O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə117/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Magellanning dunyo sayohati. Fernando Magellanning (1470-1521) sayohati geografik kashfiyotlar tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1519 yil 20 sentabrda Magellanning beshta kemasi Sai-Lukardan chiqib, o’sha paytda «Ziravor orollari» deb atalgan Molukka orollarini qidirib topish maqsadida janubi-g`arbga tomon yo’l oldi. Magellan sayohati 1519- 1522 yillarda bo’lib o’tdi va u tarixda birinchi marta dunyo sayohati bo’ldi. Magellan sayohati natijasida juda ko’p yerlar: Janubiy Amerikada Magellan bo’g`ozi va Olovli Yer, Ulug` okeanda juda ko’p orollar, xususan Filippin orollari, Zond arxipelagi va hokazolar ochildi. SHu bilan birga Magellanning bu sayohati ispanlar bilan portugallar sayohatlarining o’ziga xos sintezi tariqasida muhimdir. Magellan asli portugaliyalik bo’lib, ispan kemalarida sayohat qildi. Sayohat marshruti ham ispanlarniki (g`arb, to’g`rirog`i, janubi-g`arb tomonda sayohat) bo’ldi. Ammo Magellan ham (boshqa portugaliyalik sayyohlar kabi) Hind okeaniga va uning o’z ziravorlari bilan dong chiqargan orollariga yetib borish maqsadini ko’zda tutgandi. Magellanning o’zi saehat vaqtida Filippin orollaridagn mahalliy aholi bilan bo’lgan to’qnashish vaqtida halok bo’ldi. Ekipajning omon qolgan qismi bir kemada Ispaniyaga qaytib keldi. Safarga chiqqan 265 kishidan atigi 18 kishi eson-omon qaytdi.
Magellan sayohati Yerning sharsimon ekanligini tajribada isbot qilib berdi. Buning natijasida Yevropaliklar Ulug` yoki Tinch okean to’g`risida ham aniq ma’lumotga ega bo’ldilar, ammo bungacha ularda allaqanday sirli bir «janubiy dengiz» haqi-dagina noaniq tasavvur bor edi, holos.
Amerikada ispanlar kolonizatsiyasi. Magellan o’zining bi-rinchi dunyo sayohatini qilganidan keyin, ispanlar Amerikani istilo qilishga kirishdilar. Ispan istilochilari (konkistador-lari) benihoya shafqatsizlik bilan, zo’rlik, ayyorlik va aldam-chilikning hamma vositalarini ishga solib, YAngi Dunyoning eng boy va aholisi eng ko’p bo’lgan yerlarini bosib oldilar.
Fernando Kortes 1519-1521 yillarda juda katta Meksika mamlakatini istilo qiladi bu mamlakatda boshqa hind qabilalaridan ko’ra madaniy saviyasi ancha yuksak bo’lgan juda ko’p atsteklar qabilasi yashaydi. Bu qabilaning qiroli «imperator» Montesuma asir olinib, o’z xazinasidagi oltinni ispanlarga berishga majbur bo’ladi.
YAna boshqa bir ispan konkistadori Fransisko Pissaro 1532-1535 yillarda Janubiy Amerikaning g`arbidagi inklar qabilasi hukmron bo’lgan Biru yoki Peru mamlakatini istilo qildi. Bunda ham inklarning qiroli «imperator» Ataxualpa oltin va kumushdan iborat xazinasini istilochilarga berishga majbur bo’ladi..
Ispanlar 1536 yilda CHilini, 1538 yilda yangi Grenadani (keyin Kolumbiya deb atalgan) istilo qiladilar. 1549 yilda ispanlar Argentinani bosib ola boshladilar.
1545 yilda Potozi (Boliviya)da juda boy kumush koni. topildi. O’sha vaqtdan e’tiboran Amerikada ko’plab kumush hamda oltin qazib chiqarish boshlandi. Avval Kolumb kashfiyotidan paydo bo’lgan umidsizlik kayfiyati yo’qolib, topilgan xazinalarni mumkin qadar tezroq qo’lga kiritib olishga urinish kuchaydi.
Mahalliy aholining bir qismi krepostnoylarga va bir qismi qullarga aylantirildi. Ularni konlarda ishlashga majbur etdilar. Kolumbning xatosi tezda ma’lum bo’lib qolsada, Amerikaning tub xalqini indeetslar deb atay berdilar. Ana shu indeetslar o’rganmagan og`ir mehnatga bardosh berolmay, ko’plab qirilib ketdilar. SHundan keyin ispan mustamlakachilari Ame-rikaga Afrikadan negr-qullar keltirib, ularni konlarda va plantatsiyalarda ishlashga majbur etdilar.
XVI asrning birinchi yarmidayoq Amerikada negrlar ko’p edi. O’sha asrning ikkinchi yarmida ularning soni ayniqsa tez oshib bordi.
Indeetslar esa, aksincha, Yevropalik mustamlakachilarnipg haddan tashqari zulmiga chidolmay, yoppasiga qirila boshladi. Karib dengizidagi eng katta orollardan YAmayka, Espanola va Kuba orollaridagi mahalliy xalq XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib batamom deyarli qirilib ketdi.
Portugaliyaning mustamlakachilik siyosati. Portugaliyaning mustamlakachilik siyosati ham shafqatsizlik va qirg`inchilpk jihatidan ispanlar siyosatidan qolishmasdi. Portugalllarning kemalari Hind okeanida qaroqchilik bilan shug`ullanardi, ular «o’z zonalariga» kirgan arablar va mahalliy indeetslarning yoki Yevropaliklarning biron bir kemasiga sira omon bermay, talardilar. Portugaliya mustamlakachilari odatda katta-katta territoriyalarni bosib olmasdi. Leknn ular Hindiston qirg’oq bo’ylarida va Molukka orollarida juda ko’p mustahkam faktoriyalar qurar va o’sha yerdan chiqib kelib mahalliy qabi-lalarga hujum qilar, hamda ularni xiroj to’lashga majbur
etardilar. Portugaliyaliklar xirojni ziravorlar va boshqa qimmatbaho tropik mahsulotlari bilan to’latardilar. Portu-galiyaliklar mahalliy aholi bilan. «savdo-sotiq» ham qilardi-lar.Lekin bu savdo g`irt aldoqchilikdan iborat bo’lardi. Por-tugaliyalik savdogarlar mahalliy aholiga mayda-chuyda bezak buyumlari va boshqa arzimagan narsalar berib, evaziga ulardan haqiqiy qimmatbaho narsalarni olar va bu operatsiyalardan necha yuz protsentlab foyda ko’rardilar.
XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmidagi geografik kashfiyotlar. XVI va XVII asrlarda geografik kashfiyotlar davom ettirildi. XVI asrning ikkinchi yarmida ispanlar noma’lum janubiy qit’ani qidirib topish maqsadida Tinch okeanga bir necha marta ekspeditsiya yubordilar. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubiy Polineziyaning bir qismi bo’lgap Solomon orollari (1567 yil), Markiz orollari (1595 yil) hamda. Avstraliyani YAngi Gvineyadan ajratib turuvchi Torres qo’ltig’i (1605 yil) kashf qilindi. SHundan keyin Tinch okeanning janubiy qismiga gollandiyalar katta-katta sayohatchilar guruhini yuborib turdi.
1616 yilda golland Giauten de Gorn Amerikaning eng janubiy kismini - uning nomi bilan atalgan Gorn burnini kashf qildi. XVII asrnipg birinchi yarmida golland dengiz sayyohlarining o’zlari dastlab YAngi Gollandiya deb atalgan Avstraliya qirg`oqlarini kashf qildilar. Avstraliya qirg`oqla-rini tekshirishda va Avstraliyani alohida qit’a sifatida bel-gilashda golland Abel Tasman (1642-1644) sayohatlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu kishinipg nomi bilan Tasmaniya oroli deb ataladigan bo’ldi. Ingliz sayyohlari Avstraliyaga ancha keyin - faqat XVIII asrning ikkinchi yarmida yetib bordilar (kapitan Kukning 1769-1777 yillardagi sayohatlari).
XVI-XVII asrlarda shimoliy yarim sharda ham yirik geogra-fik kashfiyotlar qilindi. Ingliz dengiz sayyohi Martin Frobisher vy Jon Devis Xitoyga boradigan shimoli-garbiy yo’lni qidirib, XVI asrning 70- va 80- yillarida SHimoliy Amerika qirg`oqlariga bir necha marta ekspeditsiyaga bordilar.Bu ekspeditsiyalar Grenlandiya bilan Amerika qit’asi oralig`idagi qo’ltiqni hamda Muz okeanida Amerikaning shimol tomonidagi orollarning katta arxipelagini topdi.
XVII asrnyang boshlarida uchinchi bir ingliz dengiz sayyohi Genri Gudson (1550-1610) SHimoliy Amerikada tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Gudson daryosi va Gudson qo’ltig`i shu kishining nomi bilan atalgan.
SHimoli-sharqiy tomonda golland dengizchilari XVI asrning oxirlarida yirik kashfiyotlar qildilar. Golland dengiz sayyohi Vilgelm Barents (1550-1597) uning nomiga qo’yilgap Bareyad dengizani tekshirdi. 1594-1597 yillar davomida Barents, YAngi Yerning g`arbiy sohillarida uch marta qishlab qoldi. Bu yerlarga u Xitoy va Hindistonga (shimoli-sharqiy tomondan) olib boradigan SHimoliy dengiz yo’lini qidirib kelib qolgan edi. Oxirgi qishlov vaqtida u o’z hamrohlari bilan sovuqqa qotib halok bo’ldi.
SHimoliy Muz okeanini hamda Tinch okeanning shimoliy qismini tadqiq qilishga oid ruslarning geografik kashfiyot-lari juda katta ahamiyatga ega o’ldi. Ruslar birinchi bo’lib (gollandlardan ancha ilgariyoq) YAngi Yerga hamda SHpitsbergan oroliga (Skandinaviya yarim orolining shimoliga) borib yetgan edilar. Ular Ob va Yenisey daryolarining quyiladigan joyla-rini tekshirdilar, Taymir yarim orolini aylanib o’tdilar. XVI asrning oxirlaridayoq yangi yerlarni qidiruvchi rus sayyohlari Tinch okeanning sohillariga yetib borishgan, deb taxmin qilish mumkin. XVII asrning 30-yillarida Ivan Moskvitin boshchiligidagi krasnoyarsklik kazaklarning bir guruhi Lena daryosining so’l irmog`i -Aldan daryosi bo’ylab yurib bordilar, tog`lardan oshib o’tib Oxota dengiziga chiqdilar. 40- yillarda YAngi yerlar qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilzn Xabarov Quyi Amurni tekshirib, birinchi marta ana shu daryoning kartasini tuzdilar.
1648 yilda sibirlik kazak Semyon Dejnev tomonidan (1605-1672) Uzoq SHarqning eng chekkasidagi (uning nomiga qo’yilgan) burunning hamda Osiyo qit’asini Amerikadan ajratib turuvchi Bering qo’ltig`ining kashf qilinishi Uzoq SHarqdagi eng yirik geografik kashfiyot bo’ldi. Rossiya harbiy xizmatining kapitani Bering bu qo’ltiqni yangitdan tekshirib chiqishidan 80 yil ilgari Dejnev kashf qilgan edi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə