O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə79/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Saylov natijalarini aniqlash. Berilgan ovozlarni hisoblash avval saylov uchastkalarida saylov tugashi bilan darhol boshlanadi. Dastlab har bir saylov okrugida berilgan barcha ovozlar hisoblanadi, so`ngra bulletenlar orasidan haqiqiy emas deb topilganlari chiqarib tashlanadi. Odatda qonunchilik bilan qanday saylov bulletenlari haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi belgilangan bo`ladi, shubhali xolatlar uchastka saylov organining maxsus bayonnomasi orqali hal qilinadi.
Saylov uchastkasida hisoblab chiqilgan ovozlar yuqori turuvchi saylov organiga yuboriladi. Saylov natijalari saylov okrugi miqiyosida, tegishli holatlarda hududiy va markaziy organlar miqiyosida e'lon qilinadi. Turli mamlakatlarda bir xil ovoz berish jarayoni bo`lib, unda teng miqdorda saylovchilar qatnashgan bo`lsa ham saylov natijalari qo`llaniladigan saylov tizimiga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin.
Takroriy shuningdek, navbatdan tashqari va alohida bir okruglarda saylov o`tkazilganda saylov jarayonining bir muncha soddalashtirilgan tartibi qo`llanilishi mumkin.
Respublikamizda saylov natijalari quyidagi tartibda aniqlanadi, ya'ni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalarini aniqlash uchastka saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi; okrug bo`yicha saylovchilar umumiy sonini; saylov byulletnlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini; ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini; har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini; haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlari varaqlari soni aniqlanadi va Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi. O`z navbatida Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida okrug saylov komissiyasi singari hisoblash jarayonini amalga oshirgandan so`ng, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko`pining ovozini olgan deputatlikka nomzod deputat etib saylangan hisoblanadi. Agar saylovda saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan saylovchilarning o`ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo`lsa, saylov o`tmagan hisoblanadi. Xuddi mana shunday saylov natijalarini aniqlash qoidasi O`zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov o`tkazishda hamda Halq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o`tkaziladigan saylovlarda ham amalga oshiriladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə