O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/190
tarix27.09.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#124074
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190
RAqamli iqtisodiyot Дарслик

Raqamli iqtisodiyot
– bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni 
raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir. 
Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan 
terminlar bilan ham ifodalanadi. 
1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli 
iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. 
Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan 
qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar
platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy 
etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir. 
Raqamli iqtisodiyot belgilari: 
1. 
Yuqori darajada avtomatlashtirilganlik 
2. 
Elektron hujjat almashinuvi 
3. 
Buxgalterlik 
va 
boshqaruv 
tizimlarining 
elektron 
integratsiyalashuvi 
4. 
Ma’lumotlar elektron bazalari 
5. 
CRM (Mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi mavjudligi) 
6. 
Korporativ tarmoqlar 
Raqamli iqtisodiyot
– bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish
taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni koʻzda tutadigan 
insonning xoʻjalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli iqtisodiyot 
atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. 
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi 
hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor oʻrni bilan 
tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu oʻziga hos nazariya 
boʻlib, uning oʻrganish ob’yekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. 
Axborotlashgan jamiyatni rivojlanish bosqichlari 
Sivilizatsiyani rivojlanish tarixida bir nechta axborot inqiloblari roʻy 
bergan. Bunda axborotlarni qayta ishlash sohasidagi tub burilishlar 
oqibatida jamiyatdagi munosabatlari ham oʻzgargan.. 
1.Yozuvni ixtiro qilinishi. Bilimlarni avloddan avlodga oʻtkazish 
imkoniyati paydo boʻlgan. 


13 
2. Kitob bosmasini ixtirosi (XVI a. oʻrtalari) sanoatlashgan jamiyatni
, madaniyatni va faoliyatni tashkil qilishni mutlaqo oʻzgartirib yuborgan. 
3. Elektr-energetika ixtirosi (XIX a. oxiri), tufayli istalgan hajmdagi 
ma’lumotni toʻplash, tezkor uzatish imkonini beruvchi telegraf, telefon, va 
radio paydo boʻldi. 
4. Mikroprotsessorli texnologiyalar ixtirosi va shaxsiy kompyuterlar 
paydo boʻlishi (XX a.70-yy.). Mikroprotsessorlar va integral sxemalar 
asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish 
tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi. 
Toʻrtinchi axborot inqilobi yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun 
texnologiyalar, texnik vositalar va uslublarni ishlab chiqish bilan 
chambarchas bogʻliq boʻlgan hamda axborotlashgan jamiyat qurilishiga 
olib keluvchi axborot sanoatini birinchi darajali tarmoqqa aylantirdi. 
Axborotlashgan jamiyat – ishlovchilarning katta qismi axborotlarni, 
ayniqsa axborotning eng yuqori shakli bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, 
qayta ishlash, sotish va almashish bilan band boʻladigan jamiyatdir. 
Axborotlashgan jamiyat – shunday jamiyatki, bunda ishlovchilarning 
aksariyat katta qismi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash, 
sotish va almashish bilan band boʻladilar.
Bunda axborot eng muhim vositaga aylanadi. 
Axborotlashgan jamiyat me’zonlari: 
1.Kompyuterlar mavjudligi. 
2.Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish darajasi. 
3.Axborot sohasida band boʻlgan aholi soni. 
4.Kundalik hayotda axborot texnologiyalaridan foydalanish. 
Texnik vositalar va axborot resurslarini rivojlanish bosqichlari: 
1.Mexanikagacha boʻlgan davr (chigʻanoqlardan marjonlar, taxtadagi 
oʻyilmalar, arqondagi tugunchalar bogʻlami, barmoq va toshlardagi 
hisoblar, abak, suan-pan, schetlar, logarifmik lineyka). 
2. Mexanika davri
*1646y. qoʻshish va ayirishni amalga oshiruvchi «Paskalina»,
*1671y. Leybnis mashinasi koʻpaytirish va boʻlish amallarini bajara 
olgan 
*1847y. Odner arifmometridan elektron kalkulyatorlar paydo 
boʻlguncha foydalanilgan. 


14 
*1802y. Jakkard ma’lumot kiritishni boshqarish mumkin boʻlgan 
mashina yaratgan. 
3. Elektron-hisoblar davri (Elektron hisoblash mashinalari va ularning 
analoglari) 
EHAlarida matematik kattaliklar qandaydir fizik kattaliklarning 
uzluksiz mohiyati sifatida namoyon boʻladi. EHAlar asosan chiziqli va 
differensial tenglamalarni yechish uchun qoʻllanilgan.
EHMlarda esa sonlar raqamlar ketma-ketligi sifatida namoyon 
boʻladi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə