O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə68/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Passiv saylov huquqi, ya'ni saylanish huquqiga ham ma'lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli fuqarolar ega bo`ladilar. Turli davlatlarda ma'lum davlat organlariga saylanish uchun belgilangan yosh chegarasi turlicha bo`lishi mumkin.
Aktiv saylov, ya'ni saylash huquqidagi yosh senzi ma'lum davlatlarda aholining barcha qatlami uchun bir xil belgilansa, passiv saylov huquqida yosh senzi nomzodning qaysi organga saylanayotganligiga qarab turlicha belgilanishi mumkin. O`zbekistonda fuqarolar Mahalliy Kengash deputatligiga saylanish huquqiga ega bo`lish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi va Senatiga saylanish uchun 25 yoshga, Res­publika Prezidentligiga saylanish uchun esa 35 yoshga yetgan bo`lishi kerak.
Masalan, Fransiyada Milliy Majlis deputatligiga, Respublika Prezidentligiga va Yevropa Parlamentiga nomzodi qo`yilgan shaxs 23 yoshga to`lgan bo`lishi, Senatga saylanish uchun esa 35 yoshga to`lgan bo`lishi shart. Undan tashqari barcha nomzodlarning harbiy xizmatni to`liq o`tagan bo`lishi ham talab qilinadi.
Saylanish huquqi ham ba'zi mamlakatlarda ancha yuqori bo`lishi mumkin. Masalan, Italiyada senator bo`lish uchun nomzodning 40 yoshga to`lgan bo`lishi talab qilinadi.
Saylanish huquqiga ega bo`lish uchun yana boshqa shartlar ham qo`yilishi mumkin. Masalan, Yevropa Parlamentiga nomzodi qo`yilgan fransuz fuqarosidan 1500 yevro garov summasi talab qilinadi. O`zbekiston Respublikasida Prezident bo`lib saylanish uchun nomzod O`zbekistonda kamida oxirgi 10 yil ichida doimiy yashagan bo`lishi va davlat tilini yaxshi bilishi kerak. Oliy Majlisning quyi va yuqori palatalariga deputatlikka saylanish uchun nomzod kamida so`nggi besh yilda O`zbekistonda doimiy yashagan, qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun avval sudlanmagan bo`lishi kerak.
Ko`pchilik mamlakatlarda saylovlar to`g`ri va egri ko`rinishlarga bo`linadi.
To`g`ridan-to`g`ri ovoz berish nomzodlarga ovoz berishning eng ko`p tarqalgan saylov turi hisoblanadi. To`g`ri saylovlarda saylovchi va nomzod o`rtasida hech qanday oraliq instansiya mavjud bo`lmay, saylovchining hohish irodasi bevosita ifodalanadi. Bu holatda saylov huquqiga ega bo`lgan fuqaro saylanish asosida ega bo`linadigan lavozimga qo`yilgan nomzodga bevosita ovoz beradi. To`g`ri, saylovlar jahonning ko`pchilik mamlakatlari parlamentining quyi palatalariga va barcha mamlakatlar prezidentligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llaniladi.
To`g`ri saylovlar mamlakatimizda Prezidentlikka, Oliy Majlisning quyi palatasi – Qonunchilik palatasi deputatligiga va halq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar kengashlari deputatligiga bo`ladigan saylovlarda qo`llanilib, bunda fuqarolar va nomzodlar o`rtasida hech qanday oraliq instansiya mavjud emas.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə