O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə22/104
tarix11.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#144272
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

«Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni qiziqtirmaydi, ozining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql aql bilan tarbiyalanadi, vijdon vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik bevosita vatan uchun xizmat qilish bilan..., – deb ta’kidlagan edi mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy. – Oqituvchi ozining butun borlig‘i, kundalik hayoti, ma’naviy madaniyati bilan hamkasblari va oquvchilarga ornak boladi va ularni oz ortidan ergashtiradi».
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy – nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy – pedagogik tayyorgarlik, o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo‘nalishi va bunda pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, shunday yozadi: “O‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. CHunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul”7. Demak, o‘qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki pedagogik amaliyotni to‘g‘ri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy – nazariy ma’lumotlarga ham ega bo‘lish lozim.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‘qituvchi fazilatining mukammalligini o‘z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi bilan bir vaqtda bolalarga bo‘lgan munosabatida, ularni xuddi o‘z farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko‘rgan. Uning ta’kidlashicha, “agar oqituvchi faqat ishiga havas qoygan bolsa, u yaxshi oqituvchi boladi. Agar oqituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qoygan bolsa, u oldingi oqituvchidan yaxshiroq boladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham ozida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli oqituvchi bola oladi”.
Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimida o‘qituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim mavqega ega. O‘qituvchi nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak cho‘qqilar sari odimlay olmaydi. Masalaga shu nuqtai – nazardan yondashilganda, muallifning so‘zlari, o‘qituvchi pedagogik mahoratiga qo‘yilgan talablarga mos va hamohangdir.
Shunday kilib, evropa mutafakkir olimlari o‘z ilmiy asarlarida o‘qituvchining bir qator muhim fazilatlari haqida fikr yuritganlar. Bularning qatoriga quyidagi fikrlarni alohida qayd etish lozim: o‘qituvchining har tomonlama barkamol bo‘lishi, o‘zining yuksak hislatlari va his-tuyg‘ulari bilan boshqa kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish kobiliyati, darslarni o‘zlashtirishda orqada qolganlar bilan individual ishlar olib borish, o‘quvchilar diqqatini o‘ziga qaratish mahorati, mustaqil ishlash va o‘z mahoratini, malakasini oshirish, pedagogik-psixologik odob (takt)ga ega bo‘lish, notiqlik san’atini puxta bilish kabilardir.
Hozirgi kunda ham yevropaning yetakchi olimlari (B.P.Zyazyun, V.A.Kan-Kalik, Y.N.Kyuluytkin, N.D.Nikandarov, L.I.Ruvinskiy va boshqalar) o‘qituvchining pedagogik mahoratini yanada takomilashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, ular o‘z asarlarida “mukammal egallangan pedagogik mahorat”ni o‘qituvchi doimo orzu qilib intiladigan, ammo yetisha olmaydigan yuksak ideal kasbiy mahorat sifatida izohlaydilar. Shu ma’noda “mahorat” terminini o‘qituvchiga nisbatan kompliment, ya’ni maqtov tariqasida eng oily baho sifatida qo‘llash mumkin. Pedagogik mahorat faqat o‘qituvchi batamom o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashning eng yuqori cho‘qqisi sifatida qabul qilinmasligi kerak. Tajribali o‘qituvchi o‘z ijobiy yutuqlari bilan qanoatlanib qolmasdan, hamisha kasbiga oid yangiliklarni o‘zlashtirib borishi, jamiyat taraqqiyoti tufayli paydo bo‘ladigan zamonaviy pedagogik vazifalar va muammolarni hal qilishda faol ishtirok yetishi; o‘zining kasbiy ko‘nikma va malakalarini uzluksiz oshirib borishga intilishi lozim. Bu pedagogik mahoratni egallashning ajralmas qismidir.
Pedagogik mahoratni egallash va rivojlantirishda (malaka oshirish, takomillashtirishda) o‘qituvchi o‘zi bilgan va o‘rgangan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib boradi. Demak o‘qituvchi kasbiy mahoratini oshirishga intiladi. Uning chegarasi bormi? Bizga ma’lumki, bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik mahorati aslida pedagogika oiiy ta’lim muassasalarida rasmiy ravishda egallanadi va bunga tajribali ustozlar, olimlar jalb etiladi. So‘ngra o‘quv -tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi hujjat bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, ba’zan yosh o‘qituvchining tajribasi va malakasi yetarli emasligi ham tan olinadi. Demak, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish uchun, avvalo uning malakasini oshirishga sabab bo‘ladigan, pedagogik mahoratini shakllantiradigan zamonaviy manbalarni, omillarni, vosita va metodlarni izlab topish zarur. Ushbu yondashuv o‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, har bir o‘qituvchi ko‘nikma va malakalarini oshirish bilan birga, o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishi, uni sevishi hamda uzluksiz takomillashtirib borishi shart. Bunda belgilangan maqsad sari intilish, albatta pedagogik mahoratning eng yuksak cho‘qqilarini egalashga ishonch – o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon yevropa olimlari ilmiy pedagogik tadqiqotlari tahliliga ko‘ra, o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish muammolarini hal yetish quyidagicha talqin yetiladi:

  • o‘quv – tarbiyaviy jarayonni eng qulay uslublarini topish va joriy etish;

  • o‘z mehnatini muntazam ilmiy asosda tashkil yeta olish;

  • o‘qituvchi pedagogik qobiliyatini va pedagogik madaniyatini oshirish;

  • pedagogic muammolarni mohirona hal etish yo‘llarini takomilashtirish;

  • amaliy va nazariy bilimlarni doimiy oshirib borish;

  • kasbiy ijodkorlikni uzluksiz rivojlantirish.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Sharq va G‘arb olimlari tomonidan tahlil qilingan o‘qituvchi kasbi haqidagi ko‘pgina mulohazalar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, demak millati va kelib chiqishidan qat’iy nazar ajdodlar merosini takomillashtirish evaziga hozirgi kunda ta’lim va tarbiyani yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarish mumkin.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak»1.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida shakllantirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas’uliyatlar o‘qituvchilardan talab qilinadi:
1. O‘qituvchi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.
2. O‘qituvchi tabiatan o‘quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-tuyg‘ularini har lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.
3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.
5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.
6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
8. O‘qituvchi ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
9. O‘qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib borishi shart.
10. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi kerak: turli sheva so‘zlardan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi; hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) kabi norasmiy so‘zlardan holi bo‘lishi.
11. O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. O‘qituvchi ta’lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
14. O‘qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
O‘qituvchilar unutmasliklari kerakki, o‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo‘nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o‘quvchilarning (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e’tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O‘qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:

  • shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muxabbati;

  • kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

  • yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigienasidan o‘z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;

  • o‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;

  • ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;

  • o‘z kasbiga ijodiy yondashishi;

  • pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

  • o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xapakterga ega. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni echadi, o‘quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, ma’lum maqsadga erishmoq uchun o‘qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to‘g‘ri kelishi lozim;

  • o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga

pedagogik va psixologik jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq
ko‘rsatishi shart;

  • o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida

o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi
vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib kolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə