O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə70/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

3. Saylov huquqi tamoyillari
Saylov huquqi tamoyillari – bu saylov qonunchiligining shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g`oyasi, yetakchi mezonidir.
Respublikamizda saylov huquqining asosiy tamoyillari bo`lib bevosita konstitutsiyada belgilangan umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri va yashirin ovoz berish hisoblanadi. Mazkur tamoyillar qonunchiligimizda o`z aksini topgan bo`lib, ularning amalga oshirilishini huquqiy mexanizmlari mamlakatimizda fuqarolarning davlat boshqaruvida bevosita va o`z vakillari orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir.
Umumiy saylov huquqi tamoyilida ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatidan qat'iy-nazar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bevosita 18 yoshga to`lganda saylash huquqiga egadirlar. Ayrim fuqarolar sud tomonidan muomolaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.Chunki bunday shaxslar o`z xatti-harakatlari to`g`risida o`zlariga hisob bera olmaydilar va saylovlarda qatnashish huquqidan ongli ravishda foydalana olmaydilar. Shuni ham ta'kidlab o`tish lozimki, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va O`zbekiston hududida yashovchi ajnabiy fuqarolar saylovlarda qatnashish va vakillik organlariga saylanish huquqiga ega emaslar.
Teng saylov huquqi tamoyilida har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega bo`lishi tushuniladi. Saylovda hamma teng asoslarda qatnashadi. Har bir saylovchi ovoz berish uchun faqat bitta ro`yxatga kiritiladi. Saylovda har bir mandat uchun saylochilar soni teng asosda bo`linadi. Chunki, har bir okrugdan bitta deputat saylanadi. Saylovda barcha saylovchilarning teng asosda qatnashuvi saylov okruglarining ularda yashovchi fuqarolar soniga teng qilib tashkil etilishi bilan ham ta'minlanadi. Siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlarga saylov oldi tashviqot yuritishi teng asosda tashkil etiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə