O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə64/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo`l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda kamida ikki ming aholisi bo`lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. O`zbekistonda hozirgi kunda 106 ta shaharchalar mavjud.
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi
Qishloqlar – O`zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy bo`linishning quyi bo`g`inlaridan biridir. Ushbu ma'muriy-hududiy bo`linishning quyi bo`g`inini qishloq deb nomlash tarixiy qadriyatlarimizni amalda ifodalashning yorqin misolidir. Shahar hududlariga kirmaydigan, ma'lum aholi soniga ega bo`lgan qishloq markazlari va ma'lum sanoat obyektlari atrofida istiqomat qiluvchi aholining yashash joylari qishloqlar bo`lib hisoblanadi.
Ovullar - esa qishloqlarga qaraganda kichikroq hajmdagi yashash va turar joylardan iborat bo`lgan aholi punktlaridir. Ovullarda ko`p hollarda chorvador oilalar istiqomat qilib, ular asosan ko`chib yuruvchi bir necha cho`ponlar oilalaridan tashkil topadi. O`zbekistonda hozirgi vaqtda 1427-ta qishloq va ovullar mavjud.29[29]
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Jo`g`org`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar va ovullar chegarasini o`zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi
“O`zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o`zgartirish, masalalarini hal qilish tartibi to`g`risida”gi qonuniga ko`ra viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish vaqtida O`zbekiston Respublikasida mavjud bo`lgan nomlarni berishga, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga esa Qoraqalpog`iston Respublikasi yoki ushbu viloyatda mavjud bo`lgan nomlarni berishga yo`l qo`yilmaydi. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi punktlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga qoida tariqasida yo`l qo`yilmaydi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə