O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə71/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

To`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi tamoyili bevosita saylovchilar tomonidan saylanadigan nomzodga ovoz berish tushuniladi, bunda saylovchi va nomzod o`rtasida hech qanday vositachilikka yo`l qo`yilmaydi. Fuqarolar o`z erki-irodasini bevosita o`zlari ifodalashlari qonunchiligimiz bilan kafolatlanadi. Saylovchilar o`z nomzodlariga saylov vaqtida bevosita yoki qarshi ovoz berishlari mumkin. To`g`ridan-to`g`ri saylov huquqining ijobiy taraflaridan biri, saylov tartibida davlat hokimiyatining hamma saylanadigan organlari bevosita xalq tomonidan tashkil etilgan vakillik organlarii hisoblanadi.
Yashirin ovoz berish tamoyili - saylovchining o`z hohish irodasini bildirish ustidan nazorat qilishga yo`l qo`yilmaydi. Saylov bulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish xonasida to`ldiriladi. Saylov bulletenini to`dirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa barcha shaxslarni hozir bo`lishi taqiqlanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat a'zolari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so`ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadilar.
Har qanday mamlakatda mavjud saylov tizimi bir-biriga zid bo`lmagan tamoyillar va aniq talablar asosida qurilishi lozim. Saylov tizimi tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Saylov tizimining konstitutsiyaga muvofiqligi;
-Davlat hokimiyatining qonuniyligi;
-Saylov tizimi talabalari va vazifalarining huquqiy ta'minlanganligi;.
-Demokratizm;
-Saylov tizimining barqarorligi;
-Saylov tizimining xalqchilligi;
-Saylov tizimining uyushganligi;
-Saylov tizimining tejamli bo`lishli;
-Ovoz berishning va saylanishning ziddiyatsiz, uning natijalarini olish uchun huquqiy kafolat yaratilganligi;
4. Saylov tizimi
Saylov tizimi - bu saylov o`tkazishga taalluqli barcha huquqiy hujjatlar, saylov tizimi tamoyillari, fuqarolarning saylov huquqlarini o`z ichiga olgan saylov o`tkazish tartiblari hamda ularni o`rnatuvchi huquqiy normalarning yig`indisi tushuniladi.
Saylov tizimi davlatning demokratik yoki demokratik emasligini ko`rsatuvchi asosiy omildir. Professor A.X.Saidov: “Saylov tizimi - bu fuqarolik jamiyatida davlatning vakillik organlarini saylash yo`li bilan yuzaga keluvchi davlat jamoat munosabatlari tizimidir” - deb yozadi.34[72]
Saylov tizimi tor ma'noda saylov natijalariga ko`ra nomzodlar o`rtasida mandatlarni taqsimlash uslubi hisoblanadi. Bunda uslublar bir qancha bo`lib, ularning qo`llanilish yakuniga ko`ra, saylovlar natijasi turli davlatlarda turlicha bo`lishi mumkin.
Saylov tizimlari turli tuman bo`lib, bir davlatda amalda bo`lgan saylov tizimlari ikkinchi davlatda o`zini oqlamasligi mumkin. Bir saylov tizimini amalga kiritishdan oldin mamlakatdagi siyosiy kuchlar va etnik guruhlarning muvozanati yaxshilab o`rganilishi lozim. Hozirgi paytda dunyo mamlakatlari tajribasida saylov tizimlarining uch katta guruhi mavjud. Bu majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlaridir.
Eng keng tarqalgan saylov tizimlaridan biri bu majoritar saylov tizimi bo`lib, saylov natijalarini aniqlashda ko`pchilik ovoz tamoyiliga asoslanadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə