O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/190
tarix27.09.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#124074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190
RAqamli iqtisodiyot Дарслик

Machlup
F. The production and Distribution of Knowledge in the United States. Princeton
1962; 
Dordick
H.S., 
Wang
G. The Information Society: A Retrospective View. Newbury Park — L., 1993. 
3
Porat
M., 
Rubin
M. The Information Economy: Development and Measurement. Wash., 1978; 
Masuda
Y. The 
information Society as Post-Industial Society. Wash., 1981; 
Stonier
T. The Wealf of Information. L., 
1983; 
Katz
R.L. The Information Society: An International Perspective. N.Y., 1988. 



iqtisodchilar, oʻqituvchilar va olimlarning lugʻatida ham oʻz oʻrnini topdi. 
Aksariyat hollarda, ushbu tushuncha telekommunikatsiya vositalari va 
axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan, bu esa fuqarolik 
jamiyati platformasida yangi evolyutsion qadam boʻlib, keyingi XXI asrga 
axborotlashgan jamiyatning boshlangʻich bosqichiga kirish uchun munosib 
ravishda imkon bera olgan.
2006 yil 27 martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasi A/RES/60/252 rezolyutsiyani qabul qildi, unda 17 may 
“Xalqaro axborotlashgan jamiyat” kuni deb e’lon qilindi. 
Jamiyat 
hayoti 
va 
iqtisodiy 
faoliyatning 
turli 
sohalarini 
kompyuterlashtirish va axborotlashtirishning texnologik va ijtimoiy 
oqibatlari chuqurligi hamda koʻlamini hisobga olgan holda, bejiz 
kompyuter yoki axborot inqilobi deb nomlanmagan. Bundan tashqari, 
Gʻarbiy ijtimoiy-siyosiy qarashlar ilmiy-texnik taraqqiyotning yangi 
bosqichi, kompyuter va axborot inqilobidan kelib chiqqan soʻnggi 
hodisalarni 
tushuntirish 
maqsadida 
«axborotlashgan 
jamiyat» 
konsepsiyasining turli xil variantlarini ilgari surdi. Gʻarbda mazkur 
kontseptsiyaning ahamiyati va ommalashib borayotgani ushbu mavzuga 
oid nashrlarning tobora koʻpayib borayotganligi bilan isbotlanib, u hozirgi 
vaqtda Gʻarbiy ijtimoiy-siyosiy tafakkurda 70-yillardagi postindustriya 
jamiyati nazariyasi kabi ahamiyatli boʻlmoqda . 
Bir qator siyosatshunoslar va siyosiy iqtisodchilar “Axborotlashgan 
jamiyat” tushunchasini post-industrializmdan ajratib turadigan aniq 
chegarani belgilash tarafdorlaridir. Ammo, axborotlashgan jamiyatning 
kontseptsiyasi 
postindustriya 
jamiyati 
nazariyasini 
almashtirishga 
moʻljallangan boʻlsa-da, uning tarafdorlari texnokratizm va an’anaviy 
futurologiyaning eng muhim qoidalarini takrorlaydi va yanada 
rivojlantiradi. 
Postindustriya 
jamiyati 
nazariyasini 
shakllantirgan 
D.Bell 
keyinchalik axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasining tarafdori sifatida 
harakat qilgan. Bellning oʻzi uchun axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasi 
postindustriya jamiyati nazariyasi rivojlanishining oʻziga xos yangi 
bosqichiga aylandi. Bell ta’kidlaganidek, «kompyuter markaziy rol 
oʻynaydigan axborot va bilimlarni tashkillashtirish va qayta ishlash 
inqilobi, men post-industrial jamiyat deb atagan doirada rivojlanmoqda.» 


10 
Jeyms Martinning soʻzlariga koʻra, axborotlashgan jamiyat asosan 
Gʻarbda vujudga kelgan «rivojlangan post-industrial jamiyat» sifatida 
tushuniladi. Uning fikricha, axborotlashgan jamiyat 1960-70-yillarda 
postindustriya jamiyati shakllangan mamlakatlar – Yaponiya, AQSh va 
Gʻarbiy Evropada ilk bora shakllangani bejiz emas. Jeyms Martin quyidagi 
mezonlar asosida axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlarini 
aniqlash va shakllantirishga harakat qildi. 
1.
Texnologik: asosiy omil sanoat, muassasalar, ta’lim tizimi va 
kundalik turmushda keng qoʻllaniladigan axborot texnologiyalari. 
2.
Ijtimoiy: axborot turmush sifatidagi oʻzgarishlarning muhim 
harakatlantiruvchi kuchi boʻlib xizmat qiladi, «axborotlashgan ong» 
shakllantirilib, axborotga keng yoʻl ochiladi. 
3.
Iqtisodiy: axborot iqtisodiyot, resurs, xizmatlar, tovarlar, 
qoʻshimcha qiymat va bandlik manbai sifatida hal qiluvchi omilga 
aylanadi. 
4.
Siyosiy: aholining turli sinflari va ijtimoiy tabaqalari oʻrtasida 
faollik va murosaga erishish bilan tavsiflanib, siyosiy jarayonlarda axborot 
erkinligini ta’minlaydi. 
5.
Madaniy: Axborotning madaniy qadriyatini shaxs va umuman 
jamiyat rivojlanishi uchun axborot qimmatliklarni targʻib qilish orqali tan 
olinadi. 
Shu bilan birga, Martin aloqa «axborotlashgan jamiyatning asosiy 
elementi» degan fikrni ilgari suradi. Martinning ta’kidlashicha, 
axborotlashgan jamiyatni tom ma’noda emas, balki zamonaviy Gʻarb 
jamiyatidagi oʻzgarishlar tendentsiyasi tomon yoʻnaltiruvchi qoʻllanma 
sifatida qarash kerak. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu model yahlitligicha 
kelajakka yoʻnaltirilgan, ammo rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda 
axborot texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan bir qator oʻzgarishlarni 
sanash 
mumkinki, 
ular 
axborotlashgan 
jamiyat 
kontseptsiyasini 
tasdiqlaydi. 
Ushbu oʻzgarishlar orasida, Martin quyidagilarni sanab oʻtgan: 
• iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar, ayniqsa mehnat taqsimotidagi; 
axborot va axborot texnologiyalarining ahamiyati oshishi
• kompyuter savodxonligi zaruriyatining ortishi; 
• kompyuterlar va axborot texnologiyalarining keng tarqalishi; 


11 
• 
jamiyat va ta’limni kompyuterlashtirish va axborotlashtirishni 
rivojlanishi; 
• 
kompyuter 
mikroelektronikasi 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash; 
• 
dunyo boʻylab kompyuter viruslari va zararli dasturlarning 
keng tarqalishi. 
Ushbu oʻzgarishlar zamirida, Martin fikricha, “axborotlashgan 
jamiyatni hayot sifati, shuningdek, ijtimoiy oʻzgarish va iqtisodiy 
rivojlanish istiqbollari tobora koʻproq axborot va undan foydalanishga 
bogʻliq boʻlgan jamiyat sifatida qaraladi”. Bunday jamiyatda turmush 
darajasi, mehnat va dam olish shakllari, ta’lim tizimi va bozor axborot 
hamda bilim sohasidagi yutuqlarning sezilarli ta’siri ostida boʻladi. Batafsil 
shakldagi axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasi (1960-yillarning oxiri va 
70-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan postindustriya jamiyati nazariyasi 
deyarli toʻliq qamrab olingan holda) D. Bell tomonidan taklif qilingan. 
Bellning fikriga koʻra, “XXI asrda iqtisodiy va ijtimoiy hayot, bilimlarni 
ishlab chiqarish usullari, shuningdek, insonning mehnat faoliyati tabiatini 
hal qiluvchi vazifa telekommunikatsiyalarga asoslangan yangi turmush 
tarzini shakllantirishdir. Kompyuter markaziy rol oʻynaydigan axborot va 
bilimlarni tashkillashtirish hamda qayta ishlashdagi inqilob postindusrial 
jamiyatining paydo boʻlishi bilan bir vaqtda roʻy bermoqda ”. Bundan 
tashqari, Bell, inqilobni tushunish uchun postindustriya jamiyatining uchta 
jihati, ayniqsa, muhimdir deb hisoblaydi. Bunda sanoat jamiyatidan xizmat 
koʻrsatish jamiyatiga oʻtish nazarda tutilib, mazkur jarayon kodlangan 
ilmiy bilimlarning texnologik yangiliklarni amalga oshirish va yangi 
«intellektual texnologiyalar» ni tizimli tahlil hamda qarorlar nazariyasining 
asosiy vositasiga aylantirish uchun muhimligini belgilab beradi. 
Oʻzbekistonda 2020 yil – «Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili» 
deb 
e’lon 
qilindi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
 
Sh.M. 
Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida «Raqamli 
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani 
keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan 
tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida 
raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini 


12 
rivojlantirish va bu yoʻnalishda investitsiyalar jalb etish zarur», deya 
ta’kidlanadi.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə