O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə119/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

6-Mavzu:XVI-XVII asrlarda Italiya
Reja
1.Italiyada siyosiy tushkunlikning boshlanishi siyosiy tarqoqlik.
2.Savonarolaning chikishi. Rimning talanishi.
3.Keyingi uyg`onish. XVI asrning II yarimida Italiya madaniyati.
4.Neapolda Mazan`ello qo`zg`oloni.
XIV—XV asrlarda Italiyada shu vaqtdagi Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan shaharlar ancha gurillab o`sdi. Italiya shaharlarida sanoat juda rivojlangan bo`lib, uning bir qismi manufaktura formasida tashkil etilgan edi. Bu shaharlar Yevropaning qolgan mamlakatlari va xususan YAqin SHarq bilan savdo kiluvchi yirik savdo markazlari edi. Bu shaharlarda yeng yirik banklar mavjud bo`lib, ularning ishlari (operatsiyalari) keng xalkaro xarakterga ega edi. Bu shaharlarning sanoat, savdo va sudxo`r burjuaziyasi juda katta mablag` ishlab, mablag`larining bir qismini madaniyatni rivojlantirishga, sarflay olardi. Burjuaziya aniq fanlarni, tabbiyot va matematikani rivojlantirishga muhtoj edi. Burjuaziyaning xo`jalik faoliyati tobora murakkablasha borishi munosabati bilan bu fanlarni ravnaq toptirish uning uchun zarur edi. Manufaktura texnikasining rivojlanishi, navigatsiya ishi, murakkab kommertsiya va bank hisob-kitobi—bo’larning hammasi tabiy fanlarni va matematikani o`rganishni talab qildi. Ayni chog`da burjuaziya va Italiya shaharlarida istiqomat qilib, shahar ta`siriga tushib qolgan dunyoviy va ruhoniy feodallar hashamatli, huzur-halovatli hayot qurishga intilar va shu boisdan san`at asarlariga talablari katta edi. Tarkib topayotgan g`oyatda boy ital`yan burjuaziya sinfi bilan bir qatorda Italiya shaharlarida aqliy mehnat vakillarining hamda adabiyot va san`at bilap shug`ullangan kishilarning ko`pdan-ko`p guruxi: ko`pdap-ko`p adabiyotchilar, shoirlar, publitsistlar, vrachlar, o`qituvchilar, injenerlar, «erkin kasb ustalari», ya`ni rassomlar, haykaltaroshlar, arxitektorlar va boshqalar o`sib bormoqda edi.
YAngidan tug`ilib kelayotgan ijtimoiy tabaqaning — intelligentsiyaning bu barcha vakillari Uyg`onish madaniyati yoki gumanizm deb nom olgan yangi madaniyatning bevosita arboblariga aylandilar.
Italiya xalq ommasi yangi progressiv, ilg`or madaniyatning ravnaqiga juda katta ta`sir ko`rsatdi. Xalq ommasining kundalik qattiq mehnati, hali o`z ahamiyatini yo`qotmagan yuksak darajadagi hunarmandchilik, shu xalq ommasining hokim (plutokratiya) boylarga qarshi juda qattiq ba`zan jon-jahdi bilan olib borgan kurashi, umumiy hayotiy optimizm va bardamlik Uyg`onish madaniyatining eng Yaxshi vakillarini ruhlantirib yubordi, gumanistlar ijodiga shunday chuqur xalq-demokratik xususiyatlarni kiritdiki, bu xususiyatlar pirovardida ularning asarlarini juda ham jozibador qilib yubordi. Uyg`onish termini (frantsuacha «Renessans») yangi madaniyatning antik madaniyat bilan aloqadorligini ko`rsatadi. SHarq bilan, xususan Vizantiya bilan tanishish, salib yurishlari davrida va undan keyingi davrda Levant bilan muntazam aloqa qilish natijasida ital`yanlar qadimgi grek qo`l yozmalari, antik tasviriy san`ati va arxitekturasining turli xil yodgorliklari bilan tanishadilar. Bu barcha qadimiy yodgorliklarni qisman Italiyaga olib kela boshladilar, bu yerda ular kollektsiya qilindi va o`rganildi. Ammo Italiyaning o`zida ham ancha-muncha antik Rim yodgorliklari bo`lib, Italiya shahar inteldigentsiyasining vakillari ularni ham sinchkovlik bilan o`rgana boshladilar. Italiya jamiyatida qadimiy klassik tillarga, qadimiy falsafa, tarix va adabiyotga chuqur qiziqish paydo bo`ldi. Florentsiya shahri bu harakatda ayniqsa katta rol` o`ynadi. Florendiya shahridan yangi madaniyatning bir qancha atoqli. arboblari yetishib chiqdi.
Qachonlardir iqtisodiy jihatdan eng gavjum va o`zining siyosiy tuzumi jihatidan eng demokratik bo`lgan qadimiy shaharlarda vujudga kelgan antik ideologiyadan foydalanib, tug`ulib kelayotgan yangi burjuaziya qadimiy madaniyatni oddiy passivlik bilan o`zlashtirmay, balki uni o`zicha qaytadan ishlab chiqdi, feodalizmning bungacha hukm surgan dunyoqarashiga qarama-qarshi o`laroq yangi dunyoqarashni shakllantirdi. YAngi ital`yan madaniyatining ikknnchi nomi, ya`ni gumanizm ham xuddiqi shundan dalolat beradi. Urta asr ideologiyasi diqqat markaziga ilohiyni, oxiratni qo`ygan bo`lsa, gumanizm madaniyati ideologiyasining o`zini o`z dunyoqarashining diqkat markaziga qo`ydi. Gumanistik dunyoqarashda asketizmga endi o`rin qolmadi. Inson tanasi, uning zavq-shavqi va ehtiyoji gumanistlar tomonidan bostirish yoki azoblash kerak bo`lgan qandaydir guvoh, bir narsa deb emas, balki hayotdagi eng asosiy muddaodir, deb qaraldi. Yer yuzidagi hayot birdan-bir real hodisadir, deb tan olindi. Tabobat bilan insonni z`tirof etish fanning mohiyatidir, deb e`lon kilindi. Urta asr sholastlari va mistiklarining dunyoqarashida hukm surgan pessimistik ohanglarga zid o`laroq, Uyg`onish davri kishilarining dunyo qarashi va kayfiyatida optimistik ohanglar ustunlik qilardi, bu kishilar uchun insonga, insoniyatning yorug` kelajagiga, inson aql zakovati va ma`rifatning kelgusida tantana qilishiga ishonish xarakterli bir hol edi. Bu yangi buyuk aqliy harakatda atoqli shoirlar va yozuvchilar, olimlar va har xil san`at arboblari guruhi qatnashdi.
Biroq XV asr oxirlarida Ital`yan sanoatining tushkunlikka uchraganligi sezila boshladi. Hatto Italiyada Florentsiya movuti o`rnini ingliz movuti qisman egallay boshladi. Yevropaning o`z sanoati rivojlanib borganligidan ital`yan movuti u asrda kamroq sotiladigan bo`lib qoldi. Angliyadan tashqari, Frantsiya bilan Germaniyada ham sanoat yuksalib bordi. Niderlandiya butun XVI asr davomida savdo va kema qatnovi sohasidagina emas, sanoat sohasida ham tez tarakkiy kildi.
Buyuk geografik kashfiyotlar Italiyaning SHarq bilan olib borayotgan savdosiga qattiq zarba berdi. To`g`ri, Italiyaning savdo aylanmasi birdaniga kamayib ketmadi. Venetsiya XVI asrdagina emas, hatto XVII asrda ham juda boy savdogarlar respublikasi bo`lib qolaverdi. Biroq, uning jahon savdosidagi salmog`i ancha pasaydi. U endi faqat YAqin SHarq mamlakatlari bilangina savdo-sotiq ishlari olib boradigan bo`lib qoldi. Rivojlanib borayotgan okean mustamlaka savdosidan Venetsiya butunlay chetda qoldi.
Savdo va sanoat sohasidan sikib chiqarilayotgan ital`yan bur-juaziyasi bank-sudxo`rlik operatsiyalariga tobora ko`proq murojat kila boshladi. Kapital qo`yishning ikkinchi formasi — yer sotib olish bo`ldi. Burjuaziya yer sotib olib dvoryanlarga aylandi. Sanoat tushkunligi manufaktura ishchilariga ham ta`sir qildi. Ko`p ishchilar shaharlardan yana qishloqqa ko`chib ketib, unda ko`pincha ijaraga olingan bir parcha yerda dehqonchilik qildilar, bog`dorchilik, uzumchilik bilan shug`ullandilar. Italiya burjuaziyasi katta yer egalariga aylangan bo`lsa ham, ishlab-chiqarishni revolyutsionlashti-rish maqsadini ko`zlamadi. Dvoryanlar singari burjuaziya ham yerlarning teng sheriklik sharti bilan mayda dehqonlarga ijaraga berdi. Mamlakatda sanoat va savdo tushkunligi sharoitida feodal reaktsiyasi tusiga kirib borayotgan feodal munosabatlar uzoq vaqtlargacha mustahkamlanib qoldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə