O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə57/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

VII MAVZU. Ma'muriy-xududiy va davlat tuzilishi tushunchasi, shakllari va tamoyillari.
1. Davlat tuzilishi tushunchasi va shakllari
2. Ma'muriy-hududiy tuzilishi prinsiplari
3. O`zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy va davlat
tuzilishi masalalarini hal etish tartibi
4. O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpog`iston
Respublikasining huquqiy holati
1. Davlat tuzilishi tushunchasi va shakllari
Muayyan bir davlatning ma'muriy hududiy tuzilishini o`rganishda ma'muriy hududiy tuzilish tushunchasi bilan birga davlat tuzilishi shakli tushunchasiga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki, bu tushunchalar mazmunan bir-biriga bog`liq bo`lib, har doim biri ikkinchisini taqozo etib turadi.Davlat tuzilishi davlat shaklining muhim bir turi hisoblanadi. Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadalar bilan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov davlat qurilishi va uning tuzilishi asoslariga bag`ishlangan bir qator asarlarida, xususan "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda" degan kitobida bizda davlat tuzilishi yer kengliklarini viloyat, tuman va shaharlarga bo`linishi sun'iy ravishda, o`z-o`zidan kelib chiqqan "texnik" jarayon bo`lmay, balki respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi asosiy strategik maqsadni amalga oshiruvchi tayanch qismlariga ajratilishi ekanligiga alohida urg`u bergan.19[19]
Davlat tuzilishi shakliga qo`yidagi turli xil omillar ta'sir etadi:
1) davlat va jamiyat oldida turgan iqtisodiy vazifalar
3) davlatdagi siyosiy kuchlarning o`zaro nisbati
4) davlat hududida istiqomat qilayotgan aholining ko`p millatligi va o`zaro munosabati
5) davlat hududining katta yoki kichikligi ta'sir etadi.
6) uzoq yillar davomida shakllangan tarixiy an'analar
7) jamiyatdagi mavjud ijtimoiy ong
Shunday qilib, davlat tuzilishi shakli deganda, davlat hokimiyatining ma'muriy-hududiy uyushuvi, davlat va uni tashkil etgan hududlarning, ayrim qismlarning, markaziy va mahalliy idoralar orasidagi munosabatlarning tabiati tushuniladi. 20[20]

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə