O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə80/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Takroriy ovoz berish. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga saylash uchun ikki nafardan ortiq nomzod qo`yilgan bo`lsa va nomzodlardan xech biri talab qilingan miqdordagi ovozni olmagan bo`lsa saylovchilarning ovozini eng ko`p olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga saylovlarda okrug komissiyasi tegishincha viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi mazkur qaror haqida okrug saylovchilarini xabardor qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga takroriy saylovlar asosiy saylov o`tkazilgan kundan boshlab bir oy ichida, lekin kamida o`n besh kun keyin o`tkaziladi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga takroriy saylovlar asosiy saylov kunidan keyin ikki hafta ichida o`tkaziladi.
Takroriy ovoz berish chog`ida ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko`p olgan Respublika Prezidentligiga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga nomzod, takroriy ovoz berishda ro`yhatga kiritilgan saylovchilarning yarmidan ko`pi qatnashgan va bu nomzodni yoqlab berilgan ovozlar unga qarshi berilgan ovozlardan ortiq bo`lgan taqdirdagina saylangan hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga takroriy ovoz berish, agar ovoz berish chog`ida belgilangan miqdorda Senat a'zolari saylanmagan bo`lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to`plamagan nomzodlar bo`yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining (xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari) qo`shma majlislarining o`zida o`tkaziladi.
Takroriy saylovlar. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O`zbekiston Respublikasi prezidentligiga takroriy saylovlar saylov o`tkazilmagan yoki haqiqiy emas deb topilsa yohud agar O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylash uchun ikkitadan ko`p nomzod qo`yilmagan bo`lsa va ulardlan xech biri saylovchilarning ovozini zarur miqdorda olmagan bo`lsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Bunda komissiya saylovni yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari o`tkazishi zarurligi to`g`risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o`tkazilgan saylov uchastkalarida va saylovchilarning avval tuzilgan ro`yhatlari bo`yicha o`tkaziladi.
Komissiyalar tuzish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko`rsatish va ularni ro`yhatga olish, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini takror o`tkazish bilan bog`liq boshqa chora-tadbirlar «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`rsida”gi qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Takroriy saylov asosiy saylov o`tkazilganidan keyin qirq kun ichida o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o`tkaziladi:
A) Agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo`lsa;
B) Agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a'zolari saylanmagan bo`lsa.
Ikkinchi holatda nazarda tutilgan vaziyatlarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligi uchun o`tkaziladi. Senat a'zolarining takroriy saylovi Senatga o`tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko`pi bilan o`n besh kunlik muddat ichida o`tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a'zoligiga nomzodlar ko`rsatish va takroriy saylov o`tkazish qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga takroriy saylovlar quyidagi hollarda o`tkaziladi:
A) Basharti, saylov okrugi bo`yicha saylov o`tmagan yohud emas deb topilgan bo`lsa;
B) Agar takroriy ovoz berish saylangan deputatni aniqlash imkonini bermagan bo`lsa;
V) Agar saylov okrugi bo`yicha deputatlikka ko`pi bilan ikki nomzod ovozga qo`yilgan bo`lsa va ulardan birortasi ham saylanmagan bo`lsa38[76].
Takroriy saylov tegishincha Markaziy, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining topshirig`iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o`tkaziladi. Bunda tegishli saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o`tkazilishi to`g`risidagi qaror qabul qilinishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o`tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilar ro`yhatlari bo`yicha o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va halq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga takroriy saylov kechi bilan bir oylik muddat ichida o`tkaziladi.

VIII MAVZU. OLIY MAJLIS O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY VAKILLIK ORGANI VA QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYATi



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə