O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə74/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Aralash saylov tizimi. Aralash saylov tizimlari majoritar va proporsional saylov tizimlarini birlashtirish tamoyiliga asoslangan saylov tizimidir.
Har bir partiya o`z nomzodlari ro`yxatini tuzadi va bu ro`yxatga kirgan nomzod bir mandatli saylov okrugida o`tkaziladigan saylovda ham qatnashishi mumkin.
Aralash tizimning qo`llanilishi qat'iy proporsional tizimda mavjud bo`lgan mayda partiyalarning ko`payib ketishini oldini oladi. Undan tashqari mavjud kichik partiyalar bir mandatli majoritar tizimli saylovlarda yutqazsalarda, proporsional saylovlar bilan buning o`rnini to`ldirib olishlari mumkin. Lekin, Rossiyada mavjud bo`lgan 5% li to`siqning bo`lishi buning amalga oshishiga ancha to`sqinlik qiladi.
Aralash tizimning qo`llanilishi ikki turdagi deputatlarning saylanishiga olib keladi. Birinchisi saylov okrugidagi saylovchilar bilan ancha bog`liq bo`lgan deputat bo`lib o`z saylovchilari oldida o`z ma'suliyatini sezadi. Ikkinchisi partiya ro`yxati vositasida saylangan deputat bo`lib, u ma'lum okrug saylovchilariga uncha tanish bo`lmasligi mumkin, chunki saylovchi ovoz berganda alohida nomzod uchun emas, balki partiya ro`yxati uchun ovoz beradi. Natijada saylangan deputat o`zini muayyan saylov okrugi saylovchilari oldida emas, balki uni ro`yxatga kiritgan partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi.
Saylovning bu shaklida saylov okrugida bir necha mandat bo`lsada, har bir saylovchi faqat bir ovozga ega bo`ladi. Saylovchi partiya ro`yxatiga kiritilgan o`ziga ma'qul bo`lgan nomzodni yoqlab ovoz berishi mumkin. Bunday ovoz berish ko`p mandatli saylov okruglarida mandatlar bo`linishining olingan ovozlarga mutanosibligini ancha ta'minlasada, saylovchi-deputat munosabatlarini susaytiradi. Chunki saylovchining faqatgina bir ovozga ega bo`lishi, partiyalarning saylovchilar e'tiborini qozonishga unchalik harakat qilmasalarda, osongina mandatlarga erishishini ta'minlaydi.
5. Saylov jarayoni va saylov organlari
Har bir yuridik jarayon singari saylov jarayoni ham o`zida huquqiy normalar tizimini mujassamlashtirgan faoliyatdir. Davlat hokimiyati, o`zini-o`zi boshqarish organlariga bo`ladigan saylovlarni o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatni saylov jarayoni deb tushunamiz. Xamda ushbu faoliyat qat'iy belgilangan tartibda, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu quyidagilardan iboratdir.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə