка перевода” – menyusi sozlashlarni tahrirlash
andoza koʻrinishida saqlash, soʻzni registrasiya qilish, matn 
qoʻshish, sozlash kabi buyruqlarni oʻz ichiga olgan.
4.32-rasm. “Настройка перевода” – menyusi 
“Сервис” – menyusi tekshirish, sozlash, makroslarni bogʻlash 
kabi buyruqlarni oʻz ichiga olgan.
4.33-rasm. “Сервис” – menyusi 
“Вид” – menyusi masshtabni oʻzgartirish, tarjimani tahlil 
qilish, hujjatning mavzular majmui kabi buyruqlarni oʻz ichiga 
olgan.
4.34-rasm. “Вид” – menyusi 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə