O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə63/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Tuman - O`rta asrlarda Sharqdagi, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ma'muriy-hududiy birlik sifatida e'tirof etilib, hozirda ham ko`pchilik davlatlarda mavjud (MDH mamlakatlari). O`zbekiston sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davrda ularni “rayon” deb atash rasm bo`lgan. Mustaqillikka erishilgandan so`ng ushbu ma'muriy-hududiy birliklarni tarixiy nom bilan ya'ni, “tuman” deb atalishi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 68-moddasiga muvofiq tuman ma'muriy-hududiy bo`linish pog`analaridan bo`lib, o`rtancha bug`in hisoblanadi. Tuman davlat yuqori organlarining ko`rsatmalari, qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi va bajaruvchi asosiy ma'muriy hududiy birlik. Tumanlar hududiy joylashishi nuqtai nazariga ko`ra ikki xil: qishloq tumani va shahar tumanlariga bo`linadi. Qishloq tumanlari ma'lum bir viloyat tarkibiga kiruvchi ma'muriy-hududiy birlik hisoblansa, shahar tumanlari esa yirik shaharlar tarkibida tashkil etiladi ( Masalan Toshkent shahridagi Yunusobod tumani). Tumanlarni tashkil etish va tugatish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Tumanlarga tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda tuman halq deputatlari Kengashida tasdiqlanadigan tuman hokimi rahbarlik qiladi.
O`zbkeiston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish yuqoridagi qonunga ko`ra tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo`qorg`i Kenges tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 69-modda).
Tumanlarning chegaralarini o`zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o`zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlar ma'muriy markazlarini belgilash va ko`chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida tumanlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shahar – deganda ko`pchilik aholining madaniylashgan holda o`zaro zich yashaydigan hududi tushuniladi.
O`zbekiston Respublikasidagi shaharlar uch toifaga ajratiladi.
- respublikaga bo`ysunuvchi

  • - viloyatga bo`ysunuvchi

  • - tumanlarga bo`ysunuvchi shaharlarga bo`linadi.

Respublika bo`ysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq iqtisodiy, madaniy, ma'muriy markaz bo`lgan shaharlar kiradi. Bunday shaharlar turkumiga hozircha yagona Toshkent shahri kiradi.
Viloyat bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o`ttiz ming aholisi bo`lgan, muhim ma'muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin (masalan, Buxoro va Qo`qon shaharlari).
Shaharlarni viloyat bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomi viloyat maqomiga tenglashtirilgani uchun uning bo`ysunuvidagi shaharlar, viloyat bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritiladi.Ularni tashkil etish va qayta tuzish Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Hozir O`zbekiston Respublikasida viloyatga bo`ysunuvchi shaharlar soni 51 tani tashkil etadi. Viloyat bo`ysunuvidagi shaharlar qoida tariqasida tumanlar maqomiga tenglashtiriladi.
Tuman itoatidagi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo`jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalarni, savdo umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari mavjud bo`lgan hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo`lmagan shaharchalar, aholi punktlari kiritiladi. Bunda mazkur shaharchalar, aholi punktlari ma'muriy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari e'tiborga olinadi.
“O`zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o`zgartirish, masalalarini hal qilish tartibi to`g`risida”gi qonuniga ko`ra shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog`iston Respublikasida esa - tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida shaharlarga nom berish va ularning nomini o`zgartirish tegishli shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə