O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


“Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi”, deydi xalqimiz



Yüklə 128 Kb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü128 Kb.
#129978
1   2   3   4   5   6
JI va XIM

“Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi”, deydi xalqimiz. Mamlakatimizda kambag‘allik ko‘p yillar davomida “yopiq mavzu” bo‘lib keldi. Bu kategoriyaning o‘rniga “kam ta’minlanganlik”, “ehtiyojmandlik”, degan tushunchalardan foydalandik. Lekin natija qanday bo‘ldi? Kambag‘allik darajasi kamayib qoldimi?
Tan olaylik, keyingi to‘rt yildagi ochiqlik siyosati tufayli “qozonda bori cho‘michga chiqdi”. Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgach, haqiqiy ahvol, ya’niki odamlarning aslida qanday hayot kechirayotgani, ularning eng og‘riqli nuqtalari oshkor bo‘la boshladi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emas. Dunyoning boshqa mamlakatlaridagi singari bizda ham kambag‘al qatlam mavjud. Ular taxminan 12-15 foizni tashkil etishi ham rost. Bu 4-5 million nafarga teng odam degani. Qarang, ana shu yurtdoshlarimizning bir kunlik daromadi o‘tgan yil boshida Prezidentimiz qayd etganidek, 10-13 ming so‘mdan oshmas ekan.
Xo‘sh, endi nima qilmoq kerak? Bu savol javobini davlatimiz rahbarining o‘zi sodda va ravon qilib aytdi: “Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”.
Markazdan – mahallagacha.Kambag‘allikdan faqat o‘sha qatlamga mansub odamlar jabr chekadi, deyish yanglish tushuncha. Bu nafaqat aholi, balki davlatning ham katta dardi va hatto, aytish mumkinki, fojiasidir. Bu holat xalqning sog‘lig‘i, mehnatga layoqati va ilmiy salohiyatiga putur yetkazadi. Shuningdek, uning oqibati Davlat byudjetining pasayishi va siyosiy jarayonlarning keskinlashishiga sabab bo‘ladi. Chunki kambag‘al toifa jadal iqtisodiy o‘sishdan foyda ko‘ra olmaydi. Jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati ham cheklangan.Davlat esa bepul o‘rta ta’limni ta’minlash, tibbiy xizmatlarni asosiy paketini kafolatlash, ijtimoiy zaif, deb tasniflangan guruhlarga ixtisoslashgan yordam va kam ta’minlangan oilalarga imtiyozlar berishga majbur.
Eng yomoni, kambag‘allik holatiga tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqib ketish ko‘p karra qiyinroq. Shu bois jamiyatimizda kambag‘allikni qisqartirish ayollar va yoshlar rolini oshirish, birinchi navbatda, ularga malaka berish hamda bandligini ta’minlash zarur. Bu vazifani samarali va sifatli bajarmasdan turib, ayollar hamda yoshlar manfaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarni tizimli hal etish imkonsiz.Keyingi yillarda bu borada davlat siyosatini markazdan mahalla darajasigacha yuritadigan vertikal tizim joriy qilingani — quvonarli yangilik. Yoshlar masalalari bo‘yicha har bir tumanda alohida hokim o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalariga har bir mahallada alohida rais o‘rinbosari mas’ul etib belgilanishi ham e’tirofga arziydigan voqeilik.Davlatimiz rahbarining mana bu yondashuvi esa tanlagan yo‘limiz naqadar to‘g‘riligini anglatadi: bundan keyin odamlarning uyiga borib, ishsizlarni ishga joylashtirish tizimini yaratishimiz kerak. Demak, yangi tizim endi qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar va yoshlar istiqomat qiladigan oilalargacha kirib boradi.Mahalla, tuman shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” hamda “ayollar daftari” shakllantirilishi bu bo­rada amaliy qadamlar tashlanganini anglatadi. Mazkur daftarlar hokimlar, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlarni qaysi hududda ertamiz vorislari va nozik xilqat vakilalari masalalari bo‘yicha holat qandayligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi hamda shunga qarab zaruriy chora-tadbirlarni belgilashida qo‘l keladi.
Diplom emas, malaka muhim.Bugungi globallashuv sharoitida yashash uchun kurash har qachongidan kuchli. Raqobat muhitida ishning ko‘zini biladigan xodim va mutaxassislarga talabgor ko‘p. Dunyoda iqtisodiy, huquqiy va mehnat munosabatlari jadal rivojlanyapti. Yangidan-yangi tarmoqlar paydo bo‘layotir. Tabiiyki, bunday sharoitda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatsiz ham yaxshi daromad olish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari kengaymoqda.
Xuddi shunday, mamlakatimizda ham tadbirkorlik hamda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanishi ortidan diplom emas, muayyan malaka talab etadigan zamonaviy ish o‘rinlari ochilyapti. Bunday vaziyatda ishlashga ishtiyoqi bor yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhim. Zero, hunarli va ishli kishilar jamiyat hayotiga tez moslashib, keyinchalik istaklariga mos imkoniyatlarni qidirib topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Prezidentimiz bu masalaga alohida e’tibor qaratib, “ijtimoiy shartnoma” tajribasini keng qo‘llash bo‘yicha vazifa va yo‘nalishlarni belgilab berganining boisi ham shunda.Odatda, ishsiz odamlar hunar o‘rganish, malaka egallash uchun mablag‘dan qiynalishadi. Endi davlat ayni shunday pallada yoshlar va ayollarga moddiy hamda ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatadi. Ajratiladigan mablag‘ mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatuvchi mingdan ziyod nodavlat ta’lim markazlari tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Shuning 10 million dollari kasb-hunarga o‘qitish, 90 millioni esa o‘quv kurslarini tamomlab, ser­tifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratishga sarflanadi.“Ijtimoiy shartnoma” orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarida o‘qiyotgan o‘smirlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha sub­sidiya beriladi. Shu tariqa qo‘llab-quvvatlashga muhtoj aholi qatlami hunar o‘rganib, ishli bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalmaydi. Qisqacha aytganda, davlatimiz rahbari ijtimoiy, huquqiy, psixologik yordamga, bilim, kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor ishsiz yoshlar hamda xotin-qizlarni jamiyatning faol qatlamiga qo‘shish, hududlarda kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi mexanizmni belgilab berdi. Uning natijasi mazkur mexanizmni samarali ishlatishimizga bog‘liq. Bu borada nafaqat mahalliy hokimliklar, mutasaddi tashkilotlar, shu bilan birga, parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari faollik ko‘rsatishi, jamoatchilik nazoratining yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.Ana shu jarayonda deputatlar faollik ko‘rsatsa, hammani mas’uliyatli bo‘lishga undasa, aholi bilan yaqin munosabat o‘rnatiladi. Odamlarning islohotlarga va o‘z imkoniyatlariga ishonchi oshadi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy faol qatlamni ko‘paytirish jarayonlariga katta hissa qo‘shiladi.
Ilg‘or davlatlardan o‘rganadigan jihatlar ko‘pKambag‘allikni qisqartirishda xorijiy tajribalarga suyansak bo‘ladi. Bunda, ayniqsa, inklyuziv biznes modellarini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, hozirgi kunda Yer yuzi aholisi kam ta’minlangan qatlamlarining energiya, suv ta’minoti, kanalizatsiya, axborot texnologiyalari kabi ko‘plab sohalarda sezilarli darajada qondirilmagan ehtiyojlari mavjud. Shu bilan birga, rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining turg‘unligi sharoitida kam ta’minlangan guruhlar ishtirokidagi bozor segmentlarining jozibadorligi oshib boryapti.Agar kambag‘al qatlamning ishlab chiqarish faoliyatida qatnashish imkoniyatlari kengaytirilsa, bu ularning ishchilar yoki tadbirkorlar sifatida iqtisodiy o‘sish jarayonlaridagi ishtirokini ham ta’minlaydi. Buning uchun avvalo, zarur bilim va ko‘nikmalar yetishmasligi muammosini hal qilish joiz. Kambag‘allarning ta’limiga investitsiya kiritish tajribasi esa rivojlanishning asosiy omilidir. Xitoy va Hindistonda bu siyosat o‘z samarasini berdi. Natijada kambag‘allar safi qisqardi.Kuzatuvlarimizga ko‘ra, yalpi ichki mahsuloti o‘sishi yuqori bo‘lgan davlatlar kambag‘allikni kamaytirishda katta yutuqlarga erishmoqda. Biroq bunga teskari misollar ham bor. Masalan, ba’zi mamlakatlar (Kolumbiya va Marokash)da iqtisodiy o‘sishga parallel ravishda oshib borayotgan daromadlar tengsizligi ushbu vaziyatni asl sababi bo‘lishi mumkin. Boshqa mamlakatlarda esa davlat muassasalarining ish sifati pastligi va boshqa institutsional omillar ta’siri yuqori. Misol uchun Filippinda davlat muassasalarining ish sifati 1998 yildagi 3,3 darajadan 2006 yilda 2,5 darajagacha pasaygan.Rivojlanayotgan davlatlarda malakasiz ishchi kuchining haddan tashqari ko‘pligi va moliyaviy hamda moddiy resurslar yetishmasligi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu asosan, mehnat resurslari talab qilinadigan sohalarni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini anglatadi. Bunga qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va yengil sanoat, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish turlari — montaj, yig‘ish, kompyuter ishlab chiqarish, orgtexnika, sanoat, elektr jihozlarini ayrim turlarini tayyorlash va elektrotexnika kabi sohalarni kiritish mumkin.Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mehnat talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli dastur qabul qilinishi maqsadga muvofiq.
Qishloq xo‘jaligi uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish ham kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi. Masalan Janubiy Koreyaning “Yangi qishloq uchun harakat” nomli istiqbolli loyihasi allaqachon Afrika va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu orqali yetakchi korxonalar va hududlardan ichki texnologiyalarni jalb qilish, mintaqada maxsus iqtisodiy zonalarni yaratish mumkin. Jahon xususan Xitoy va Hindiston tajribasini hisobga olgan holda agrar islohotlarni kichik fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va sotishni yengillashtirishga yo‘naltirish kerak. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha kooperativlar ishini rivojlantirish va buning uchun zarur texnologiyalarni jalb qilish jarayonini soddalashtirish maqsadga muvofiq.Hukumat mintaqalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro sertifikatlash markazlarini tashkil qilib, ularning xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirishi lozim. Bu esa ishlab chiqarilgan meva-sabzavotlar bozorini, qayta ishlash tarmog‘ini kengaytirib, kam ta’minlangan aholi daromadlarini oshiradi.Kambag‘allikni qisqartirishda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish, chunonchi, ta’lim va tibbiy xizmatlarni mobil telefonlar orqali taqdim etish, smartfonlar uchun o‘z-o‘zini rivojlantirishga doir darsliklar yoki dasturlar, intellektual o‘yinlar tizimini yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda ham Xitoy va Hindiston tajribasidan foydalanish katta natija berishi, shubhasiz.
Xitoy tajribasi nimasi bilan ahamiyatli?Prezidentimiz Xitoy tajribasi asosida kambag‘allik darajasi yuqori qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berganidan xabaringiz bor. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirish taklifi ham bildirilgandi.2020 yilning 26 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan BMT kotibiyati bilan birgalikda tashkil etilgan “Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish” mavzuidagi xalqaro videokonferensiyada O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kambag‘allikni qisqartirish mamlakatda belgilangan ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. Ushbu muammo dolzarbligi O‘zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan takliflarida aks etgan, bu esa Bosh Assambleyaning yaqinlashib kelayotgan navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilanishi hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan Global sammit o‘tkazilishiga asos bo‘lganini qayd etdi. Zotan O‘zbekistonning uzoq muddatli strategik maqsadi barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish, kambag‘allik darajasini keskin kamaytirishga qaratilgan. Ushbu marralarga erishish uchun O‘zbekiston bozor iqtisodiyotini mustahkamlash hamda liberallashtirish bo‘yicha tarkibiy islohotlarga e’tibor qaratmoqda.
Delegatsiyamiz vakillari o‘z nutqida kambag‘allikni qisqartirish sohasida global hamkorlikni kuchaytirish zarurligi, bunda Xitoy tajribasi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi. Iqtisodiy barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan tarkibiy islohotlar mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan asosiy chora- tadbirlar sifatida taqdim qilindi.Albatta, ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish talab etiladi. XXR tajribasini o‘rganish yuzasidan vazirliklar va idoralar xodimlari uchun xizmat safarlari uyushtirilishi zarur. Qolaversa, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Xitoydan maslahatchi-ekspert jalb qilish foydadan holi bo‘lmaydi.
Shu o‘rinda XXR tashqi ishlar vaziri Van Ining yuksak e’tirofini keltirib o‘tish joiz.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish sohasida muhim natijalarga erishdi, bu bilan Xitoy tomoni o‘z samimiy tabriklarini bildiradi, — dedi u. — Biz O‘zbekistondagi hamkasblarimizni kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajriba almashish uchun Xitoyga tashrif buyurishga taklif etamiz. Har bir mamlakat o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ishonchim komilki, har bir davlat o‘z mamlakatidagi vaziyatga mos bo‘lgan kambag‘allikni bartaraf qilish uchun o‘z yo‘lini topishga qodir”.
«Temir daftar» — qo‘llab-quvvatlashning oqilona yechimi
2020 yil butun insoniyat uchun sinovlar yili bo‘ldi. Talafotlar katta, yo‘qotishlar ko‘p, asoratlar esa nihoyatda og‘ir. Ammo ana shunday mushkul vaziyatda odamzod bir narsani o‘rgandi: har qanday vaziyatda ham hayot uchun kurashishni, oldinga intilishni.To‘g‘ri, koronavirus pandemiyasi ayni avji pallada hamma uyga “qamaldi”. Ya’ni “ko‘rinmas yov”dan aziyat chekmaslik uchun ko‘pchilik xonadonida ixotalanishga majbur bo‘ldi. Ijtimoiy soha ob’yektlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish muassasalari eshigiga qulf osildi. Hatto qator davlat idoralari ham ish tartibini o‘zgartirdi. Biroq hayot to‘xtab qolgani yo‘q.
Eng muhimi, ana shunday murakkab vaziyatda davlatimiz, hukumatimiz odamlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani yo‘q. Aksincha, ehtiyojmand oilalar har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlandi. Ayni shu zarurat tufayli Prezidentimiz tashabbusi bilan “temir daftar”lar joriy etilgani esa masalaning oqilona yechimi bo‘ldi. Bu tizim davlat yordamini yo‘naltirib turish, ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolish uchun asos yaratdi.Ayni paytda “temir daftar”lar oilalarni kambag‘allikdan chiqarish ishlarini rejali tashkil etishda, ro‘yxatdagilarga qarab keyingi ishlarni muvofiqlashtirishda qo‘l kelmoqda. Yoshlar va ayollar daftarlari ham kasb-hunar o‘rgatish, bandlikni ta’minlashda manzilli yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilyapti.E’tiborlisi, “yoshlar daftari”ga 18 — 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar kiritilsa, “ayollar daftari” orqali 30 yoshdan oshgan ayollar qamrab olinadi. Ro‘yxatni shakllantirishda ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab- quvvatlash, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi borlarga alohida e’tibor qaratiladi.



Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə