O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

Ilmiy-tadqiqot  ishi: 

magistratura  ixtisosligi  bo‘yicha  namunaviy  modellar, 

ob’ekt  va  jarayonlarni  tadqiq  qilish  usullarini  o‘rganish;  tajriba  tadqiqotlarining 

ilmiy texnik ta’minotini o‘rganish; tajriba, tadqiqotlar o‘tkazish; tajriba-tadqiqotlar 

natijalarini qayta ishlash, tahlil qilish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish kabilardan 

iborat. 


“Magistratura to‘g‘risida”gi amaldagi Nizomga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ishi ikki 

bosqichda,  ya’ni:  ilmiy–tadqiqot  ishi,  magistrlik  dissertatsiyasini  tayyorlash  va 

stajirovkadan iborat. 

Magistrlik  dissertatsiyasi  respublika  fan  va  texnologiyalar  rivojlanishining 

ustuvor yo‘nalishlari doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning 

ustuvor  yo‘nalishlariga,  jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining        

2017-yil  7-fevraldagi  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi 

“Oliy  ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ       

2909-son  Qarori,  2018-yil  5-iyundagi  “Oliy  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  sifatini 

oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda 

faol  ishtirokini  ta’minlash  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ 

3775-son  Qarori  hamda  mazkur  faoliyatga  tegishli  boshqa  me’yoriy-huquqiy 

hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 

Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi har bir mutaxassislik bo‘yicha tavsiya 

etilgan  mavzular  bankidan  magistrant  tomonidan  mustaqil  tanlab  olinadi.  Mavzu 




12 

 

tanlash  juda  ma’suliyatli  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Bunda  magistrantga 



kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari maslahat beradi.  

Mavzu magistrantning asosiy ixtisoslik fani bo‘yicha belgilanishi maqsadga 

muvofiq.  Bunda  magistrantning  amaliy  tajribasi,  muammolarni  bilishi,  pedagogik 

jarayonlardagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qila olish imkoniyati, chet 

tilini  bilishi,  xorijiy  hamda  respublika  ta’lim  tizimidagi  ilg‘or  tajribalarni nazarda 

tutishi muhim ahamiyat kasb etadi.  

Dissertatsiya 

mavzusining 

to‘g‘ri  tanlanishi  uning  muvaffaqiyatli 

yakunlanishini  ta’minlaydi.  Magistrantga  ilmiy  rahbarni  biriktirish  ham  mavzu 

tanlash jarayonida amalga oshiriladi.  

Agarda  tavsiya  etilayotgan  mavzuga  ilmiy  rahbarlikka  bir  nechta  nomzod 

ko‘rsatilsa,  magistr  talaba  nafaqat  mavzuni,  balki  ilmiy  rahbarni  ham  mustaqil 

tanlash  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Magistrlik  dissertatsiyalari  mavzulari  bankini 

yaratishda  mutaxassislik  kafedrasi  bilan  hamkorlik  shartnomasi  tuzilgan  ilmiy-

tadqiqot  institutlari  ilmiy  hodimlari,  boshqa  oliy  ta’lim  muassasalari  professor-

o‘qituvchilari  jalb  etilishi  mumkin.  Mavzu  tanlab  olingach,  kafedra  va  fakultet 

Kengashida  muhokama  etilib,  universitet  Kengashiga  tasdiqlash  uchun  tavsiya 

etiladi. So‘ngra magistrant ikki yillik ilmiy faoliyati bo‘yicha shaxsiy ish reja tuzib 

chiqishi  va  shu  asosda  faoliyat  yuritishi  lozim.  Magistrlik  dissertatsiyasining 

bajarilishi  asosan  shu  ixtisoslik  bo‘yicha  fan  doktori  ilmiy  darajasiga  va  (yoki) 

ixtisoslik  kafedrasi  bo‘yicha  professor  ilmiy  unvoniga  (istisno  tariqasida  fan 

nomzodi ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga) ega pedagog rahbarligida amalga 

oshiriladi. 




Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə