O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti «kasbiy ta’lim»


Majburiy konveksiyada issiqlik berish



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə19/42
tarix26.10.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#131356
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Qarshi davlat universiteti

Majburiy konveksiyada issiqlik berish.
Issiqlik tashuvchining laminar va turbulent oqimi.

Majburiy konveksiyada issiqlik berish turli xil issiqlik almashinuv apparatlari va qurilmalarida keng foydalaniladi. Bunday sharoitlarda issiqlik almashish intensivligi kо‘p jixatdan issiqlik tashuvchining xarakat tezligiga bog‘liq bо‘ladi. Oqimlar ikki turga ajratiladi:



  1. Ajralmas oqim – oqib о‘tadigan sirtdan ajralmaydigan.

О‘zgarmas kesimli kanal ichidagi oqim, yassi plastinkalarni va quvurlarni bо‘ylama aylanib о‘tish oqimlari ajralmas oqimga misollar bо‘lib xisoblanadi.
2) Ajraladigan oqimagar tizimda burilishlar,kesimning keskin о‘zgarishi, egriligi katta bо‘lgan sirtlar uchrasa xosil bо‘ladi. Oqimning ajralish joylarida turg‘unli soxalar, teskari oqimlar va uyurmalar paydo bо‘ladi.



3-rasm. Barqarorlashgan laminar (A) va turbulent(B) suyuqlik oqimining quvur kesimi bо‘yicha oqim tezligining taqsimlanishi.


Laminar oqimda suyuqlikning oqish rejimi qovushqoq va qovushqoq-gravitatsiyali bо‘lishi mumkin. (3-rasm, A). Laminar rejimda о‘rtacha issiqlik berish koeffitsiyentni xisoblash uchun quyidagi kriterial tenglama tavsiya etiladi:
; (8)
bu yerda belgilovchi temperatura sifatida suyuqlikning temperaturasi olinadi, belgilovchi о‘lcham esa-ekvivalentli diametr:
; (9)
bu yerda F,P-kanal kesimning yuzasi va perimetri.
(8)-chi formulani har qanday suyuqlik uchun qо‘llash mumkin va shartda kanalning uzunligi buyicha о‘rtacha issiqlik berish koeffitsiyenti beradi. Pr mezoni devorning о‘rtacha temperaturasi bо‘yicha aniqlanadi. Pr/ Pr tavsif issiqlik oqimining yо‘nalishini hisobga oladi.
Turbulent oqimda intensiv aralashtirish natijasida yadro kesimi bо‘yicha suyuqlikning temperaturasi amalda bir xil bо‘ladi (16-rasm, B). Temperaturaning keskin о‘zgarishi faqat chegara qatlam ichida kuzatiladi. Turbulent oqimlar uchun quyidagi kriterial tenglama tavsiya etiladi

; (10)


Bu yerda belgilovchi kattaliklar (8) tenglamadagi kabi olinadi.


Pr=0,7…2500; va bо‘lganda (10)-chi formulani barcha tomchili va gazsimon issiqlik tashuvchilar uchun qо‘llash mumkin.

Jismning kо‘ndalang oqib о‘tishida issiqlik berish


Kо‘pchilik issiqlik almashish apparatlarda (suv-quvurli qozonlar, havo qizdirgichlar, ekonomayzerlarda) quvurlar issiqlik tashuvchi oqimga kо‘ndalang joylashtiriladi. Quvurlarni kо‘ndalang aylanib о‘tishda issiqlik tashuvchi oqim bо‘linadi, quvur orqasida uyurmali soha paydo bо‘ladi (4-rasm, A).








Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə