O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari



Yüklə 335,78 Kb.
səhifə24/84
tarix05.09.2023
ölçüsü335,78 Kb.
#121335
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan-fayllar.org

Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari
Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so’z yasalishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o’zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi.
Tilning barcha tomonlari o’zaro bog‘lanishining ko’p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo’ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o’zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so’zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to’g‘ri kelmaganidek, o’zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.
Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so’zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o’ziga xos qurilish materialidir.
Tilning lug‘ati qanchalik boy bo’lsa ham grammatikasiz u o’lik hisoblanadi. Tilning lug‘at boyligi o’z-o’zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so’zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o’zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.
Shunday qilib, tilning har bir jihatining o’ziga xos xususiyatini ko’rib chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar ham shunga o’xshash murakkabdir.
Keltirilgan fikrlar boshlang‘ich sinf o’quvchilariga predmetlararo ichki bog‘lanishni hisobga olgan holda ona tilini o’rgatish metodikasini belgilaydi.
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so’z yasash, grammatik) tomonlari o’zaro bog‘liqligini va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o’quvchilar tilni ongli o’zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o’rtasidagi bog‘lanishni o’zlashtirishlari zarur.
1-4-sinflarda ona tilini o’rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so’z yasalishi va grammatikaning o’zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o’rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo’limlari o’rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi.
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo’ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so’zni to’g‘ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so’zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo’lishi, gapda grammatik jihatdan to’g‘ri tuzilishi kerak.
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishning etakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o’suvchan, bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo’lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.


Test:
  1. Kichik yoshdagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.




A) Fonetik bilimga asoslangan holda o‘qish va yozishni bilib oladilar, fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish asosini tashkil etadi; orfografik malakalarni shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, gapni ohangiga rioya qilib o‘qishga yordam beradi, so‘zning tovush tomonini bilishi uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. B) So‘zni, uning bo‘g‘in tuzilishini tushunishga yordam beradi. D) Orfografik malakalarni shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, so‘zlarni tovush tomondan tahlil qilishga o‘rgatadi, gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishga, logik urg‘u va gap qurilishidagi pauzalarga rioya qilish uchun zarur. E) Fonetik bilimlar o‘zbek yozuvi fonologik yozuv ekanini, 29 ta harf, 30 ta tovush borligi haqida ularni to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatadi.

Yüklə 335,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə